Yunusova Feruzaxon Xodjiakbarovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil  texnologiyalari yordamida shakllantirish metodikasi (iqtisodiyot ta’lim yonalishlari misolida)”  13.00.02 – “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5223
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich pedagogika fanlari doktori, professor, Rizkulova Kamola Djummaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:Ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari sinxron va asinxron aloqa ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan kognitiv faoliyat traektoriyasini prognostik shakllantirish hamda interaktiv didaktik resurslardan foydalanish natijadorligini uzlyuksiz oshirib borish asosida aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirish modeli mobil podkastlar, blog texnologiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga uyg‘unlashtirish hamda real hayotdagi doimiy aloqalarga mos tarzda yangi didaktik maqsadlarni til va tahlil yaxlitligini maqsadli belgilash asosida takomillashtirilgan;
    ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirish mazmuni moslashuvchan-kommunikativ madaniyat va kasbiy ko‘nikmalarni nostandart vaziyatlarda shaxsiy ehtiyojlarning regulyativ o‘quv harakatlarining subekt-subekt munosabatlarida namoyon bo‘lishiga ko‘ra tahliliy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
    ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy umumiy kommunikativ qobiliyatlar integratsiyasini ta’minlashda teskari aloqani amalga oshirishga ustuvorlik berish hamda axborotlarni qayta ishlash mobilligini oshirishning kognitiv mazmunli dasturiy – faol infratuzilmasiga intensiv faoliyatning vizual-simulyativ ta’sirini oshirish asosida takomillashtirilgan
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalar asosida shakllantirishga oid tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar:
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari sinxron va asinxron aloqa ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan kognitiv faoliyat traektoriyasini prognostik shakllantirish hamda interaktiv didaktik resurslardan foydalanish natijadorligini uzlyuksiz oshirib borish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Basic business english grammar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi “356”-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur yondashuv talabalarning oliy ta’limdagi o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlovchi ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillarni yanada takomillashtirish imkonini berdi; 
     ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirish modeli mobil podkastlar, blog texnologiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga uyg‘unlashtirish hamda real hayotdagi doimiy aloqalarga mos tarzda yangi didaktik maqsadlarni til va tahlil yaxlitligini maqsadli belgilash asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar “Xorijiy til (English for Accounting and Finance)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi “272”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan oʼquv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy AKT kompetensiyasi, shaxsiy-faoliyat yondashuvi asosida ingliz tillarini o‘qitishni tashkil etish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirish mazmuni moslashuvchan-kommunikativ madaniyat va kasbiy ko‘nikmalarni nostandart vaziyatlarda shaxsiy ehtiyojlarning regulyativ o‘quv harakatlarining subekt-subekt munosabatlarida namoyon bo‘lishiga ko‘ra tahliliy aniqlashga oid taklif va tavsiyalar “Basic business english grammar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi “356”-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlanish darajasini diagnostikalash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarning kasbiy umumiy kommunikativ qobiliyatlar integratsiyasini ta’minlashda teskari aloqani amalga oshirishga ustuvorlik berish hamda axborotlarni qayta ishlash mobilligini oshirishning kognitiv mazmunli dasturiy – faol infratuzilmasiga intensiv faoliyatning vizual-simulyativ ta’sirini oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Xorijiy til (English for Accounting and Finance)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 28 avgustdagi “272”-sonli buyrug‘iga asosan  berilgan oʼquv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyasini mobil texnologiyalari yordamida shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish