Sobirov Otabek Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 
e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida qurilishga oid atamalarning leksik-semantik va derivativ tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3574
Ilmiy rahbar: Shokirov Sherali Ibrohimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Qulmuradovich, filologiya fanlari doktori, professor; Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. ingliz va o‘zbek tillarida qurilish sohasi bilan bog‘liq terminlarning struktural-semantik hamda derivativ xususiyatlarini chuqur o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Ingliz va o‘zbek tillarida qurilish sohasiga oid terminologiyada so‘z hosil qilishning semantik, morfologik va sintaktik usullarini aniqlash orqali mavjud kategoriyaning ikki xil madaniyatdagi mazmunini lingvistik belgilar orqali yoritishning kognitiv imkoniyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda qurilish sohasiga oid termin tizimining asosiy shakllanish manbai sifatida o‘zlashgan, baynalmilal hamda kalkalangan til birliklari xizmat qilishi leksik birliklarning derivatsion maqomini asoslash orqali dalillangan; 
qurilish sohasiga oid terminlarning so‘z yoki so‘z birikmasi ekani, dennotativ, signifikativ, sintagmatik, kategorial va grammatik ma’nolarni o‘z ichiga olgan semantik va shakliy belgilariga ega bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek boshqa qurilish sohasiga oid terminlar bilan sinonimik, polisemik, ba’zan omonimik munosabatlarga kirishishi termin elementlarining o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini belgilovchi omil ekanligi isbotlangan; 
terminlarning dinamik tabiati va ularning fikrlash bilan bevosita o‘zaro ta’sirida yuzaga kelgan lingvistik omillar asosida qurilish sohasiga oid termin tizimining diskurs doirasida professional kommunikatsiyani amalga oshiruvchi kognitiv struktura sifatida xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ingliz va o‘zbek tillarida qurilish atamalariga oid so‘zlarning leksik-semantik va derivativ tadqiqi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylashtirilgan:
ilmiy ishning qurilish sohasiga oid terminlarning so‘z yoki so‘z birikmasi sifatida, qurilish atamalarining sinonimik, polisemik, ba’zan omonimik munosabatlarga kirishi, shuningdek, termin elementlarining o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini belgilovchi omil ekanligi isbotlangan. Mazkur tadqiqot natijalari va xulosalaridan foydalanilganligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan “Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan beshinchi ustuvor yo‘nalishida belgilab berilgan maqsadlarning bevosita ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadqiqot ishi sifatida baholash mumkinligi (2023-yil 11-dekabrdagi 05-12-13-5576-son qaroriga binoan) ta’kidlab o‘tilgan;
tadqiqot ishi natija va materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga doir uslubiy ko‘rsatmalarni tayyorlashda foydalanilgan. Bu esa (2023 yil 18-dekabrdagi 06-13-14—5677-sonli ma’lumotnomasiga binoan) ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi, shuningdek, lingvistik omillar ta’sirida ko‘plab yangi terminlarning paydo bo‘lishi asoslab berilgan tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qildi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan “Taqdimot”, ko‘rsatuvida  tadqiqotdagi ingliz va o‘zbek tillarida qurilish sohasiga oid terminologiyadan ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024 - yil 8-apreldagi 06-447-sonli ma’lumotnomasi).
Natijada, teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi qurilish atamalariga oid so‘zlarning leksik-semantik va derivativ tahlili ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatuvda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish