Xamroqulov Bekzod Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa o‘smalarini davolashda teri orqali radiochastotali ablyasiya», 14.00.14 –onkologiya, 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2553.
Ilmiy rahbarlar: Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ijod Rustamjonovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi, DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir Maxamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kuldoshev Kaxramon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respulika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining Buxoro viloyat filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri orqali radiochastotali ablatsiya usulini qo‘llash orqali umurtqa metastataz bilan shikastlangan bemorlarni davolash natijalarini va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik ma’lumotlarga va umurtqaning instrumental tekshiruv usullarining natijalariga ko‘ra, umurtqa metastatik shikastlanishi bilan umurqa tanasida destruktiv o‘zgarishlar bo‘lmagan holatda ham klinik simptomlarning og‘irlik darajasi umurtqa tanasining suyak iligi shishi mavjudligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
birinchi marta umurtqalar tanasining metastatik shikastlanishlarida nerv ildizining sinuvertebral nerv shoxlarini radiochastotali ablyasiya qilish usulini qo‘llanilishi tufayli umurtqa pog‘onasi onkologik zararlangan bemorlarning og‘riq sindromi keskin kamayishi isbotlangan;
umurtqaning metastatik zaralanishi bo‘lgan bemorlarning klinik, nevrologik va rentgenologik belgilaridan kelib chiqqan holda teri orqali radiochastotali ablyasiyani o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi takomillashtirilgan;
operatsiyadan keyingi davrda umurtqa tanasining metastatik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda og‘riq sindromi dinamikasini qiyosiy tahlil qilish asosida umurtqa tanasining perkutan vertebroplastikasini qo‘llash umurtqa nerv ildizlarining sinuvertebral shoxlarini radiochastotali ablyasiyasi bilan birgalikda qo‘llash zaralangan vertebrogen segmentdagi og‘riq sindromini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri orqali radiochastotali ablatsiya usulini qo‘llash orqali umurtqa metastataz bilan shikastlangan bemorlarni davolash natijalarini va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik ma’lumotlarga va umurtqaning instrumental tekshiruv usullarining natijalariga ko‘ra, umurtqa metastatik shikastlanishi bilan umurqa tanasida destruktiv o‘zgarishlar bo‘lmagan holatda ham klinik simptomlarning og‘irlik darajasi umurtqa tanasining suyak iligi shishi mavjudligida namoyon bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Umurtqalar metastatik zararlanishini davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand davtlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 123-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 20.11.2024 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish umurtqa pog‘onasi metastazlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, bu bemorlarga ish va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishni his qilish, umr ko‘rish davomiyligini oshirish va nogironlikni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2439024 so‘m byudjet mablag‘lari diagnostika bosqichida to‘g‘ri va erta tashxis qo‘yish, metastatik jarayonning lokalizatsiyasi asosida og‘riq sindromi sababini erta aniqlash orqali shifoxonada qolish muddatini 4-5 kungacha kamaytirish, bemorni operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiyadan vos kechish, dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirish hamda mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish natijasida iqtisod qilinadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta umurtqalar tanasining metastatik shikastlanishlarida nerv ildizining sinuvertebral nerv shoxlarini radiochastotali ablyasiya qilish usulini qo‘llanilishi tufayli umurtqa pog‘onasi onkologik zararlangan bemorlarning og‘riq sindromi keskin kamayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Umurtqalar metastatik zararlanishini davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand davtlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 123-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 20.11.2024 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarida ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga tatbiq etish umurtqalarning metastatik zaralanishi bor bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa bemorlarda jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, ambulatoriya va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish va erta aktiv xayotga kaytish imkonini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2439024 so‘m byudjet mablag‘lari umurtqa pog‘onasi metastatik zaralanishi bo‘lgan bemorlarda differensial jarrohlik yondashuni zaralanish o‘chog‘iga ko‘ra davolash taktikasi tanlash orqali davolanishning yaxshi natijalariga, bemorlarning tez faollashishiga va statsionar davolanish muddatini 13-15 kundan 2-3 kungacha qisqartirishga olib kelishi hamda takroriy operatsiyalarni o‘tkazilishini bartaraf qilishi natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqaning metastatik zaralanishi bo‘lgan bemorlarning klinik, nevrologik va rentgenologik belgilaridan kelib chiqqan holda teri orqali radiochastotali ablyasiyani o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Umurtqalar metastatik zararlanishini davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand davtlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 123-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 20.11.2024 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqa pog‘onasi metastatik zaralanishini yangi jarrohlik davolash usulidan foydalanishning haqiqiy samaradorligi shundaki, u bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, ularning tez faollashishini ta’minlaydi va kasallik kayta rivojlanishini bartaraf qiladi. Bemorlarning to‘liq tiklanishi yoki ularning ortopedik va nevrologik holatini yaxshilanishi, xayot sifatining yaxshilanishi  davolashda yangi usulni qo‘llashning tibbiy samaradorligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2439024 so‘m byudjet mablag‘lari umurtqa pog‘onasida metastatik zaralanish bor bemorlarda kuchli og‘riq sindromini radiochastotli ablyasiya usuli bilan og‘riqsizlantirish bilan hayot sifatini oshirishi, nogironlikni kamaytirishi, og‘riq sindromini yo‘qotishda qo‘llaniladigan narkotik va narkotik bo‘lmagan og‘riq qoldiruvchi dori vositalariga nisbatan qaramlikni yo‘qotish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda umurtqa tanasining metastatik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda og‘riq sindromi dinamikasini qiyosiy tahlil qilish asosida umurtqa tanasining perkutan vertebroplastikasini qo‘llash umurtqa nerv ildizlarining sinuvertebral shoxlarini radiochastotali ablyasiyasi bilan birgalikda qo‘llash zaralangan vertebrogen segmentdagi og‘riq sindromini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 aprelda 1-son bilan tasdiqlangan «Umurtqalar metastatik zararlanishini davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Samarqand davtlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 123-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali bo‘yicha 20.11.2024 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqalarning metastatik zaralanishi bilan kasallangan bemorlarda yangi kaminvaziv xirurgik usul qo‘llanilishi, holatni tez va aniq baholashga, og‘riqni kamaytirish orqali bemorlar xayot sifatini yaxshilashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini pasaytirish, tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va tibbiy yordam ko‘rsatishdagi ijobiy sifat ko‘rsatkichlariga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallik tufayli nogironlik bo‘yicha umrbod ijtimoiy ta’minotga sarflanadigan 9200000 so‘m byudjet mablag‘lari umurtqa tanasi metastatik zaralanishi natijasida yuzaga keladigan og‘riq sindromini va umurtqa tanasining patologik sinishlarni oldini olish uchun perkutan vertebroplastika va radiochastotali ablyasiya kabi kaminvaziv usulida davolash orqali reabilitatsiyaga muddatini va dori-darmon bilan ta’minotini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish