Alimjonova Mexrinsa Ibrogimjanovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Falsafiy ta’limda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD /Ped2716
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Usmonova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; O‘roqova Oysuluv Jamoldinovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafiy ta’limda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentliginini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafa ta’limida talabalarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini namoyon bo‘lishi, uni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy, huquqiy va axloqiy omillarni ijtimoiy muloqot muhitini shakllantirish hamda tolerant va bag‘rikenglikka asoslangan ta’lim muhitini yaratish asosida rivojlantirishning falsafiy-pedagogik va empirik-nazariy asoslari takomillashtirilgan.
falsafiy fanlar hamkorligi asosida madaniyatlararo muloqotning asosi bo‘lgan milliy madaniyat bilan o‘zga madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan muammoli vaziyatlarga assolangan ta’limni tashkil etish asosida talabalarda madaniyatlarrao muloqot kompetentligini rivojlantirish algoritmi takomillashtirilgan; 
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish modeli “Falsafa”, “Dinshunoslik” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanlarini o‘zaro hamkorligi asosida rivojlantirish mezonlari (kognitiv, motivatsion-qadriyatli, faoliyatli-amaliy komponentlari) va daraja ko‘rsatkichlari(yuqori, o‘rta va quyi)  muammoli va vaziyatli falsafiy topshiriqlar asosida aniqlashtirilgan; 
falsafiy fanlar asosida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi madaniy munosabatlar xususiyatlarini, madaniyatlararo muloqot asoslarini tavsiflovchi muammoli topshiriqlar, keyslar, munozaralar, dialogik munosabat va kommunikativ xatti-harakatlarni ifoda etuvchi muammoli vaziyatlarni falsafa fanlarini ichki integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Falsafiy ta’limda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentliginini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
falsafiy fanlar hamkorligi asosida milliy madaniyat bilan boshqa madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan muammoli vaziyatlarga assolangan ta’limni tashkil etish asosida talabalarda madaniyatlarrao muloqot kompetentligini rivojlantirish algoritmi takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining 2024 yil 29-iyuldagi 11-15-3873/04 sonli dalolatnomasi). Natijada falsafiy ta’lim muhitida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish mezonlari va meyorlarini ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligini aniqlashga erishilgan. 
falsafiy ta’lim asosida “Falsafa”, “Dinshunoslik” va “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanlarini fanlararo hamkorlik orqali talabalarda muloqotchanlik hissi, moslashuvchanlik va o‘z-o‘ziga ishonch kabi muloqot ko‘rsatkichlari kognitiv, hissiy-emotsional, xulq-atvorga doir komponentlar bilan tizimli va izchillikda munosabatga kirishish asosida madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining 2024 yil 29-iyuldagi 11-15-3873/04 sonli dalolatnomasi). Natijada falsafiy ta’lim muhitida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirishga doir hamkorlik pedagogikasini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan. 
falsafiy fanlar asosida madaniy munosabatlarni, madaniyatlararo muloqotni tavsiflovchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va kommunikativ xatti-harakatlarni ifoda etuvchi vaziyatlarni ijtimoiy fanlar bilan ichki integratsiyasini yo‘lga qo‘yish asosida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish modeli va texnologiyasini takomillashtirishga doir taviyalar “Fruitful topics for esp learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 423061065116448921-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada falsafa ta’limi muhitida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirishda integratsiyalashgan ta’limdan oqilona foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan; 
falsafa ta’limida talabalarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini namoyon bo‘lishi, uni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvi tashkiliy, huquqiy va axloqiy omillarni ijtimoiy muloqot muhitini shakllantirish hamda tolerant va bag‘rikenglikka asoslangan ta’lim jarayonini yaratish asosida rivojlantirishning empirik-nazariy asoslarini  takomillashtirishga doir yangiliklar “Fruitful topics for esp learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 423061065116448921-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mavjud tadqiqot ishlari va yondashuvlar asosida talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy pedagogikanineg samaradorligini ko‘rsatib beradigan interfaol metodlar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish