Payazov Murod Maksudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xizmatlar bozorini rivojlantirishda boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt395.
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrullo Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l xizmatlari bozorini rivojlantirishda asosiy faoliyat turidan yordamchi faoliyatni xususiy sektor xizmatlariga o‘tkazish, asosiy faoliyatni rivojlantirishda muammolari bor yo‘nalishlarni davlat xususiy sherikchiligi asosida rivojlantirish, xususiy sektor va asosiy faoliyatni yagona maqsad yo‘lidagi integratsiyasini ta’minlash asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini yaratish asoslangan;
yangi xalqaro temir yo‘l yo‘laklarining ochilishi munosabati bilan temir yo‘llarning o‘tkazuvchanligini ta’minlash, etkazib berish xizmatlarini multimodal xizmatlar bilan muvofiqlashtirish uchun temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan hududlarda temir yo‘l va avto tashuvlarning integrallashgan (xab) tizimini yaratish taklifi berilgan;
soha xizmatlarini tuzilmaviy 7 blokka ajratilib bajariladaigan raqamli transformatsiyalashni amalga oshirish vazifalarini vaqt bo‘yicha baholash mezonlariga ko‘ra monitoring o‘tkazish bo‘yicha majmuali metodologiyasi takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti xizmatlari axborot tizimini identifikasiyalash, xizmatlarni raqamli, texnologik, dasturli transformatsiyalash, xususiy sektor va davlat xususiy sherikchilik asosida investisiyalarni olib kirishning 3 bo‘limdan iborat transformatsiya modeli hamda modelni amalga osirishning senariyli, besh bosqichli usullari ishlab chiqilgan;
temir yo‘l transport xizmatlariga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar hisoblangan mobilizatsion va inersion prognoz parametrlari senariysini amalga oshirishning sakkiz bosqichli konseptual modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmatlar bozorini rivojlantirishda boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l xizmatlari bozorini rivojlantirishda asosiy faoliyat turidan yordamchi faoliyatni xususiy sektor xizmatlariga o‘tkazish, asosiy faoliyatni rivojlantirishda muammolari bor yo‘nalishlarni davlat xususiy sherikchiligi asosida rivojlantirish, xususiy sektor va asosiy faoliyatni yagona maqsad yo‘lidagi integratsiyasini ta’minlash asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini yaratish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (O‘zbekiston Transport vazirligi 2025-yil 29-may № 4/5966-son ma’lumotnoma), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025-yil 5-may № 065-984-25-son ma’lumotnoma) va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil 17-avgust № 01/00-0328-7578-son xati) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amalga oshirish natijasida temir yo‘l sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish va xizmatlar sifatini raqobatbardosh narxlar asosida belgilashga erishildi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentyabr 2023-yil PQ-300 son Qarori 53-maqsad 19-bandining 1-amaliy chora-tadbiriga kiritildi (O‘zbekiston “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, 2023-yil 16-oktyabr № 3-son dalolatnoma);
yangi xalqaro temir yo‘l yo‘laklarining ochilishi munosabati bilan temir yo‘llarning o‘tkazuvchanligini ta’minlash, etkazib berish xizmatlarini multimodal xizmatlar bilan muvofiqlashtirish uchun temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan hududlarda temir yo‘l va avto tashuvlarning integrallashgan (xab) tizimini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (O‘zbekiston Transport vazirligi 2025-yil 29-may № 4/5966-son ma’lumotnoma), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025-yil 5-may № 065-984-25-son ma’lumotnoma) joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son Qarori 53-maqsadi 19-bandining 6-amaliy chora-tadbiriga kiritildi (O‘zbekiston “Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2023-yil 16-oktyabr № 3-son dalolatnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida temir yo‘l xizmatlarida logistika xizmat ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi. Mazkur taklif asosida O‘zbekistonda logistik xablar yaratiladi;
soha xizmatlarini tuzilmaviy 7 blokka ajratilib bajariladaigan raqamli transformatsiyalashni amalga oshirish vazifalarini vaqt bo‘yicha baholash mezonlariga ko‘ra monitoring o‘tkazish bo‘yicha majmuali metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (O‘zbekiston Transport vazirligi 2025-yil 29-may № 4/5966-son ma’lumotnoma), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025-yil 5-may № 065-984-25-son ma’lumotnoma) joriy etilgan. Mazkur taklifni amalga oshirish natijasida raqamli transformatsiyalash holatiga baho berish orqali tizimning nazorti hamda tizim (xizmatlari)dagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkoni yaratildi, boshqarishda yuqori samaradorlikka erishildi. Baho berish usuli orqali boshqarish tizimi 2 barobarga tezlashdi;
temir yo‘l transporti xizmatlari axborot tizimini identifikasiyalash, xizmatlarni raqamli, texnologik, dasturli transformatsiyalash, xususiy sektor va davlat xususiy sherikchilik asosida investisiyalarni olib kirishning 3 bo‘limdan iborat transformatsiya modeli hamda modelni amalga osirishning senariyli, besh bosqichli usullari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (O‘zbekiston Transport vazirligi 2025-yil 29-may № 4/5966-son ma’lumotnoma), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025-yil 5-may № 065-984-25-son ma’lumotnoma) joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son Qarori 53-maqsadi 19-bandining 5-amaliy chora-tadbiriga kiritildi (O‘zbekiston “Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2023-yil 16-oktyabr 3-son dalolatnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida yuk tashish logistika xizmatlarini 20 foizga, temir yo‘l xizmatlari samaradorligini 5-10 foizga oshishiga olib kelgan;
temir yo‘l transport xizmatlariga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar hisoblangan mobilizatsion va inersion prognoz parametrlarini senariy asosida amalga oshirishning sakkiz bosqichli konseptual modeli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (O‘zbekiston Transport vazirligi 2025-yil 29-may № 4/5966-son ma’lumotnoma), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025-yil 5-may № 065-984-25-son ma’lumotnoma) tomonidan foydalanildi. Mazkur ilmiy taklifni joriy etish natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy xizmat ko‘rsatish faoliyatiga ta’sir etuvchi parametrlar aniqlandi va sohada strategik rejalarni qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qildi.