Fazliddinov Shohruh Shamsiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonining iqtisodiy-statistik tadqiqoti », 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2944.
Ilmiy rahbar: Norov Asror Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Anorboeva Baxtijamol Daniyar qizi, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT), iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash jarayonini statistik baholash orqali ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ilmiy darajali kadrlar tayyorlash faoliyatini statistik tahlil qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ilmiy salohiyatni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan kadrlar tayyorlash jarayonlarini miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash va tahlil qilish jarayonini ta’lim va ilmiy muassasalardagi doktorlik darajasiga ega mutaxassislar soni, ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti, o‘qish muddati, samaradorlik darajasi hamda mehnat bozoridagi talabni inobatga olgan holda kadrlar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning faoliyatini universal uslubiy algoritm asosida modellashtirish darajalari mazmunini ifodalovchi “mahsulot” (KMah= 10%), “texnologik” (KT = 16,6%), “ishlab chiqarish” (KI = 16,6%), “boshqaruv”
(KB = 46,6%), “moliyaviy” (KMol = 10%) ko‘rsatkichlarning solishtirma vaznini belgilash orqali maqbul tuzilmasi asoslangan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash hisobiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi kesimida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlanish istiqbollarini baholash asosida 2030-yilga qadar yangi ustuvor ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning prognoz indikatorlari aniqlangan;
O‘zbekistonda doktoranturaga ajratiladigan kvotalar sonini 2021-yilga nisbatan har yili 50 foizga oshirib borish vazifasidan kelib chiqqan holda tuzilgan ekonometrik modellar asosida davlat byudjetidan doktoranturaga ajratiladigan kvotalarning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda iqtisodiy –statistik tahlilini kengaytirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosidagi quyidagi ilmiy takliflar amaliyotga joriy qilingan. Xususan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ilmiy darajali kadrlar tayyorlash faoliyatini statistik tahlil qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ilmiy salohiyatni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan kadrlar tayyorlash jarayonlarini miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash va tahlil qilish jarayonini ta’lim va ilmiy muassasalardagi doktorlik darajasiga ega mutaxassislar soni, ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti, o‘qish muddati, samaradorlik darajasi hamda mehnat bozoridagi talabni inobatga olgan holda kadrlar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash nuqtayi nazaridan takomillashtirish yoʻnalishlari bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 02/02-1365-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 26-dekabrdagi 01-01/4782-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mamlakatimizda ilmiy kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ko‘p omilli statistik tahlil qilish va baholash imkoniyatlarini oshirgan;
oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning faoliyatini universal uslubiy algoritm asosida modellashtirish darajalari mazmunini ifodalovchi “mahsulot” (KMah= 10%), “texnologik” (KT = 16,6%), “ishlab chiqarish” (KI = 16,6%), “boshqaruv”
(KB = 46,6%), “moliyaviy” (KMol = 10%) ko‘rsatkichlarning solishtirma vaznini belgilash orqali maqbul tuzilmasini asoslash bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 02/02-1365-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 26-dekabrdagi 01-01/4782-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yordamida kadrlar tayyorlash jarayonlarini optimallashtirish, ta’lim sifati va resurslardan foydalanish samaradorligi oshirilgan.
ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash hisobiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi kesimida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlanish istiqbollarini baholash asosida 2030-yilga qadar yangi ustuvor ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning prognoz indikatorlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 02/02-1365-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 26-dekabrdagi 01-01/4782-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur hujjatlar, maxsus kuzatuv birliklari, statistik kuzatish turlari, shuningdek, statistik sintez va ma’lumotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanish ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash jarayonining samaradorligini baholash imkonini bergan. Bunday tadqiqotlar natijalaridan kadrlar tayyorlash jarayonlaridagi kamchiliklarni aniqlash va ilmiy darajaga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonda doktoranturaga ajratiladigan kvotalar sonini 2021-yilga nisbatan har yili 50 foizga oshirib borish vazifasidan kelib chiqqan holda tuzilgan ekonometrik modellar asosida davlat byudjetidan doktoranturaga ajratiladigan kvotalarning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 02/02-1365-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 26-dekabrdagi 01-01/4782-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish ilmiy kadrlarni rivojlanish darajasiga ta’sir qiluvchi turli jihatlarni, masalan, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar va boshqalarni hisobga olish imkoni yaratilgan.