ISKANDAROVA GULRUX PIRMAMATOVNANING
PEDAGOGKA FANLARI BO‘YIChA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTASIYaSI HIMOYaSI HAQIDA E’LON
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini baholash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8488.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qorieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarini boshqaruv salohiyatini baholash va uni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini baholashning pedagogik imkoniyatlari korporativ madaniyat elementlarni bosqichma-bosqich va vektorli yo‘naltirishga qaratilgan o‘zaro ichki va tashqi hamkorlikda ishlash tamoyillarining boshqaruv jarayonidagi natijadorlik darajasini intensiv oshirish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini rivojlantirish samaradorligi milliy qadriyatlarga mos bo‘lgan rahbar-xodim munosabatlarni plyuralistik tamoyilga rioya qilish ruhiyatini tarbiyalash hamda jamoatchilik ishtirokini kengroq jalb etish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini rivojlantirish modeli boshqaruv jarayoni preventivligini ta’minlashga qaratilgan situativ transformatsiyalashning kadrlar salohiyatini oshirishga proporsional-dinamik bog‘liq egaligini daliliy asoslashga ko‘ra mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va javobgarlik tuyg‘usini maqsadli oshirishga ustuvorlik berish takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini baholash jarayoni kreativ boshqaruv infratuzilmasini intensivlashtirish jarayonini monitoring qilish hamda istiqbolli taraqqiyot strategiyasini faktorli tahlil qilish va istiqbolli ta’limiy natijani prognostik rejalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini baholash va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini baholashning pedagogik imkoniyatlari korporativ madaniyat elementlarni bosqichma-bosqich va vektorli yo‘naltirishga qaratilgan o‘zaro ichki va tashqi hamkorlikda ishlash tamoyillarining boshqaruv jarayonidagi natijadorlik darajasini intensiv oshirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Marketing asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, nashr guvohnoma raqami 537-697). Natijada rahbar xodimlarning boshqaruv kompetensiyalari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini rivojlantirish samaradorligi milliy qadriyatlarga mos bo‘lgan rahbar-xodim munosabatlarni plyuralistik tamoyilga rioya qilish ruhiyatini tarbiyalash hamda jamoatchilik ishtirokini kengroq jalb etish asosida takomillashtirishga oid taklifari umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar mazmuniga integratsiya qilingan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-yanvardagi 05-40-56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbarlarning salohiyatini tizimli shakllantirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini rivojlantirish modeli boshqaruv jarayoni preventivligini ta’minlashga qaratilgan situativ transformatsiyalashning kadrlar salohiyatini oshirishga proporsional-dinamik bog‘liq egaligini daliliy asoslashga ko‘ra mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va javobgarlik tuyg‘usini maqsadli oshirishga ustuvorlik berish takomillashtirish taklifi “Tizimli yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2022–2024 yy. mavzusidagi innovatsion grant loyihasi doirasida tajribadan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-noyabrdagi 03/42-3384-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.