Qo‘chqorboeva Chinara Turgunboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Shangdan himoyalovchi maxsus kiyimlarni loyihalashga yondashuvni ishlab chiqish va tadqiqoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5200
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Baxriddinova Dilrabo Amanbaevna, texnika fanlari doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korxonaning o‘ziga xos ish sharoitlarini hisobga olgan holda yuqori ergonomik, himoya va gigienik xususiyatlarga ega bo‘lgan qurilish sanoati ishchilari uchun chang o‘tkazmaydigan maxsus kiyimlarni loyihalashga yondashuvini ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qurilish obektlaridagi ishlovchi quruvchilarning maxsus kiyimlarini mahalliy modifikatsiyadan foydalanish orqali changdan himoyalash xususiyatlarini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik materiallari komponentlari va kiyim detallari paketlarining ishchi muhit bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari aniqlangan va shu asosda qurilish sohasi xodimlari uchun maxsus kiyimlarning eskirish va chang o‘tkazuvchanlik topografiyasi ishlab chiqilgan;
havo o‘tkazuvchanlik va namlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qimalarning tolali tarkibiga bog‘liqligi aniqlangan hamda vakuumni qo‘llash orqali sanoat changi ta’sirida to‘qimachilik materiallarining geometrik va fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
qurilish sohasi sharoitida yuqori chang ajralib chiqadigan kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi qurilish sohasi xodimlari uchun maxsus kiyimga qo‘yiladigan talablar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kiyim qismlari (detallari)ning ishonchliligini oshirish va changdan yuqori darajada himoyalanishini ta’minlash uchun quruvchilar uchun maxsus kiyim komponentlarini shakllantirish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim komponentlarini shakllantirishning ishlab chiqilgan yangi usuli «Namangan paxta teks» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 25 apreldagi №03/25-861 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligini 12 foizga oshishi erishilgan.
qurilish sohasi sharoitida yuqori chang ajralib chiqadigan kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi qurilish sohasi xodimlari uchun maxsus kiyim «Golden ring» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 25 apreldagi №03/25-861 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sharoitida ishlanmalarni aprobatsiyadan o‘tkazish va qurilish sohasida ishchilar uchun yuqori ekspluatatsion ishonchliligi va yuqori changdan himoya qiluvchi xossalarga ega bo‘lgan maxsus kiyimlarni joriy etish orqali 201 240 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.