Tursunxodjaeva Shirin Zafar qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt764
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxona operatsion xarajatlarini optimallashtirish maqsadida “T+2” modelini joriy qilish orqali yangi defolt (risk) boshqaruv tizimini qo‘llanishini yana bir kunga uzaytirish taklif etilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolar amalga oshirilganda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelining bir qismi sifatida risk boshqaruvi amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish hamda minoritar aksiyadorlar hajmini kengaytirish maqsadida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larning bir qismini (kreditning kamida 5 foizini) mahalliy kapital bozorida birja qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklif etilgan; 
investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni samarali boshqarish maqsadida o‘z hodimlarining aksiyalarga egalish qilish rejasi (ESOP) ni joriy etishda hedjirlash metodlaridan bo‘lgan opsion shartnomasidan foydalanish ilmiy asoslangan;
qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo hajmini oshirishga hamda kapital bozoriga minoritar investorlarni yanada keng jalb qilishga erishish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “qutida ro‘yxatga olish” (shelf-registration) amaliyotini joriy etish taklif etilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona operatsion xarajatlarini optimallashtirish maqsadida “T+2” modelini joriy qilish orqali yangi defolt (risk) boshqaruv tizimini qo‘llanishini yana bir kunga uzaytirishga doir taklifi aksiyadorlik jamiyatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-noyabrdagi 01-256-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklif,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291 sonli qarorining 4-ilovasi 2023-2025 yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 28-yanvardagi 03/09-1-19/389-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qo‘shimcha operatsion xarajatlarini 10-15 foizgacha optimallashtirishga erishilgan.
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolar amalga oshirilganda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelining bir qismi sifatida risk boshqaruvi amaliyotini joriy etish doir taklifi amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan. Mazkur taklif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2 sentyabrdagi 
PQ-291 sonli qarorining 4-ilovasi 2023-2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 28-yanvardagi 03/09-1-19/389-sonli ma’lumotnomasi va “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-noyabrdagi 01-256-sonli ma’lumotnomasi) Shuningdek, mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq talablarni engillashtirish bilan birga pul oqimlari tarkibini optimallashtirish orqali risk boshqaruvi mexanizmini takomillashtirishga erishildi.
xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish hamda minoritar aksiyadorlar hajmini kengaytirish maqsadida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larning bir qismini (kreditning kamida 5 foizini) mahalliy kapital bozorida birja qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklifi amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan. Mazkur taklif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi PQ-291 sonli qarorining 4-ilovasi 2023-2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqishda foylalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 28-yanvardagi 03/09-1-19/389-sonli ma’lumotnomasi va “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-noyabrdagi 01-256-sonli ma’lumotnomasi) Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdo hajmini yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy instrumentlarni uyushgan savdolarda joylashtirildi.
investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni samarali boshqarish maqsadida o‘z hodimlarining aksiyalarga egalish qilish rejasi (ESOP) ni joriy etishda hedjirlash metodlaridan bo‘lgan opsion shartnomasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 28-yanvardagi 03/09-1-19/389-sonli ma’lumotnomasi) Xususan, mazkur taklif asosida investisiya portfelini shakllantirishda moliyaviy risklarni samarali boshqarish uchun opsionlar qiymatini hisoblashda Blek-Shoulz modelidan foydalanish taklifi asoslangan.
qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo hajmini oshirishga hamda kapital bozoriga minoritar investorlarni yanada keng jalb qilishga erishish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda «qutida ro‘yxatga olish» (shelf-registration) amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasida kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 28-yanvardagi 03/09-1-19/389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlarni «qutida ro‘yxatga olish» amaliyotini joriy etish orqali kapital bozorining likvidligi oshadi, kichik investorlar uchun imkoniyatlar kengayadi va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi barqaror va zamonaviy moliyaviy infratuzilma shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish