Rizamatova Manzuraxon Abdulajonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ekspluatatsion xususiyatlarini takomillashtirish asosida dala maxsus kiyimini loyixalashga yondashuvni ishlab chiqish va tadqiq qilish”. 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4712
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salih Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabulovna, texnika fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Lobar Nurullaevna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstremal sharoitda faoliyat yurituvchi arxeologiya va geologiya sohasi ishchilari uchun qulay va komfort holatni, kiyim osti mo‘tadil iqlim sharoitini ta’minlovchi dala kiyimini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan yondashuvni ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus dala kiyimlarini buyum bo‘laklarida havo almashinuvini intensiv amalga oshiruvchi, konfuzor tipidagi perforatsiya qilingan trubkaning maxsus plankalari orqali integratsiya mexanizmi ishlab chiqilgan;
maxsus dala kiyimini chok mustahkamligi hamda chokning uzilishdagi nisbiy uzayishi bo‘yicha regression model hamda tikuvchilik ipining yo‘g‘onligi va chokning qadamiga bog‘liqlik sirt grafiklari olingan;
ilk bora maxsus dala kiyimini ostidagi havo so‘rish mexanizmining joylashuvi, o‘lchami va maxsus kiyimda qo‘llanilgan paket qalinligiga beriladigan to‘kislik qo‘shimchasi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
dala kiyimlarini elspluatatsiya jarayonida qulaylik va komfort sharoit yaratuvchi mexanizmlarini kiyim bo‘laklarida plankani integratsiyalash usuli tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspluatatsion xususiyatlarini takomillashtirish asosida dala kiyimini loyihalashga yondashuvni ishlab chiqish va tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arxeologiya va geologiya mutaxassis xodimlari uchun maxsus dala kiyim komponentlarini shakllantirishning ishlab chiqilgan yangi usuli ishlab chiqarish sharoitida sinovdan o‘tkazilgan hamda Namangan shahridagi “IDEAL TEKSTIL-ORZU” MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 27-martdagi №03/25-641 son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus kiyimga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish va himoyaviy qo‘shimcha matoni qo‘llash asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 16% ga oshgan.
Ekspluatatsion xossalarni takomillashtirish asosida maxsus dala kiyimini loyihalashga yondashuvini ishlab chiqarish va tadqiq qilish asosida yangi turdagi maxsus dala kiyimiga ishlov berishning takomillashtirilgan texnologiyasini Namangan shahridagi «Home Tekstil NT» MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 27-martdagi №03/25-641 son ma’lumotnomasi). Natijada, havo trubkasi va plankasi hisobga olinib, kiyim qalinlik paketi hisobiga model konstruksiyasi modifikatsiyalangan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta ishchi uchun 213 000 so‘mni tashkil etgan.