Ongarbayev Dauranbek Ongarbay ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligining klinik kechishining xususiyatlari» 14.00.26 – Ftiziatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2888.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Boboxodjaev Oktam Ikramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Dilfuza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligi klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, diagnostika bo‘yicha samarali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koinfeksiya holati immun javobga sinergetik ta’siri sababli tuberkulyozning o‘pka to‘qimasidagi morfofunksional emirilish jarayonini 3 barobar oshirishi isbotlangan;
COVID-19/TB koinfeksiyasida o‘pka to‘qimasining interstisial o‘zgarishlari tuberkulyoz o‘choqlarining 26,4% ko‘proq holatlarda o‘pka pastki bulaklarida uchrashiga olib kelishi isbotlangan;
tuberkulyoz asoratlari yuzaga kelishida granulyomatoz yallig‘lanish koinfeksiya holatlarida o‘pka to‘qimalarini shikastlanish yuqori xavf omili ekanligi asoslangan;
COVID-19/TB koinfeksiyasida Mycobacterium tuberculosisning rezistentlik darajasi 9,9% ga oshishiga sabab bo‘luvchi omillar noratsional antibakterial davo va TBga qarshi maxsus davo kechiktirilishi ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19/TB koinfeksiyasining o‘pka to‘qimasiga tasirini o‘rganish va olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koinfeksiya holati immun javobga sinergetik ta’siri sababli tuberkulyozning o‘pka to‘qimasidagi morfofunksional emirilish jarayonini 3 barobar ko‘paytirishi 27.01.2025-yildagi 6-sonli Toshkent tibbiyot akademiyasining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “COVID - 19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligi klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarinini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi №30-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi 45-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/05-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19/Tuberkulyoz koinfeksiyasi tashxisi o‘pka to‘qimasida jarayonning havfini kamaytiradi; koinfeksiya aniqlangan bemorlarning kasalxonaga yotishlar sonini minimallashtiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usuldan foydalanish taklif etilgan usul TB infeksiyali bemorlarda COVID-19 larni davolashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 679972 so‘m iqtisod qilinish imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan yondashuvni davolash amaliyotiga tatbiq etish katta iqtisodiy foyda keltirdi, bu har bir koinfeksiyani davolashga qaratilgan bemorga 679972 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19/TB koinfeksiyasida o‘pka to‘qimasining interstisial o‘zgarishlari tuberkulyoz o‘choqlarining 26,4% ko‘proq holatlarda o‘pka pastki bulaklarida uchrashi rentgenologik diagnostik ahamiyati bo‘yicha tavsiyalar 27.01.2025-yildagi 6-sonli Toshkent tibbiyot akademiyasining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligi klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarinini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi №30-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi 45-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/05-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Rentgenologik ko‘rinishlar asosida pastki o‘pka bo‘laklarida ko‘proq COVID-19/Tuberkulyoz koinfeksiyasi holatlarini aniqlash orqali kasallik erta bosqichda aniqlanadi; erta tashhislash samaradorligi oshishi hisobiga bemordagi asoratlarning chastotasini kamayishi orqali bemorlar kasalxonaga tushish soni kamaydi, faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytish vaqti qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usuldan foydalanish taklif etilgan usul TB infeksiyali bemorlarda COVID-19 larni aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 13% mablag‘ni iqtisod qilinish imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan yondashuvni davolash amaliyotiga tatbiq etish katta iqtisodiy foyda keltirdi, bu har bir koinfeksiyani davolashga qaratilgan bemorga 13% mablag‘ni tashkil etdi;
uchinchi ilmiy yangilik: tuberkulyoz asoratlari yuzaga kelishida granulyomatoz yallig‘lanish koinfeksiya holatlarida o‘pka to‘qimalarini shikastlanish yuqori xavf omili ekanligi bo‘yicha tavsiyalar 27.01.2025-yildagi 6-sonli Toshkent tibbiyot akademiyasining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “COVID - 19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligi klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarinini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi №30-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi 45-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/05-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2 virusining inson organizmiga ta’siri nafaqat COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqaradi, balki mavjud tuberkulyoz infeksiyasi dinamikasiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Tuberkulyoz asoratlarining kamayishi bemorlarning tezroq tuzalishi va jamiyat hayotiga qaytishiga imkoniyat yaratadi. Bu esa ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish uchun muhim omildir. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usullar profilaktika va erta davolash choralari sog‘liqni saqlash tizimining ortiqcha yuklanishini kamaytiradi va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashidan foydalanib COVID-19/tuberkulyoz aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 679972 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: COVID-19/tuberkulyoz erta tashxislash takomillashtirilgan usulidan foydalanib bir nafar bemorga amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 7,9 barobar iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19/TB koinfeksiyasida Mycobacterium tuberculosisning rezistentlik darajasi 9,9% ga oshishiga sabab bo‘luvchi omillar noratsional antibakterial davo va TBga qarshi maxsus davo kechiktirilishi ekanligi bo‘yicha tavsiyalar 27.01.2025-yildagi 6-sonli Toshkent tibbiyot akademiyasining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi sharoitida tuberkulyoz kasalligi klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarinini aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi №30-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 31 yanvardagi 45-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/05-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ftiziatr shifokorlari uchun COVID-19/tuberkulyoz davolash fonida tuberkulyozning dorilarga turg‘unlik formasiga utishini erta tashxislash va kompleks davolash asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi, bemorlarning hayot davomiyligini oshiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan usul foydalanish taklif etilgan usul TB infeksiyali bemorlarda COVID-19 larni davolashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 679972 so‘m iqtisod qilinish imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan yondashuvni davolash amaliyotiga tatbiq etish katta iqtisodiy foyda keltirdi, bu har bir koinfeksiyani davolashga qaratilgan bemorga 679972 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.