Qo‘shiev Bahodir Habibjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Qishloq xo‘jaligi axborot-hisoblash tizimini raqamlashtirilgan innovatsion tarmog‘ini yaratish”, 05.01.04 – “ Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4411.
Ilmiy rahbar: Sultanov Djamshid Bahodirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Farxat Farmanovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qishloq xo‘jaligida matematik modellashtirish va bilimlar bazasiga tayanuvchi integratsiyalashgan axborot-hisoblash tizimini ishlab chiqish va raqamlashtirilgan innovatsion tarmog‘ini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan mahsulot hajmi va iqtisodiy barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashda ko‘p omilli korrelyasion-klasterlash regressiya modeli taklif etilgan;
o‘lchov qurilmalaridan olingan raqamli ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish algoritmi va tuproq hosildorligini tahlil qilishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi uchun nostandart o‘g‘itlash jarayonining bilimlar bazasi modeli hamda yagona axborot makoniga integratsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
axborot-hisoblash tizimini integratsiyalash maqsadida, ARMA modeliga asoslangan takomillashtirilgan innovatsion tarmoq arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamlashtirish sharoitida hududlar iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni takomillashtirish doirasida qishloq xo‘jaligi axborot-hisoblash tizimini raqamlashtirilgan innovatsion tarmog‘ini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida:
“O‘rgimchak to‘ri” innovatsion platformasi Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligini boshqarish, o‘quv-amaliyot jarayonlarini tashkil etish va mahsulotlarni etishtirib, iste’molchiga etkazish tizimini takomillashtirishda amaliyotga joriy etilib (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-fevraldagi 06/27/-05/610-sonli ma’lumotnomasi), natijada hosildorlik 12% ga ortishi va resurs sarfi 15% ga qisqarishiga erishildi.
Takomillashtirilgan ARMA axborotlashtirish platformalari va yaratilgan “Aqlli o‘g‘itlash” axborot-hisoblash tizimi Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi amaliyotida hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘quv-amaliyot jarayonlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-fevraldagi 06/27/-05/610-sonli ma’lumotnomasi), natijada o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olish hamda resurslardan tizimli va tejamkorlik asosida foydalanishga erishilgan. 
Qishloq xo‘jaligini innovatsion boshqaruv bo‘yicha ishlab chiqilgan “O‘rgimchak to‘ri” innovatsion platformasi, takomillashtirilgan ARMA axborotlashtirish tizimi hamda “Aqlli o‘g‘itlash” axborot-hisoblash tizimi Sirdaryo viloyati sharoitida qishloq xo‘jaligini boshqarish va mahsulotlarni etkazib berish tizimini takomillashtirishda amaliyotga joriy etilib (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 1-fevraldagi 06/27/-05/610-sonli ma’lumotnomasi), natijada boshqaruv intizomi va agrotexnologik jarayonlar samaradorligi o‘rtacha 22% ga oshdi. Natijada, boshqaruv tizimida ijro intizomini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini shartnomaviy tarzda etkazib berishda samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘simliklarning biologik xususiyatlariga ko‘ra raqamlashtirilgan elektron baza” hamda tuproq tahlili asosida o‘simliklarni oziqlantirishni boshqaruvchi “Aqlli o‘g‘itlash” dasturlari Guliston davlat universiteti va Andijon davlat qishloq xo‘jaligi va biotexnologiyalar instituti agrar yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlariga joriy etilib (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 4/17-22/1-257-sonli ma’lumotnomasi), natijada bitiruvchi talabalar tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va boshqaruv tizimlarini raqamli axborot asosida loyihalashga oid zarur bilimlar shakllantirildi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish amaliyotida ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklarning biologik xususiyatlariga ko‘ra yaratilgan raqamlashtirilgan elektron bazasi dasturida Guliston davlat universiteti “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida “Sho‘rga chidamli o‘simliklar genbanki”da mavjud o‘simliklarning raqamlashtirilgan bazasini yaratishda va “Sho‘rga chidamli o‘simliklar genetik kolleksiyasining raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish” mavzusidagi amaliy loyihada o‘simliklarning raqamlashtirilgan elektron pasportini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-yanvardagi 4/17-22/1-257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Sho‘rga chidamli o‘simliklar genbanki”da mavjud o‘simliklarning raqamlashtirilgan bazasi – elektron passporti yaratilib, faydalanishga joriy qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish