Sodikova Nozima Baxodirovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koronavirus (COVID-19) infeksiyasiga chalingan qaytalanuvchi bronxit  bo‘lgan bolalarni klinik-genetik va reabilitatsion  chora-tadbirlarini optimallashtirish”, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.20 – Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.2.PhD/Tib1902.
Ilmiy rahbarlar: Karimjonov Ilxamjon Asomovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Zokirova Umida Irkinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koronavirus (COVID-19) infeksiyasi o‘tkazgan bolalarda qaytalanuvchi bronxitning klinik-funksional, immunologik va genetik xususiyatlarini o‘rganish orqali reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QB kasalligi bronxoobstruktiv sindrom (BOS) bilan kechganda bemorlarning 36,4%da COVID-19 aniqlanganligi, shulardan qaytalanishlar sonining yiliga 3-4 martagacha kuzatilishi - 1,5 barobargacha oshganligi, shuningdek COVID-19 o‘tkazgan bolalarda QB kasalligi BOS bilan kechganda, COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan tashqi nafas olish funksiyasi (TNF)ning (TNChH1,FO‘HH, TNChH1/O‘HH nisbati, SHT50) ishonchli darajada 1,4 barobar  nazorat guruhiga nisbatan kamayishi (p<0,001) isbotlangan;
QB kasalligi BOS bilan kechgan va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda, COVID-19 o‘tkazmagan guruhga nisbatan C-reaktiv  oqsil (SRO-13,9 barobarigacha) va sitokin ko‘rsatkichi (IL-4– 6,2 marta, IL-6– 6,5 marta, IL-10– 5,5 marta) oshishi aniqlanib, sitokinlar ko‘rsatkichlari bilan TNF o‘rtasida o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,31–0,62; p <0,001) isbotlangan;
QB kasalligi BOS bilan kechgan  COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda IL-6 (174C/G) va  IL-10 (1082G/A) genlari polimorfizmining prognostik ahamiyati va prediktorlik roli isbotlanib, IL-6 (-174C/G) genining G/G mutatsion gomozigota genotiplari, IL-10 (1082G/A) genining A/A mutatsion genotipi chastotasi COVID-19 siz guruhga nisbatan mos ravishda 6,8 va 10 marta yuqori ekanligi aniqlanib, IL-6 va IL-10 genlari, sitokinlar, IgE (r=+0,32–0,74; p <0,001) va TNF (ayniqsa SHT50, TNChH1) ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,33–0,73; p <0,001) isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarni uzoq muddatli reabilitatsiya qilishda kineziogidroterapiyaning klinik va laborator samaradorligi aniqlanib, klinik dinamikaning ijobiy tomonga o‘zgarishi, ya’ni residivlar chastotasining kamayishi, TNF ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi, shuningdek SRO va IL-4, IL-6, IL-10 darajasining pasayishi oqibatida davolanishni optimallashtirishga yordam berishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan bolalarda qaytalanuvchi bronxitni tashxislash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: QB kasalligi bronxoobstruktiv sindrom (BOS) bilan kechganda bemorlarning 36,4%da COVID-19 aniqlanganligi, shulardan qaytalanishlar sonining yiliga 3-4 martagacha kuzatilishi - 1,5 barobargacha oshganligi, shuningdek COVID-19 o‘tkazgan bolalarda QB BOS bilan kechganda, COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarga nisbatan tashqi nafas olish funksiyasi (TNF)ning (TNChH1,FO‘HH, TNChH1/O‘HH nisbati, SHT50) ishonchli darajada 1,4 barobar  nazorat guruhiga nisbatan kamayishi (p<0,001) isbotlash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiningsi 2023 yil 23 noyabrdagi 164-sonli buyruqg‘i hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 iyuldagi 104-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/75-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: QB kasalligi BOS bilan kechgan  COVID-19 o‘tkazgan bemorlar orasida xavf guruhlarini erta aniqlash orqali residivlar chastotasini kamaytirish nogironlikni oldini olish va kasalxonaga yotqizishlar sonining qisqarishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: QB kasalligi BOS bilan kechgan  COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda xavf guruhlarini aniqlash, uzoq muddatli reabilitatsiya o‘tkazish, residivlar sonini kamaytirishga, statsionar davolash xarajatlarini qisqartirishga olib keladi va xar bir bemorning 10 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 1730000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan o‘rtacha 119 bemor uchun 205870000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: QB kasalligi BOS bilan kechgan  COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda xavf guruhlarini erta aniqlash, uzoq muddatli reabilitatsiya o‘tkazish kasallikning residivlar sonini kamaytirishga  byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1730000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: QB kasalligi BOS bilan kechgan va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda, COVID-19 o‘tkazmagan guruhga nisbatan C-reaktiv  oqsil (SRO-13,9 barobarigacha) va sitokin ko‘rsatkichi (IL-4– 6,2 marta, IL-6– 6,5 marta, IL-10– 5,5 marta) oshishi aniqlanib, sitokinlar ko‘rsatkichlari bilan TNF o‘rtasida o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,31–0,62; p <0,001) isbotlash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiningsi 2023 yil 23 noyabrdagi 164-sonli buyruqg‘i hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 iyuldagi 104-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/75-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan qaytalanuvchi bronxit kasalligi bronxoobstruktiv sindrom bilan kechgan bemorlarda tashxislash jarayonida yallig‘lanish biomarkerlari, sitokinlar darajasini aniqlash kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarini o‘z vaqtida oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarni SRO va sitokinlarni oddiy va samarali tadqiqot usuli sifatida amaliyotda qo‘llash qo‘shimcha tekshiruvlarga zarurat yo‘qligi sababli 119 nafar bemor uchun 51170000 so‘m mablag‘ni tejashga imkonini bergan. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bolalarda bronxoobstruktiv sindromi bilan qaytalanuvchi bronxitni aniqlash va vaqtida davolash byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 430000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: QB kasalligi BOS bilan kechgan  COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda IL-6 (174C/G) va  IL-10 (1082G/A) genlari polimorfizmining prognostik ahamiyati va prediktorlik roli isbotlanib, IL-6 (-174C/G) genining G/G mutatsion gomozigota genotiplari, IL-10 (1082G/A) genining A/A mutatsion genotipi chastotasi COVID-19 siz guruhga nisbatan mos ravishda 6,8 va 10 marta yuqori ekanligi aniqlanib, IL-6 va IL-10 genlari, sitokinlar, IgE (r=+0,32–0,74; p <0,001) va TNF (ayniqsa SHT50, TNChH1) ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro ishonchli korrelyasion bog‘liqlik (r=+0,33–0,73; p <0,001) isbotlash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiningsi 2023 yil 23 noyabrdagi 164-sonli buyruqg‘i hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 iyuldagi 104-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/75-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL-6 (174C/G) va IL-10 (1082G/A) genlarining polimorfizmini koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan qaytalanuvchi bronxit kasalligi bronxoobstruktiv sindrom bilan kechgan bemorlarda aniqlash, kasallikni erta bosqichlarda aniqlash va uning og‘ir kechishini prognoz qilish imkoniyatini oshiradi,  kasallikni o‘rta va og‘ir darajalarini o‘z vaqtida oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: IL-6 (174C/G) va IL-10 (1082G/A) genlarining polimorfizmini koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan qaytalanuvchi bronxit kasalligi bronxoobstruktiv sindrom bilan kechgan bemorlarda aniqlash, 119 ta bemor uchun 119000000 so‘m mablag‘ tejash imkonini bergan Xulosa: koronavirus infeksiyasini (COVID-19) o‘tkazgan qaytalanuvchi bronxit kasalligi bronxoobstruktiv sindrom bilan kechgan bemorlarda erta diagnostika qilish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1000000 sum iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarni uzoq muddatli reabilitatsiya qilishda kineziogidroterapiyaning klinik va laborator samaradorligi aniqlanib, klinik dinamikaning ijobiy tomonga o‘zgarishi, ya’ni residivlar chastotasining kamayishi, TNF ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi, shuningdek SRO va IL-4, IL-6, IL-10 darajasining pasayishi oqibatida davolanishni optimallashtirishga yordam berishi isbotlangan isbotlash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiningsi 2023 yil 23 noyabrdagi 164-sonli buyruqg‘i hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2023 yil 9 iyuldagi 104-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/75-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarda kineziogidroterapiyasini kompleksli uzoq muddatli reabilitatsiyada qo‘llash klinik dinamikani, tashqi nafas olish funksiyasining ko‘rsatkichlarini yaxshilashni, kasallikning residivlar sonini kamaytirishga, S-reaktiv oqsil va sitokinlar (IL-4, IL-6, IL-10) darajasini pasaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarda xavf guruhlarini erta aniqlash va uzoq muddatli reabilitatsiya o‘tkazish residivlar sonini kamaytirishga va statsionar davolash xarajatlarini qisqartirishga yordam beradi. Bir kunlik davolash narxi 175000 so‘mni, bir bemorni 10 kunlik davolashning o‘rtacha xarajati esa 1750000 so‘mni tashkil etadi. Bu esa 33 nafar bolani davolashda 57750000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan QB kasalligi BOS bilan kechgan bemorlarda xavf guruhlarini erta aniqlash, uzoq muddatli reabilitatsiya o‘tkazish kasallikning residivlar sonini kamaytirishga  byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni bir bemorga 1730000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish