Mirzaev Otabek Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirish texnologiyasi (6-7yosh)”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped 1976
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori(DSc), professor Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor Qo‘chqorova Nargiza Mamajonovna.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishning tashkiliy-metodik asosi sanalgan foyda va zarar tushunchalarini anglashga, intensiv tushuntirishga mo‘ljallangan kommunikativ-mantiqiy o‘yinlarni kiritish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ta’limiy maqsadlarning amaliy natijalari bilan intensivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari bolalar yoshiga mos iqtisodiy munosabatlarni ertak mazmuniga muvofiq qahramonlarni tanlash va ularning so‘zlarini yodlash, shuningdek, narsa-buyumlarni tejash tamoyiliga asoslangan holda yasashni rivojlanish markazlari faoliyatiga bosqichma-bosqich singdirish orqali rivojlantirilgan;
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishga qaratilgan metodik tizim iqtisodiy savodxonlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirilib ijodiy uy vazifalari bilan uyg‘unlashtirilgan didaktik o‘yinlar orqali individual optimallashtirishni barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarining shakllanganligini baholashda kognitiv, faoliyatga oid va refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mezonlar “Jajji tadbirkor” loyihaviy metodik majmuasining yosh davrlari bo‘yicha transformasiyalashuviga ustuvorlik berish hamda olingan bilimlardan keyingi o‘quv-amaliy faoliyatda mustaqil foydalana olish imkoniyatlari prognostik aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishning tashkiliy-metodik asosi sanalgan foyda va zarar tushunchalarini anglashga, intensiv tushuntirishga mo‘ljallangan kommunikativ-mantiqiy o‘yinlarni kiritish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ta’limiy maqsadlarning amaliy natijalari bilan intensivlashtirish asosida aniqlashtirilishiga doir takliflar “Maktabgacha pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyruq 388-147-son guvohnomasi). Natijada, Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishda tarbiyaviy faoliyat izchilligi hamda davomiyligini aniqlashga xizmat qilgan.
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari bolalar yoshiga mos iqtisodiy munosabatlarni ertak mazmuniga muvofiq qahramonlarni tanlash va ularning so‘zlarini yodlash, shuningdek, narsa-buyumlarni tejash tamoyiliga asoslangan holda yasashni rivojlanish markazlari faoliyatiga bosqichma-bosqich singdirish orqali rivojlantirilishiga oid takliflar Andijon davlat universitetida bajarilgan FZ-202001064 — Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarish doirasida foydalanildi. (Andijon davlat universiteti 2024-yil 23-noyabrdagi 39-04-675-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, rivojlanish markazlarida bolalarda tadbirkorlik elementlarini shakllantirishning samarali usullarini joriy etishga xizmat qilgan;
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishga qaratilgan metodik tizim iqtisodiy savodxonlik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirilib ijodiy uy vazifalari bilan uyg‘unlashtirilgan didaktik o‘yinlar orqali individual optimallashtirishni barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilishiga oid takliflar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida variativ o‘qitish muhitini yaratish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-maydagi 03-109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishda innovatsion yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasi yanada yaxshilanishiga xizmat qilgan.
tarbiyalanuvchilarda tadbirkorlik madaniyati elementlarining shakllanganligini baholashda kognitiv, faoliyatga oid va refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mezonlar “Jajji tadbirkor” loyihaviy metodik majmuasining yosh davrlari bo‘yicha transformasiyalashuviga ustuvorlik berish hamda olingan bilimlardan keyingi o‘quv-amaliy faoliyatda mustaqil foydalana olish imkoniyatlari prognostik aniqlash asosida takomillashtirilishiga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Bolalar va biz”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirish orqali efirga uzatilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati 2022-yil 23-iyun 04-36-990 son raqamli ma’lumotnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida tadbirkorlik madaniyati elementlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablarni belgilashga xizmat qilgan.