Anvarov Akbarjon Baxrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori kremnezyomli xomashyoni boyitish va ular asosida xossalari yaxshilangan shaffof shisha idish olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5032.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori kremnezyomli xomashyoni boyitish va uning asosida xossalari yaxshilangan shaffof shisha idish olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizik-texnik xossalari yaxshilangan shisha olish uchun Oynaqum kvars qumi, Tulakul tomirsimon kvars konlarining va «Ingichka» uchastkasi dala shpatlarining yaroqliligi asoslangan;
yuqori kremnezyomli xomashyoni boyitishda yuvish, ishqalab yuvish va termik ishlov berish bilan keyingi magnit separatsiyasidan o‘tkazish jarayonlarini qo‘llash xisobiga Fe2O3 va TiO2 ko‘rinishidagi salbiy qo‘shimchalardan tozalashning nisbatan yuqori samaradorligiga erishilganligi, buning natijasida Fe2O3 miqdori 0,025 mas.% gacha kamayganligi va kvars qumi sifatining «OBC-025-1» markagacha yaxshilanganligi aniqlangan;
shisha omuxtasi boshlang‘ich komponentlariga 1400-1450oC harorat oralig‘ida termik ishlov berish rejimiga bog‘liq ravishda shisha hosil bo‘lishdagi fizik-kimyoviy jarayon qonuniyatlari ilmiy isbotlangan; 
boshlang‘ich komponentlarning miqdori, turlari, shisha omuxtasiga 0,5-1,0 mas.% oralig‘ida qo‘shilayotgan premikslarning shisha material namunalarining fizik-texnik va texnologik xossalariga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan; 
to‘liq shisha hosil bo‘lish jarayoni 1400-1420°C harorat oralig‘ida yakunlanishi, bu esa amaldagi shisha ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan 20-30°C past haroratda kechishi aniqlangan;
yorug‘lik o‘tkazuvchanligi-shaffofligi 81,1-88,5% ga ega bo‘lgan xo‘jalik-maishiy maqsadlardagi shisha materiallar olish uchun ishlab chiqilgan tarkibdagi shisha massasidan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oynaqum kvars qumi, Tulakul tomirsimon kvars konlari va Ingichka uchastkasi dala shpatidan foydalanib xomashyoni boyitish va ular asosida xossalari yaxshilangan shaffof shisha idish olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Oynaqum kvars qumi, Tulakul tomirsimon kvars konlaridan yuqori sifatli kvars konsentratini olish uchun ishlab chiqilgan boyitish texnologiyasi “ASL OYNA” MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 4 dekabrdagi 04/15-3738-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi davlat standartlariga mos keluvchi kvars konsentrati olish imkonini beradi;
boyitilgan kvars konsentrati, Ingichka uchastkasi dala shpati hamda boshqa an’anaviy qo‘shimchalar asosida shaffof shisha idish olish texnologiyasi “ASL OYNA” MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 4 dekabrdagi 04/15-3738-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat andozalariga to‘liq javob beruvchi shaffof shisha idish ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish