Abdugapparov Fazlxan Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuberkulyoz plevriti tashxisotida yuqori ma’lumotli yondashuvlarni ishlab chiqish», 14.00.26 – Ftiziatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2885.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Boboxodjaev Oktam Ikramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Adilxodjaev Askar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keng qamrovli diagnostika algoritmini ishlab chiqish uchun zamonaviy immunologik va molekulyar-genetik tekshirish usullarni joriy etish orqali tuberkulyoz plevritning etiologik tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuberkulyoz plevritining sitologik tasdiqlanishi davolashning muvaffaqiyatsiz natijasi bilan bog‘liqligi isbotlangan (HK 4,52; IO: 95% P 0,043).
ilk bor TB plevriti bilan kasallangan bemorlarning plevra suyuqligidagi ADA darajasi tashxisi tasdiqlanmagan bemorlarga qaraganda 3,2 baravar yuqori, qon zardobida bu ko‘rsatkich tasdiqlangan TP bo‘lgan guruhda 5,5 baravar yuqori hamda IFN-γ darajasi kasallik aniqlanmagan guruhga qaraganda 7,9 baravar yuqori bo‘lishi isbotlangan.
ilk bor qon zardobida ADAning bo‘sag‘a ko‘rsatkichi 20,0 XB/l (sezuvchanlik 82%, o‘ziga xoslik 93%) va plevra suyuqligida - 30,0 XB/l (sezuvchanlik 94%, o‘ziga xoslik 90%) hamda plevra suyuqligidagi IFN-γ ning bo‘sag‘a ko‘rsatkichi 250,0 pg/l (sezuvchanlik 84%, o‘ziga xoslik 96,7%) ekanligi isbotlangan.
TPda plevra suyuqligi va qon zardobida ADA faolligining bo‘sag‘a ko‘rsatkichlari, shuningdek plevra suyuqligidagi IFN-γ konsentratsiyasi natijalariga asoslangan diagnostik yondashuvlar kasallikni tashxislash vaqtini 2 barobar qisqartirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuberkulyoz plevriti tashxisotida plevra suyuqligida adenozindezaminaza (ADA) va γ-interferon (IFN-γ) hamda qon zardobida ADA faolligini aniqlashning diagnostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tuberkulyoz plevritining sitologik tasdiqlanishi davolashning muvaffaqiyatsiz natijasi bilan bog‘liqligi bo‘yicha tavsiyalar 20.01.2025-yildagi 1-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindeaminaza (ADA) biomarkerining ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 21 yanvardagi №28k/r-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/03-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tuberkulyoz plevriti tashxisi erta aniqlanishi asoratlar rivojlanishi havfini kamaytiradi; tuberkulyoz plevriti aniqlangan bemorlarning kasalxonaga yotishlar sonini minimallashtirdi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usuldan foydalanish tuberkulyoz plevritni aniqlashda har bir bemor uchun bitta tahlildan o‘rtacha 112583 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan yondashuvni tashxislash amaliyotiga tatbiq etish iqtisodiy foyda keltirdi, bu har bir tuberkulyoz plevriti tashxisi qo‘yilgan bemor uchun 47,6 % mablag‘ni tashkil etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik ilk bor TB plevriti bilan kasallangan bemorlarning plevra suyuqligidagi ADA darajasi tashxisi tasdiqlanmagan bemorlarga qaraganda 3,2 baravar yuqori, qon zardobida bu ko‘rsatkich tasdiqlangan TP bo‘lgan guruhda 5,5 baravar yuqori hamda IFN-γ darajasi kasallik aniqlanmagan guruhga qaraganda 7,9 baravar yuqori bo‘lishi bo‘yicha tavsiyalar 20.01.2025-yildagi 1-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindeaminaza (ADA) biomarkerining ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 21 yanvardagi №28k/r-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati pulmonologiya markazining 2025 yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/03-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: TPni tashxislashda plevra suyuqligi va qon zardobida ADA va plevra suyuqligida IFN-γ faolligini tekshirish kasallikni erta aniqlashga hamda bemorlarda kasallikning og‘ir klinik shakllari uchrash chastotasini kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul hisobiga tuberkulyoz plevritini aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha davlat byudjetidan 112583 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: tuberkulyoz plevritini aniqlashda immunologik usuldan foydalinilganda bir nafar bemorga amaliyotning joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 112583 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qon zardobida ADA ning bo‘sag‘a ko‘rsatkichi 20,0 XB/l (sezuvchanlik 82%, o‘ziga xoslik 93%) va plevra suyuqligida - 30,0 XB/l (sezuvchanlik 94%, o‘ziga xoslik 90%) hamda plevra suyuqligidagi IFN-γ ning bo‘sag‘a ko‘rsatkichi 250,0 pg/l (sezuvchanlik 84%, o‘ziga xoslik 96,7%) ekanligi bo‘yicha tavsiyalar 20.01.2025-yildagi 1-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindeaminaza (ADA) biomarkerining ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 21 yanvardagi №28k/r-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati pulmonologiya markazining 2025 yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/03-son xulosasi) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish orqali bemorlarda asoratlar kamayadi, natijada kasalxonaga yotishlar soni pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usullar tuberkulyoz plevritini aniqlash uchun ADA va IFN-γ testlaridan foydalanib tuberkulyoz plevritini aniqlashda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 112583 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: tuberkulyoz plevritini erta tashxislashning takomillashtirilgan usulidan foydalanib bir nafar bemorga amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 1,47 barobar iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TPda plevra suyuqligi va qon zardobida ADA faolligining bo‘sag‘a ko‘rsatkichlari, shuningdek plevra suyuqligidagi IFN-γ konsentratsiyasi natijalariga asoslangan diagnostik yondashuvlar kasallikni tashxislash vaqtini 2 barobar qisqartirishi bo‘yicha tavsiyalar 20.01.2025-yildagi 1-sonli akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Tuberkulyoz plevriti tashxisotida adenozindeaminaza (ADA) biomarkerining ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sirdaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining 2025 yil 21 yanvardagi №28k/r-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati pulmonologiya markazining 2025 yil 23 yanvardagi 29-sonli buyrug‘i bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi №13/03-son xulosasi) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini uchun tuberkulyoz plevritini erta tashxislashning takomillashtirilgan usuli tuberkulezni erta tashxislash va kompleks davolash asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul tuberkulyoz plevritini erta tashxislashning takomillashtirilgan usuli bo‘lib, uni qo‘llash natijasida bir bemor uchun o‘rtacha 112583 so‘m miqdorida iqtisodiy xarajatlarni saqlash imkonini berdi. Xulosa: tuberkulyoz plevritini aniqlashda immunologik usuldan foydalanilganda, bir bemorga tashxislash amaliyotini o‘tkazish uchun jami 112583 (47,6%) so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini iqtisod etish imkoni bergan.