Ismoilova Kamola Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar mediasavodxonligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P765.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc) dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muhiddinova Dilnoza Shavkat qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori(PhD). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar mediasavodxonligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlarini aniqlash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar medisavodxonligini rivojlantirish uchun raqamli axborotlar bilan ishlash jarayonida kommunikativ, relaksasion, kognitiv xususiyatlarning analitik, idealistik, realistik fikrlash uslubiga bog‘liq ifodalanishiga asoslanib informasion faoliyatning motivasion strukturasini tafakkur uslubiga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhim ekanligi dalillangan;
talabalarning mediasavodxonligini rivojlanishi raqamli transformasiya sharoitida kommunikativ va relaksasion motivasiya ijodkorlik va kelajakka yo‘nalganlikni, motivasiyani qayta faollashtirish esa muvaffaqiyatga intilishni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning innovasion xususiyatlari va o‘zini o‘zi baholash darajasiga integrativ kechishi isbotlangan;
talabalar medisavodxonligini rivojlantirishda raqamli makondagi axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, ijtimoiy auditoriyaga uzatish bilan bog‘liq motivasion hamda kognitiv xususiyatlarni bilim egallash, kasbiy shakllanishga intilish rakursida namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv motivasiyasi pedagogik-psixologik determinant ekanligi aisbotlangan;
talabalar mediasavodxonligini rivojlantirish uchun mediamuloqot platformasida mentorlik tizimi orqali kommunikativ, relaksasion, kognitiv, kompensasion xususiyatlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli shaxs informasion faoliyatining motivasion strukturasiga korreksion ta’sir etish zarurati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalar mediasavodxonligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalar medisavodxonligini rivojlantirish uchun raqamli axborotlar bilan ishlash jarayonida kommunikativ, relaksasion, kognitiv xususiyatlarning analitik, idealistik, realistik fikrlash uslubiga bog‘liq ifodalanishiga asoslanib informasion faoliyatning motivasion strukturasini tafakkur uslubiga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhim ekanligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar medisavodxonligini rivojlantirishda tafakkur uslubiga bog‘liq jihatlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan. 
talabalarning mediasavodxonligini rivojlanishi raqamli transformasiya sharoitida kommunikativ va relaksasion motivasiya ijodkorlik va kelajakka yo‘nalganlikni, motivasiyani qayta faollashtirish esa muvaffaqiyatga intilishni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli shaxsning innovasion xususiyatlari va o‘zini o‘zi baholash darajasiga integrativ kechishi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediasavodxonligini rivojlanishiga shaxsning innovasion xususiyatlarini ta’sirini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
talabalar medisavodxonligini rivojlantirishda raqamli makondagi axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, ijtimoiy auditoriyaga uzatish bilan bog‘liq motivasion hamda kognitiv xususiyatlarni bilim egallash, kasbiy shakllanishga intilish rakursida namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv motivasiyasi pedagogik-psixologik determinant ekanligi aisbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar medisavodxonligini o‘quv motivasiyasiga bog‘liq rivojlanishidagi o‘ziga xos jihatlarni tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
talabalar mediasavodxonligini rivojlantirish uchun mediamuloqot platformasida mentorlik tizimi orqali kommunikativ, relaksasion, kognitiv, kompensasion xususiyatlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli shaxs informasion faoliyatining motivasion strukturasiga korreksion ta’sir etish zarurati isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-339 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar mediasavodxonligini rivojlantirish bo‘yicha psixologik trening dasturi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish