Najmutdinova Gulnozaxon Baxtiyorovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Atadjanova Shaxnoza Abbasovna. Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Pardaeva Diyora Tohirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak    ingliz    tili    o‘qituvchilarida    refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘zining ijodiy faoliyatini dinamik oshirib borishga yo‘naltirilgan tanqidiy fikrlay olish ko‘nikmasini oshirish hamda kasbiy faoliyat pragmatikligini ta’minlashning motivatsion, xissiy- emotsional, kommunikativ darajalarini qiyosiy prognozlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini modellashtirishda sub’ektning o‘ziga nisbatan faol tanqidiy pozisiyani tanlash qobiliyati mavjudligini prognozlash hamda kognitiv-propedevtik, tizimli-loyihalashtiruvchi, integrativ-umumlashtiruvchi bosqichlarni o‘zini-o‘zi faollashtirishning tashkiliy tuzilmasiga identiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi faoliyatli yondashuvga ko‘ra subekt-subekt munosabatlarini  diagnostik  loyihalash,  talabalarning  bilim  olishga  yo‘naltiradigan muammoli, kognitiv, dialogli, baholash va refleksiv tahlilni o‘quv jarayonini tashkil etishning har xil shakllarini, vositalarni  va o‘zgaruvchan didaktik ta’minot tizimlarini amalga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish saaradorligi mustaqil ishlash ulushini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish kabi individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalariga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘zining ijodiy faoliyatini dinamik oshirib borishga yo‘naltirilgan tanqidiy fikrlay olish ko‘nikmasini oshirish hamda kasbiy faoliyat pragmatikligini ta’minlashning motivatsion, xissiy- emotsional, kommunikativ darajalarini qiyosiy prognozlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Applied Linguistics” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2- maydagi 05-2804/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini modellashtirishda sub’ektning o‘ziga nisbatan faol tanqidiy pozisiyani tanlash qobiliyati mavjudligini prognozlash hamda kognitiv-propedevtik, tizimli-loyihalashtiruvchi, integrativ-umumlashtiruvchi bosqichlarni o‘zini-o‘zi faollashtirishning tashkiliy tuzilmasiga identiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va xulosalari asosida “Applied Linguistics” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2- maydagi 05-2804/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’limni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati oshgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi faoliyatli yondashuvga ko‘ra subekt-subekt munosabatlarini  diagnostik  loyihalash,  talabalarning  bilim  olishga  yo‘naltiradigan muammoli, kognitiv, dialogli, baholash va refleksiv tahlilni o‘quv jarayonini tashkil etishning har xil shakllarini, vositalarni  va o‘zgaruvchan didaktik ta’minot tizimlarini amalga tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid taklif va xulosalar “Applied Linguistics” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2-maydagi 05-2804/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish saaradorligi mustaqil ishlash ulushini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish kabi individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalariga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid taklif va xulosalar “Applied Linguistics” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 2-maydagi 05-2804/04-son dalolatnomasi) Natijada, bu taklif bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish kundaligini yaratilishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish