Shadieva Soadat Ulmasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamini tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalari kechishining klinik va patogenetik xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar ixtisosligi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Tib4542
Ilmiy rahbar: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamini tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalar kechishini baxolash va davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konstitusiyaviy anomaliyalari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareya kasalligining klinik xususiyatlarini kompleks tadqiq qilish esherixioz (34,2%), salmonellyoz (28,7%) va shigellyoz (37,1%) etiologiyali o‘tkir diareyalarga moyilligi va ichak to‘siq funksiyasining buzilishi bilan ichakning ortiqcha o‘tkazuvchanlik sindromining rivojlanishi (89,3%) aniqlanganligi, mazkur gurux bemorlarda kasallikning og‘ir kechishi va surunkali xarakterga moyilligi bilan isbotlangan;
tadqiqot guruhlaridagi bolalarning 25,5%da antropometrik ko‘rsatkichlarida bo‘y-vazn ko‘rsatkichlari mediana ma’lumotlariga mos kelgan, ammo taqqoslash guruhida bu foiz 40%ni tashkil etgan, bu esa 1,6 marta yuqori bo‘lgan va limfatik-gipoplastik diatezi mavjud bolalarda ortiqcha vaznga moyilligi bilan isbotlangan;
konstitusiyaviy anomaliyalari bo‘lgan bolalarning 78,3%da D vitamini tanqisligi aniqlangan va o‘tkir diareyaning kechishi nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan 2,1 marta davomiyligi uzayganligi va og‘irlashuvlar rivojlanish xavfi 65,4% yuqori ekanligi bilan isbotlangan;
D vitamin tanqisligi (>10ng/ml) bo‘lgan bemorlarning 82,7%da o‘tkir diareyaning asosiy klinik simptomlari (ich ketishi 56,2%, qusish 42,7% va koprologik o‘zgarishlar 62,1%) davomiyligi muddati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikligi (p<0,05) isbotlangan.
IV. Tadqikot natijalarining joriy qilinishi.
Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamini tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalari kechishining klinik va patogenetik xususiyatlarini baholash, davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir diareya bilan kasalxonaga yotqizilgan bolalarning 32,2 foizida diareya sababi ichak tayoqchasi bo‘lgan, konstitusiya anomaliyalari tuzilishida 42,2 foiz holatlarda ekssudativ-kataral diatez aniqlangan, konstitusiyaviy anomaliyalari eng ko‘p 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalari kechishining klinik va patogenetik xususiyatlarini isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarning klinik kechishining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar kasalxonasining 23.10.2024 yildagi №64-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 yildagi №91-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir diareyalarning muhim epidemiologik va klinik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Kasalxonaga yotqizilgan bolalarning deyarli uchdan birida (32,2%) diareya sababi ichak tayoqchasi ekanligi aniqlash, diagnostika va davolash tadbirlarini optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: konstitusiyaviy anomaliyalari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarning erta tashxislash va maqsadli davolash taktikasini qo‘llash natijasida umumiy 102 nafar bemor bolalarga 7200000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Erta diagnostika va optimal davolash sxemalarini qo‘llash orqali kasalxonada yotish muddatini 3-4 kunga qisqartirish, qayta yotqizishlarni 25-30%ga kamaytirish hamda asoratlarni oldini olishga erishildi. Xulosa: bir bemorga nisbatan erta tashxislash va maqsadli davolash taktikasi qo‘llanilganda taxminan 650000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Konstitusiyaviy anomaliyalari bolalarda o‘tkir diareyalarning klinik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash samaradorligini oshirgan va sog‘liqni saqlash tizimining resurslarini optimal foydalanishga imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: asosiy guruh bemorlarida o‘tkir diareyaning klinik belgilari yaqqolroq namoyon bo‘lgan, bu intoksikatsion sindromning 1,4 kunga uzoqroq davom etishi (4,0±0,3 kun SG dagi 2,9±0,2 kunga nisbatan), isitma davomiyligining 1,6 kunga ko‘proq bo‘lishi (4,0±0,2 kun 2,4±0,1 kunga nisbatan), gastrointestinal buzilishlar davomiyligining 1,8 kunga ko‘proq bo‘lishi (r<0,01), najas xarakteridagi farqlar (suvli diareya, shilimshiq, yashil rangning ifodalanishi), koprologik tekshiruvlarda yaqqolroq o‘zgarishlarini isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarning klinik kechishining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar kasalxonasining 23.10.2024 yildagi №64-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 yildagi №91-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan davolashning taqqoslash guruhidagi bemorlarni davolash xarajatlarining asosiy guruhga nisbatan sezilarli darajada kamayishida namoyon bo‘ldi, bu kasallikning klinik belgilari muddatining qisqarishi bilan bog‘liq: intoksikatsiya sindromi 1,4 kunga qisqardi (2,9±0,2 kunga qarshi 4,0±0,3 kun), isitma davomiyligi 1,6 kunga qisqardi (2,4±0,1 kunga qarshi 4,0±0,2 kun), oshqozon-ichak buzilishlarining davomiyligi esa 1,8 kunga 1,8 kunga kamayish (p<0,01) imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda bolalarda o‘tkir diareyalar bilan kasallangan bemorlarning kasalxonada yotish kunlarini 1,6 barobarga qisqartirish maqsadida, umumiy 102 nafar bemor bolalar uchun 25659872 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: o‘tkir diareya kasalligi bilan statsionar sharoitda davolanish uchun bir bemor uchun 2500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Tejamkorlik tibbiyot muassasalarining moliyaviy resurslarini optimallashtirishga imkon bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bioterol probiotikni tayinlash va vitamin D darajasini korreksiya qilish sog‘ayish muddatlarini tezlashtiradi, kasallik prognozi va natijasini yaxshilangan, konstitusiyaviy anomaliyalari kuchayishi xavfi va davomiyligini kamaytiradi, ichak mikroekologik buzilishlari ifodalanishini pasaytiradi. Ishlab chiqilgan reabilitatsiya tadbirlari kompleksi postinfeksion gastrointestinal buzilishlar xavfini (70,8% ga) kamaytirish isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarning klinik kechishining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar kasalxonasining 23.10.2024 yildagi №64-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 yildagi №91-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bioterol probiotikini tayinlash va vitamin D darajasini korreksiya qilishni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvning sog‘ayish muddatlarining sezilarli tezlashuvida, kasallik prognozi va natijasining yaxshilanishida, konstitusiya anomaliyalari kuchayishi xavfi va davomiyligining kamayishida, ichak mikroekologik buzilishlari ifodalanishining pasayishida, shuningdek postinfeksion gastrointestinal buzilishlar xavfining sezilarli darajada (70,8%ga) kamayish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu terapevtik kompleks yondashuv va davolash natijasida umumiy 102 nafar bemor bolalar uchun 11200000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarni maqsadli komleks davolash taktikasini qo‘llash natijasida bir bemorga nisbatan 160000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir diareyalarning asosiy klinik simptomatikasi davomiyligining tekshirilayotgan bemorlar guruhlarining D vitamini bilan ta’minlanganligiga (qon zardobidagi 25(ON)D darajasiga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlandi, qon zardobidagi 25(ON)D darajasi bo‘yicha etishmovchilik holatlarida asosiy klinik simptomatikaning namoyon bo‘lish muddatlari uzoqroq bo‘lishi qayd etish (p<0,05) isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi 03/310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarda o‘tkir diareyalarning klinik kechishining xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar kasalxonasining 23.10.2024 yildagi №64-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 yildagi №91-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/32-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarda D vitamini etishmovchiligini o‘z vaqtida tashxislash va tuzatish kasalxonada yotish muddatini qisqartirishga va bemorlarning sog‘lig‘ini tezroq tiklashga yordam bergan. Kasallikning asosiy klinik belgilari davomiyligini qisqartirish orqali bolalar hayot sifatini yaxshilash va bemorlar oilalariga psixoemotsional yuklamani kamaytirishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir diareyalarda D vitamini etishmovchiligini tashxislash va tuzatish usullarini joriy etish kasalxonada yotish o‘rtacha davomiyligini 2,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Ushbu yondashuvni respublika bolalar yuqumli kasalliklar bo‘limlari miqyosida joriy etishda umumiy iqtisodiy samaradorlik dori-darmonlar, ovqatlanish va bemorlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirish hisobiga umumiy 102 nafar bemor bolalar uchun 875000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: konstitusiyaviy anomaliyalari va D vitamin tanqisligi holatlari bo‘lgan bolalarning klinik kechish ddavrida qon zardobidagi 25(ON)D darajasiga tekshirish uchun bir bemor uchun 1250000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.