Yunusova Lalita Rinatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 utkazgan bemorlarda yuzning urta qismidagi asoratlarining KT va MRT diagnostikasi», 14.00.19 – Klinik radiologiya, 14.00.17 – Farmakologiya, klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib864.
Ilmiy maslahatchilar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdashimov Zafar Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi huzuridagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ablyazov Otabek Vaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Pulatova Nargiza Isxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamidov Obid Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: NAO «Ostona tibbiyot universiteti» (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarning KT va MRT ma’lumotlariga asoslangan holda diagnostika algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarini kompyuter tomografiyasi (KT) va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) yordamida aniqlanib yuzning o‘rta qismidagi asoratlariga xos erta va kechki belgilarini aniqlanishi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda klinik ko‘rsatmalarga asoslangan holda yuzning o‘rta qismidagi qon-tomir asoratlarini aniqlash maqsadida KT-angiografiya va MRT-angiografiya usullarining tashxisiy samaradorligi baholandi;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarini kontrast-indusiyalangan nefropatiya bilan kechgan bemorlarda KT va MR-angiografiyalarning qo‘llanilish xususiyatlari, shu jumladan buyrak etishmovchiligi va allergik reaksiyalar bilan bog‘liq qo‘shimcha ta’sirlarning xavflari va ularni profilaktika qilish usullari asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlari va zamburug‘li etiologiyaga oid patologiyalari bo‘lgan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarni farqlash maqsadida kompleks tadqiqotlar olib borilib va ularni farqlash uchun radiologik belgilarini aniqlash o‘zga oblib differensial tashxis ishlab chiqilgan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarini aniqlash uchun innovatsion nurli tashxis algoritmi ishlab chiqilgan va uning klinik amaliyotdagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismidagi asoratlarning KT va MRT ma’lumotlariga asoslangan holda diagnostika algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda yuzaga kelgan yuzning o‘rta qismi asoratlarini mul`tispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) yordamida aniqlashga oid xos vizual alomatlar taklif etildi va ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04-r/111-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MSKT-diagnostikasi» va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MRT-diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RMIATMOvaBKvaBK bo‘yicha 24.12.2024 yildagi 7-son va Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan radiologik tashxis usuli COVID-19 bilan bog‘liq yuzning o‘rta qismidagi yallig‘lanish-nevrotik o‘zgarishlar, trombozlar va vaskulopatiyalarni aniqlash sifatini oshirishga yordam berdi. Bu muolaja taktikasida aniq qaror qabul qilish imkonini yaratib, kasallikning kuchayish xavfini kamaytirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida diagnostikasi va davolanish uchun sarflanadigan 17000000 so‘m byudjet mablag‘lari kompyuter va magnit-rezonans tomografiyasidan foydalanish yuzning o‘rta qismi to‘qimalaridagi o‘zgarishlar bilan kasallik og‘irligi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishini aniqlash orqali asoratlarni erta aniqlash va bemorlarning statsionarda qolish muddatini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasidan keyin yuzning o‘rta qismida yuzaga kelgan qon tomir asoratlarini baholashda KT-angiografiya va MRT-angiografiyaning yuqori tashxisiy samaradorligi ilmiy asosda isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04-r/111-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MSKT-diagnostikasi» va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MRT-diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RMIATMOvaBKvaBK bo‘yicha 24.12.2024 yildagi 7-son va Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: angiografik usullar orqali trombozlar, angioinvaziv o‘zgarishlar va yallig‘lanish o‘choqlaridagi vaskulyarizatsiya darajasini o‘z vaqtida aniqlashga erishildi, bu esa og‘ir holatlarning kamayishi va bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 725000 so‘m byudjet va 330000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari qon tomir shikastlanishlarini aniqlashda KT va MRT angiografiya usullarini qo‘llash orqali invaziv muolajalarini kamaytirish, qon tomir asoratlarini oldini olish va uzoq muddatli kuzatuvni qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ortidan yuzaga kelgan asoratlar mavjud bemorlarda KT va MR angiografiyasida qo‘llaniladigan kontrast moddalariga bog‘liq xavf va noxush ta’sirlar ilk bor o‘rganildi. bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04-r/111-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MSKT-diagnostikasi» va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MRT-diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RMIATMOvaBKvaBK bo‘yicha 24.12.2024 yildagi 7-son va Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kontrast moddalari bilan bog‘liq xavflar kamayib, kontrast-induksiya qilgan nefropatiya holatlari oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida diagnostikasi va davolanishi uchun sarflanadigan 330000 so‘m byudjet mablag‘lari kontrast qo‘llashni nazorat qilish orqali xavflarni kamaytirish va asoratlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 va zamburug‘li infeksiyadan keyin yuzning o‘rta qismida yuzaga keladigan asoratlarni farqlash bo‘yicha differensial tashxis algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04-r/111-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MSKT-diagnostikasi» va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MRT-diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RMIATMOvaBKvaBK bo‘yicha 24.12.2024 yildagi 7-son va Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bakterial va zamburug‘li asoratlarni aniq farqlash orqali noto‘g‘ri dori tayinlash holatlari kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida diagnostikasi va davolanishi uchun sarflanadigan 185000 so‘m byudjet mablag‘lari taklif etilgan algoritmdan foydalanish orqali samarasiz davolash sxemalarining kamayishi natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: oltinchi ilmiy yangilik: ettinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasidan keyin yuzning o‘rta qismida yuzaga keladigan asoratlarni aniqlashga qaratilgan radiologik tashxis algoritmi ilk bor ishlab chiqildi va uning samaradorligi isbotlanligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 fevralda 04-r/111-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MSKT-diagnostikasi» va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzning o‘rta qismi asoratlarini MRT-diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RMIATMOvaBKvaBK bo‘yicha 24.12.2024 yildagi 7-son va Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/91-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlarni erta aniqlash va samarali davolash orqali bemorlar hayotining sifati oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida diagnostikasi va davolanishi uchun sarflanadigan 53190000 so‘m byudjet va 17830000 byudjetdan tashqari mablag‘lari 64 nafar bemor ma’lumotlari tahlili asosida taklif etilgan algoritmdan foydalanish natijasida iqtisod qilinadi.