Nigmatov Komron Inoyatullaevich
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Xalqaro huquqda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari” 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Yu1680.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar: Nugmanov Nugman Abdullaevich yuridik fanlar doktori, professor Umaraxunov Irkin Mirzahidovich yuridik fanlar doktori
Yetakchi tashkilot nomi:Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Dissertatsiya ishi o‘zbek tilida tayorlangan.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson huquqlarini buzganligi uchun TMKlar javobgarligi masalalariga oid xalqaro huquq va milliy qonunchilik normalarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish huquqini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga berish zarurligi asoslangan;
“Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining asosiy vazifasi etib xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlarini, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish va pozisiyalarini kelishishni belgilash lozimligi asoslab berilgan;
mehnat munosabatlarida shaxslarning qadr-qimmatini poymol qilishga olib keluvchi nomaqbul muomalaga yoki kamsituvchi mehnat sharoitlarini yaratishga yo‘l qo‘yilmasligini ish beruvchi ta’minlashi kerakliligi asoslangan;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining asosiy vazifalari etib davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchani shakllantirish, ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganishni belgilash lozimligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llashni tavsiya etish taklifi asoslangan;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, xususiy mulk himoyasi, inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari kafolatlari hamda burchlariga oid normalarni kiritish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro huquqda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun javobgarligini ilmiy asoslash, uni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy normalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish huquqini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga berish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-441-son Qonunining 1-moddasi 6-bandi (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 27 maydagi 3/08-90-son dalolatnomasi). Mazkur taklif inson huquqlarini buzgan TMKlarni javobgarlikka tortish uchun asosni shakllantirishga xizmat qilgan;
“Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining asosiy vazifasi etib xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlarini, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish va pozisiyalarini kelishishni belgilash to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi 553-son qarorining 2-band birinchi va ikkinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024 yil 13 iyundagi 12/1-384-son dalolatnomasi). Mazkur taklif TMK va xodimlarning mehnat, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslarini yaratgan;
mehnat munosabatlarida shaxslarning qadr-qimmatini poymol qilishga olib keluvchi nomaqbul muomalaga yoki kamsituvchi mehnat sharoitlarini yaratishga yo‘l qo‘yilmasligini ish beruvchi ta’minlashi kerakliligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–562-son Qonunining 21-moddasi ettinchi va sakkizinchi xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 27 maydagi 3/08-90-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekistonda TMKlar tomonidan inson huquqlari, shu jumladan mehnat huquqlarini samarali himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining asosiy vazifalari etib davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchani shakllantirish, ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganishni belgilash to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 avgustdagi 663-son qarorining 3-band birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024 yil 13 iyundagi 12/1-384-son dalolatnomasi). Mazkur taklif TMK va inson huquqlariga oid xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga amalda tatbiq etilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llashni tavsiya etish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarorining 5-band “a” kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024 yil 13 iyundagi 12/1-384-son dalolatnomasi). Mazkur taklif mehnat sohasidagi huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan TMKlarga natijador javobgarlik choralarini qo‘llashga xizmat qilgan;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, xususiy mulk himoyasi, inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari kafolatlari hamda burchlariga oid normalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-ilovasi 1-satrini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023 yil 3 iyuldagi 12/1-678-son dalolatnomasi). Mazkur taklif davlat xizmatchilarining inson huquqlari va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.