Xabibullaev Fayzulla Nabibullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida asalari zararkunandalari (Animalia: Arthropoda)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V828.
Ilmiy rahbar: Yunusov Mirzakarim Mirzaxalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shoxistaxon Qobiljonovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida asalari zararkunandalarining tur tarkibini shakllantirish, muhim vakillarining biologik xususiyatlarini ochib berish, zararkunandalarning asalari oilasiga ta’sirini aniqlash, zararkunandalar zararini aniqlash va kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida asalarilarning bo‘g‘imoyoqli  zararkunandalarining tur tarkibi tadqiq etilib, ular 14 oila, 28 ta urug‘ga mansub 38 turdan iboratligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida asalari asosiy bo‘g‘imoyoqli zararkunandalarining biologik xususiyatlari va ularning mahsuldorlikka ta’siri baholangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida asalari asosiy zararkunandalari populyasiyalarining mavsumiy dinamikasi va fenologik davrlari ochib berilgan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida asalari uyalarida yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarning zararkunandalik va tarqalish xususiyatlari ekologik hamda biologik omillar asosida ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida asalari populyasiyalari zararkunandalariga qarshi profilaktik hamda ekologik jihatdan xavfsiz kurashning biologik ilmiy asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida asalari zararkunandalari (Animalia: Arthropoda) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asalari zararkunandalarining biologik xususiyatlarini aniqlash va ularga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Farg‘ona viloyati asalarichilik uyushmasi ilmiy markazining Farg‘ona tumani asalarichilik xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston asalarichilar uyushmasining 2024 yil 29 avgustdagi 95-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, asalari oilalaridan 35 kg dan asal mahsuloti olingan va rentabellik darajasi esa 12% ga ortish imkonini bergan;
asalari zararkunandalarining asalari organizmidagi fiziologik o‘zgarishlariga ta’siri, gemolimfa o‘zgarishlari, morfologik deformatsiyalar, zararlangan asalarilarda tuxum hajmi, urugʻlanish darajasi, o‘sish sur’attlari, hayot davomiyligi bo‘yicha olingan tavsiyalar “Asalari anatomiyasi va fiziologiyasi” nomli oʻquv qoʻllanmaga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi  296092-raqamli nash ruxsatnomasi). Natijada, OTMlarda 60811500-“Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)” ta’lim jarayonida asalarilarning tuzilishi, anatomik va fiziologik xususiyatlarini chiqurroq o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish