Karimov Nozimjon Alijonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichdagi g‘ovlar osha yuguruvchi sportchilarni harakat ritmiga o‘rgatish uslubiyati”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6744
Ilmiy rahbar: Tojiev Muzaffarjon Akbarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar nstituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Burnashev Rashid Axadovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi g‘ovlar osha yuguruvchilarni maxsus sport anjomlari yordamida bajariladigan mashqlar majmuasini takomillashtirish asosida harakat ritmiga o‘rgatish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida 12-13 yoshli g‘ovlar osha yuguruvchi shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqib mashg‘ulotlar jarayonida to‘siqlardan oshib yugurish ritmik texnikasini g‘ovga hujum qilish, ustidan pistolet shaklida oyoqlarni bukib o‘tish va qo‘nish hamda g‘ovlar orasida qadamlar harakatini o‘rta va katta amplitudada harakat qilish elementlarini kiritish hisobiga so‘nggi 9-10 g‘ovlar osha harakat ritmini o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi g‘ovlar osha yuguruvchilarni texnik harakat imkoniyatlarini kengaytirishda sportchilarni individual xususiyatlarini (jismoniy rivojlanish) inobatga olib, sport mashg‘ulotlari jarayonida yoshiga mos ravishda oyoq muskullarini rivojlantiruvchi to‘siqlardan yugurib o‘tishga qaratilgan harakatli o‘yin (muvozanat narvoni) kiritish hisobiga qadamlar chastotasi va yugurish ritmi shakllantirilgan; 
yosh g‘ovlar osha yuguruvchilarning katta amplitudada harakatlanishi uchun hujum qiluvchi va depsinuvchi oyoqlarni nostandart g‘ovlar bilan bajariladigan maxsus mashqlarni qo‘llash hisobiga harakat ritmi takomillashtirilgan;
engil atletikachilarni g‘ovlar osha yugurish texnik fazalarini bajarish samaradorligini oshirish uchun g‘ovlar orasidagi masofalarda qadamlar ritmini keyingi g‘ovni ustuvor hujum qiluvchi oyoq mushaklarini rivojlantirishga qaratilgan nostandart turli balantliklardan iborat g‘ovlardan foydalanish hisobiga birdamlikda harakatlanish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida g‘ovlar osha yugurishda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni umumlashtirish va tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida 12-13 yoshli g‘ovlar osha yuguruvchi shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlar jarayonida ritmik texnikasini g‘ovga hujum qilish, ustidan pistolet shaklida oyoqlarni bukib o‘tish va qo‘nish hamda g‘ovlar orasida qadamlar harakatini o‘rta va katta amplitudada harakat qilish elementlarini so‘nggi 9-10 g‘ovlar osha yugurish asosida harakat ritmini takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 03-16/6356-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Natijada maxsus sport anjomlari orqali g‘ovlar osha yugurish texnikasini o‘rganish jarayonida 12% yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi g‘ovlar osha yuguruvchilarni texnik harakat imkoniyatlarini kengaytirishda (jismoniy rivojlanish) sport mashg‘ulotlari jarayonida yoshiga mos ravishda oyoq muskullarini rivojlantiruvchi to‘siqlardan yugurib o‘tishga qaratilgan harakatli o‘yin (muvozanat narvoni) yordamida qadamlar chastotasi va yugurish ritmi shakllantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 03-16/6356-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Tayanch – harakat a’zolarini g‘ovlar osha yugurishga tayyorlash 10,5% ga o‘sishi erishilgan;
yosh g‘ovlar osha yuguruvchilarning katta amplitudada harakatlanishi uchun hujum qiluvchi va depsinuvchi oyoqlarni nostandart g‘ovlar bilan bajariladigan maxsus mashqlarni qo‘llash hisobiga harakat ritmi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 03-16/6356-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Qadamlab yurishning har bir qadamida g‘ovlar osha yugurishga o‘rgatish 8,3% ga o‘sishiga erishildi;
engil atletikachilarni g‘ovlar osha yugurish texnik fazalarini bajarish samaradorligini oshirish uchun g‘ovlar orasidagi masofalarda qadamlar ritmini keyingi g‘ovni ustuvor hujum qiluvchi oyoq mushaklarini rivojlantirishga qaratilgan nostandart turli balantliklardan iborat g‘ovlardan foydalanish hisobiga birdamlikda harakatlanish imkoniyatlari kengaytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 03-16/6356-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Natijada birinchi g‘ovdan keyingi 3 qadam uzunligi 11,5% ga, ikkinchi g‘ovdan keyingi 3 qadam uzunligi 9,4% ga, uchinchi g‘ovdan keyingi 3 qadam uzunligi 7,2 % ga o‘sishiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish