Namazova Ra’no Davronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish metodikasi 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda  Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axrarova Zebo Baxramovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalar tomonidan mustaqil ta’limning bajarilishida bilimlar transformatsiyasining didaktik imkoniyatlari milliy mentallikni hisobga olish, madaniyatlararo, shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatga qobiliyat, motivatsiyalashtiruvchi ta’lim muhitida kommunikatsiyaga yo‘naltirish asosida va ilk axborotni madaniy yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasida yangi shart-sharoitlar uchun qayta anglash, moslashtirish orqali qayta hosil qilish asosida aniqlangan;
amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish modeli qadriyatlarni interiorizatsiyalash va You Tube videoxostinglaridan foydalanish asosida ma’naviy-qadriyatli salohiyati fleshmobi texnologiyalaridan samarali foydalanish bilan mustaqil ishlashning kognitiv, refleksiv va analitik bosqichlarini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish metodikasi kommunikativ jarayonning aksiologik o‘zgartirilishi, ijtimoiy va individual-psixologik reprezentativligi integratsiyasi asosida individuallashtirishdan foydalanish orqali obektning idrok qilinishi, tushunchalarning faol qayta tiklanishi, o‘qitish va kompleks mashqlarning yo‘nalishini o‘zgartirish asosida takomillashtirilgan;
amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish samaradorligi mustaqil ta’limda fleshmob texnologiyasining pedagogik vositasini egallash, sinxron onlayn-konsultatsiyalar, vebinar, taqdimotlarda yuqori, o‘rta, quyi  rivojlanish darajalarini hisobga olish asosida real dalillar bilan ishlash, tushunish stereotiplarini sinovdan o‘tkazish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amaliy rus tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
talabalarning rus tilidan amaliy  mashg‘ulotlarga tayyorlanishda  mustaqil ta’limni amalga oshirishda  bilimlarni  transformatsiyalashning didaktik imkoniyatlari milliy mentallik, madaniyatlararo, shaxsga yo‘naltirilgan va motivatsiyalaydigan ta’lim muhitida kommunikatsiyani yo‘naltirishga oid faoliyatga qobiliyatni hisobga olish hamda dastlabki axborotni qayta anglash, ta’limning madaniy yo‘naltirilgan paradigmasida yangi sharoitlarga  moslashtirish  asosida aniqlashtirishga oid takliflar «Mutaxassislikka kirish (rus tilida)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7589/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning rus tilidan amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda mustaqil ta’limni amalga oshirishida bilimlarni transformatsiyalashning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
            talabalarning rus tilidan amaliy  mashg‘ulotlarga tayyorlanishda  mustaqil ta’limni tashkil etish  modeli  qadriyatlarni interiorizatsiyalash va You Tube videoxostinglaridan foydalanish asosida ma’naviy-qadriyatli salohiyati fleshmobi texnologiyalaridan samarali foydalanish bilan mustaqil ta’limning kognitiv,  refleksiv va analitik bosqichlarini joriy etish orqali takomillashtirishga oid  takliflar «Mutaxassislikka kirish (rus tilida)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7589/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning rus tilidan amaliy  mashg‘ulotlarga tayyorlanishda  mustaqil ta’limni tashkil etish  modeli mazmuni boyitilgan;
mustaqil ta’lim  jarayonida talabalar bilimlarini transformatsiyalashning kognitiv, refleksiv va analitik bosqichlarini qo‘llash metodikasi obektni idrok qilish, ta’limni reverslash va individuallashtirish, shuningdek, aksiologik interpretatsiyalash, kommunikativ jarayonning ijtimoiy  va individual-psixologik reprezentativligini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Mutaxassislikka kirish (rus tilida)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7589/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mustaqil ta’lim jarayonida talabalar bilimlarini transformatsiyalash samaradorligi oshgan.
talabalarning rus tilidan amaliy  mashg‘ulotlarga tayyorlanishda  mustaqil ta’limni tashkil etish  samaradorligi mustaqil ta’limda fleshmob texnologiyasining pedagogik instrumentariyasini egallash, real faktlar bilan operatsiyalash, sinxron onlayn-maslahatlar, vebinarlar, taqdimotlarda rivojlanishning yuqori (kreativ),  o‘rta (produktiv) va past (reproduktiv) darajalarini hisobga olish asosida tushunish stereotiplarini sinash yo‘li bilan takomillashtirishga oid takliflar «Mutaxassislikka kirish (rus tilida)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7589/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning rus tilidan amaliy  mashg‘ulotlarga tayyorlanishda  mustaqil ta’limni tashkil etish ta’sirchanligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish