Altinoy  Masalievaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro xonligi manbashunosligi  va  tarixshunosligi  (20-21-yuzyillik boshlari)”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.3.DSc/Tar90.
Ilmiy maslahatchi: Dilorom Agzamovna  Alimova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Oybek Abdurasulovuch Klichev, tarix fanlari doktori, dotsent,
Bobir Bomuradovich Aminov,  tarix fanlari doktori, dotsent
Shovosil Yunusovich Ziyodov, tarix fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 20-yuzyillik boshlarida yaratilgan manbalarni tahlil qilish, Buxoro xonligi tarixi haqidagi bilimlarning umumiy holatini o‘rganish, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqish, tarixshunoslikning asosiy yo‘nalishlari, xususiyatlari va mavzuning bahsli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Abdurahmon Tamkiniyning “Matoli’i al-foxira va matolib al-zohira” asari asosida Subhonquli xonning fiqh, naxv, mantiq, sarf, hikmat va riyoziy, tarix, hisob ilmi kabi qirqdan ortiq fanlar bo‘yicha olimni tayyorlab, ularni donishmandlar jamoaviy yig‘ini - kengash orqali maxsus imtihondan o‘tkazgani hamda sinovdan muvafaqqiyatli o‘tganlargina sohasi bo‘yicha lavozimlarga tayinlanganligi dalillandi.
Hishmatning “Tarjimai hol Ostonaqul qo‘shbegi” asarida ma’lumot berishicha Buxoro xonligida “vazaroti asas” – “xavfsizlik xizmati” lavozimi joriy etilgani hamda xoksorligi tufayli Ostonaqul ismi berilgan va asl ismi Turobqul ibn Abbosning ushbu xizmatda rahbar sifatida faoliyat yuritganligi aniqlangan.
Buxoro xonligi tarixini o‘rganishda Sadr Ziyo, Muhammad Nosir, Hishmat kabi tarixnavislar asarlarida an’anaviy yondashuv, Abdulazim Somiy va Mirzo Sirojiddin asarlarida mavjud ijtimoiy tuzumga tanqidiy yondashuv, Po‘lat Soliev va Abdurauf Fitrat asarlarida esa ayrim mang‘it hukmdorlari va siyosiy tizimga tanqidiy yondashuvda bo‘lgani asoslangan.
20-yuzyillik boshlarida fransuz va rus tadqiqotchilari Buxoro xonligini geologik, etnografik va lingvistik jihatdan o‘rganish uchun jo‘natilgani, rus tadqiqotchilari M.N.Nikolskiy, D.N.Logofetlar O‘rta Osiyodagi Rossiya mulklariga qiziqishni uyg‘otishga harakat qilishgani, E.Markov, F.I.Lobisevich Buxoro xonligini podsho Rossiyasining ta’siriga olish tarafdorlari bo‘lganligi, A.F.Gubarevich-Rodobilskiy, I.Malaxovskiy N.P.Verxovskoy, S.R.Konopkalar podsho Rossiyasining Buxoro xonligidagi kelgusi siyosati uchun o‘z takliflarini kiritganligi, va ularning ayrimlarida ruslarning “sivilizatorlik missiya”siga urg‘u berilganligi dalillangan.
Buxoro xonligi tarixshunosligi ilmiy xususiyatlariga ko‘ra 6 bosqich: 1) nisbatan xolisona yondashuvlar va bolshevistik mafkuraga to‘la bo‘ysungani (20-yuzyillikning 20-50-yillari birinchi yarmi); 2) senzuraning zaiflashishi, maxfiy arxiv hujjatlaridan foydalanish imkoniyati davri (1950-80-yillari); 3) voqelikka munosabat o‘zgarib, milliy o‘zlikni anglashga intilish (1980-90-yillar); 4) o‘zlikni anglashga intilish va ayrim tadqiqotlarda sovet davridagi “formasion” yondashuvning kuzatilishi (1991-98-yillar); 5) o‘zbek davlatchiligi konsepsiyasi ishlab chiqilib, yangicha yondashuvlarga o‘tilishi (1999-2016-yillar); 6) sovet davrida yaratilgan qoliplardan farqli o‘laroq masalani (hukmdorlarning islohatchiligi, davlat boshqaruvi, tasavvuf tarixi, milliy tib, haj masalasi) xolisona tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlardan (2017-2025-yillar) iboratligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Abdurahmon Tamkiniyning “Matoli’i al-foxira va matolib al-zohira” asari asosida Subhonquli xonning fiqh, naxv, mantiq, sarf, hikmat va riyoziy, tarix, hisob ilmi kabi qirqdan ortiq fanlar bo‘yicha olimni tayyorlab, ularni donishmandlar jamoaviy yig‘ini - kengash orqali maxsus imtihondan o‘tkazgani hamda sinovdan muvafaqqiyatli o‘tganlargina sohasi bo‘yicha lavozimlarga tayinlanganligi oid ma’lumotlardan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylashga doir tadbirlar doirasida seminar-trening va konferensiyalarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 5-iyundagi 03-12-15-3806-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Termiz va boshqa hududlarning ahamiyatini oshirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Hishmatning “Tarjimai hol Ostonaqul qo‘shbegi” asarida ma’lumot berishicha Buxoro xonligida “vazaroti asas” – “xavfsizlik xizmati” lavozimi joriy etilgani hamda xoksorligi tufayli Ostonaqul ismi berilgan va asl ismi Turobqul ibn Abbosning ushbu xizmatda rahbar sifatida faoliyat yuritganligi kabi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Agentligining OT-F-1-135 raqamli “XIX– XX asr  boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari”  nomli fundamental loyihaning “O‘zbekistonda intellektual meros tarixiga oid manbalar (XIX–XX asr boshlari)” nomli ko‘rsatkichli bibliografiyasi va “O‘zbekiston tarixiga oid manba va tadqiqotlar (XIX–XX asr  boshlari)” monografiyasining “Buxoro amirligi tarixiy manbalari” qismlarida foydalanilgan. (2023-yil 5-apreldagi 3/1255-698-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot  natijalarining fundamental loyihaga tatbiq etilishi Buxoro xonligining kam o‘rganilgan masalalardan birini ochib berishga, muammoning mohiyati va uning ahamiyatini o‘rganishga xizmat qilgan.
Buxoro xonligi tarixini o‘rganishda Sadr Ziyo, Muhammad Nosir, Hishmat kabi tarixnavislar asarlarida an’anaviy yondashuv, Abdulazim Somiy va Mirzo Sirojiddin asarlarida mavjud ijtimoiy tuzumga tanqidiy yondashuv, Po‘lat Soliev va Abdurauf Fitrat asarlarida esa ayrim mang‘it hukmdorlari va siyosiy tizimga tanqidiy yondashuvda bo‘lgani doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2020-yil 4-martdagi 02-40-503-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Buxoro xonligining shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar sulolasi manbashunosligi va tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari va muammolarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
 “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvida 20-yuzyillik boshlarida fransuz va rus tadqiqotchilari Buxoro xonligini geologik, etnografik va lingvistik jihatdan o‘rganish uchun jo‘natilgani, rus tadqiqotchilari M.N.Nikolskiy, D.N.Logofetlar O‘rta Osiyodagi Rossiya mulklariga qiziqishni uyg‘otishga harakat qilishgani, E.Markov, F.I.Lobisevich Buxoro xonligini podsho Rossiyasining ta’siriga olish tarafdorlari bo‘lganligi, A.F.Gubarevich-Rodobilskiy, I.Malaxovskiy N.P.Verxovskoy, S.R.Konopkalar podsho Rossiyasining Buxoro xonligidagi kelgusi siyosati uchun o‘z takliflarini kiritganligi, va ularning ayrimlarida ruslarning “sivilizatorlik missiya”siga urg‘u berilganligi kabi ilmiy xulosalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2020-yil 20-fevraldagi  02-40-396-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Buxoro xonligi tarixini yangi materiallar asosida keng jamoatchilikka etkazishga asos bo‘lgan.
Buxoro xonligi tarixshunosligi ilmiy xususiyatlariga ko‘ra 6 bosqich: 1) nisbatan xolisona yondashuvlar va bolshevistik mafkuraga to‘la bo‘ysungani (20-yuzyillikning 20-50-yillari birinchi yarmi); 2) senzuraning zaiflashishi, maxfiy arxiv hujjatlaridan foydalanish imkoniyati davri (1950-80-yillari); 3) voqelikka munosabat o‘zgarib, milliy o‘zlikni anglashga intilish (1980-90-yillar); 4) o‘zlikni anglashga intilish va ayrim tadqiqotlarda sovet davridagi “formasion” yondashuvning kuzatilishi (1991-98-yillar); 5) o‘zbek davlatchiligi konsepsiyasi ishlab chiqilib, yangicha yondashuvlarga o‘tilishi (1999-2016-yillar); 6) sovet davrida yaratilgan qoliplardan farqli o‘laroq masalani (hukmdorlarning islohatchiligi, davlat boshqaruvi, tasavvuf tarixi, milliy tib, haj masalasi) xolisona tahliliga oid taklif va tavsiyalaridan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan seminar-trening, davra suhbatlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 30-maydagi 02-20/837- son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tarixini, jumladan, Buxoro xonligi davri davlatchiligi va diplomatiyasi tarixini, o‘rta asrlarda kechgan ijtimoiy jarayonlarni yangi materiallar asosida keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish