Xomidov Dilshodbek Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I .Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston muxtoriyati xalq maorifi vaziri Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raevning hayoti va taqdiri” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD /Tar775
Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Choroev Tintchitbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Yusupov Raximjon Karimovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - Turkiston muxtoriyati xalq maorifi vaziri Nosirxon to‘ra Kamolxonto‘raevning hayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ilmiy-ma’rifiy merosi, milliy istiqlol harakatidagi o‘rni va qatag‘on qilinishini tarixiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nosirxon to‘raning milliy istiqlol konsepsiyasiga nisbatan g‘oyaviy qat’iyligi, uning Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish jarayonidagi faol tashabbuskorligi, muxtor tuzilmaning siyosiy-idora tizimini shakllantirish va barqaror faoliyatini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, muxtoriyatning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash va moddiy-ta’minot mexanizmlarini barpo etish yo‘lida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari tarixiy-ilmiy ma’lumotlar asosida ochib berilgan;
Turkiston tarixida ayollar ilk bor ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan demokratik saylov – Butunrossiya Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgani o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Mazkur saylov jarayonida Nosirxon to‘ra nafaqat uni tashkil etishda faol ishtirok etgan, balki ayollarni saylovda qatnashishga jalb etish borasida ham g‘oyaviy qat’iyat va tashkiliy salohiyat namoyon etgan. Bu holat Turkistonda demokratik qadriyatlar, xususan, fuqarolik huquqlarining kengayishi va jamiyatda gender tengligining shakllanishi jarayoni boshlanganligi isbotlangan;
Nosirxon to‘ra Turkiston xalqlarining milliy ozodligi uchun olib borgan kurashida muhim shaxs sifatida namoyon bo‘lgan. Uning qo‘rboshilarni birlashtirish, mustamlakachilikka qarshi kurashni markazlashtirish, hamda Vatan mustaqilligini tiklashga qaratilgan amaliy harakatlari tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari hamda xorijiy manbalar asosida ilmiy jihatdan isbotlangan. Ayniqsa, Nosirxon to‘raning milliy ozodlik harakatlarini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirishdagi roli, mintaqadagi ozodlik harakatlari bilan bog‘liq aloqalarini yo‘lga qo‘yishdagi faoliyati va siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga ta’siri dalillangan.
Nosirxon to‘raning siyosiy-ma’rifiy faoliyati Turkiston hududida milliy mustaqillik g‘oyasini targ‘ib etish va mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholanadi. Tarixiy hujjatlarga tayangan holda, u yangi, mustaqil davlat uchun konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqani, xalqni milliy ozodlik va siyosiy mustaqillik sari da’vat etgani, o‘z qarashlarini ilmiy-nazariy asoslash maqsadida turli risola va publisistik asarlar yozgani aniqlangan. Uning faoliyati o‘z davri uchun ilg‘or bo‘lgan konstitutsiyaviy tafakkur, fuqarolik ongining shakllanishi va milliy davlatchilik tamoyillarining barpo etilishida muhim tarixiy bosqich sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raevning hayoti, ijtimoiy-siyosiy, diplomatik va publisistik faoliyatini o‘rganish davomida olingan natijalar, xulosalar va amaliy tavsiyalardan:
Nosirxon to‘raning milliy istiqlol konsepsiyasiga nisbatan g‘oyaviy qat’iyligi, uning Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish jarayonidagi faol tashabbuskorligi, muxtor tuzilmaning siyosiy-idora tizimini shakllantirish va barqaror faoliyatini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, muxtoriyatning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash va moddiy-ta’minot mexanizmlarini barpo etish yo‘lida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari haqidagi tarixiy-ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Sovet davlati tuzumi davrida Turkiston, O‘zbekiston SSR zallari eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2483-raqamli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar o‘zining tarixiy manbalarga asoslanganligi, tematik izchilligi va ilmiy-tahliliy yondashuvi bilan ajralib, ular mahalliy hamda xorijiy tashrif buyuruvchilarga mazkur ekspozisiyada yoritilgan davrning ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlarini yanada chuqurroq anglash, tarixiy faktlar asosida keng qamrovli tasavvur hosil qilish imkonini beradi;
Turkiston tarixida ayollar ilk bor ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan demokratik saylov – Butunrossiya Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgani o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Mazkur saylov jarayonida Nosirxon to‘ra nafaqat uni tashkil etishda faol ishtirok etgan, balki ayollarni saylovda qatnashishga jalb etish borasida ham g‘oyaviy qat’iyat va tashkiliy salohiyat namoyon etganligi, bu holat Turkistonda demokratik qadriyatlar, xususan, fuqarolik huquqlarining kengayishi va jamiyatda gender tengligining shakllanishi jarayoni boshlanganligi kabi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining Sovet davlati tuzumi davriga oid Turkiston va O‘zbekiston SSR ekspozisiyalarini ilmiy asoslangan, manbaviy dalillarga tayangan holda to‘ldirish imkonini berdi. (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2483-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu tarixiy faktlar orqali ekspozisiyalarda mavzulararo mantiqiy uzviylikni ta’minlash, o‘z davriga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy transformatsiyalarni, fuqarolik jamiyati institutlarining ilk shakllanish bosqichlarini hamda gender tengligi masalalarining tarixiy ildizlarini yoritish imkoniyati yuzaga keldi. Bu esa, o‘z navbatida, tashrif buyuruvchilarda nafaqat tarixiy jarayonlarga nisbatan chuqurroq ilmiy-falsafiy qarashlar shakllanishiga, balki Turkiston o‘lkasidagi modernizatsiya harakatlarining lokal va mintaqaviy xususiyatlarini anglashga xizmat qiladi;
Nosirxon to‘ra Turkiston xalqlarining milliy ozodligi uchun olib borgan kurashida muhim shaxs sifatida namoyon bo‘lgan. Uning qo‘rboshilarni birlashtirish, mustamlakachilikka qarshi kurashni markazlashtirish, hamda Vatan mustaqilligini tiklashga qaratilgan amaliy harakatlari tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari hamda xorijiy manbalar asosida ilmiy jihatdan isbotlanganligi, ayniqsa, Nosirxon to‘raning milliy ozodlik harakatlarini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirishdagi roli, mintaqadagi ozodlik harakatlari bilan bog‘liq aloqalarini yo‘lga qo‘yishdagi faoliyati va siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga ta’siriga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdirlar” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-739-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, ko‘rsatuv ssenariylarining tarixiy haqiqatga maksimal darajada muvofiqligini ta’minlash, ularni ishonchli manba va hujjatlarga tayangan holda shakllantirish hamda keng auditoriyaga ilmiy-ma’rifiy yondashuv asosida aniq, mantiqiy izchillikda etkazish imkonini berdi.
Nosirxon to‘raning siyosiy-ma’rifiy faoliyati Turkiston hududida milliy mustaqillik g‘oyasini targ‘ib etish va mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholanadi. Tarixiy hujjatlarga tayangan holda, u yangi, mustaqil davlat uchun konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqani, xalqni milliy ozodlik va siyosiy mustaqillik sari da’vat etgani, o‘z qarashlarini ilmiy-nazariy asoslash maqsadida turli risola va publisistik asarlar yozgani aniqlanganligi kabi tarixiy dalillar va ilmiy-amaliy xulosalar, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdirlar” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda asosiy konseptual yo‘nalishlardan biri sifatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-739-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, keng auditoriya uchun tarixiy voqealarning mohiyatini teran anglash, milliy g‘oya va davlatchilik tamoyillarining tarixiy ildizlarini tushunish, shuningdek, tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlash yo‘lida samarali media-ma’rifiy platformani shakllantirish imkonini yaratdi.