Xalimjanov Dilshod Ergashbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erkin iqtisodiy zonalar ta’sirini oshirishning nazariy asoslari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt1970. 
Ilmiy rahbar: Zikriyaev Zokirjon Mamirovich, Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Bobonazarova Jamila Xolmurodovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Suyun Artikovich, O‘zbekiston jahon tillari universiteti iqtisodiyot fanlari doktori, professor, moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarning o‘rnini kengaytirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish” tushunchasining mazmuni mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish va samaradorligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka va boshqaruvning erkin rejimini ta’minlashning uzviy omili jihatidan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb qilish asosida erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishning umumiy tamoyillari mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy-tashkiliy tadbirlar, zamonaviy infratuzilma hamda ta’lim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘zaro muvofiqlashtirish jihatidan takomillashtirilgan;
Sirdaryo viloyatida erkin iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilish (I=0,25-0,32), texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirish (TI=0,15-0,2), eksport salohiyatini kuchaytirish (E=0,21-0,26) va yangi ish o‘rinlari yaratish (IO=0,13-0,18) orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish asoslangan O‘zbekiston hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarning o‘rnini kengaytirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish” tushunchasining mazmunini mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish va samaradorligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka va boshqaruvning erkin rejimini ta’minlashning uzviy omili jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Investisiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan Mazkur taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida talabalarda mamlakatda investision faollikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, hududdiy investisiya strategiyasi va undan samarali foydalanish jarayonlarini tartibga solish usullari tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb qilish asosida erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishning umumiy tamoyillarini mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy-tashkiliy tadbirlar, zamonaviy infratuzilma hamda ta’lim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘zaro muvofiqlashtirish jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Investisiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan Mazkur taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida talabalarda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etishning umumiy tamoyillarini mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy-tashkiliy tadbirlar, zamonaviy infratuzilma hamda ta’lim va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘zaro muvofiqlashtirish jihatidan takomillashtirish yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
Sirdaryo viloyatida erkin iqtisodiy zonalarga investisiyalarni jalb qilish (Iq0,25-0,32), texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirish (TIq0,15-0,2), eksport salohiyatini kuchaytirish (Eq0,21-0,26) va yangi ish o‘rinlari yaratish (IOq0,13-0,18) orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy investisiya muhiti jozibadorligini oshirish borasidagi vazifalarni takomillashtirish, mamlakatga investisiyalar jalb qilishni faollashtiruvchi chora-tadbirlarni belgilash imkoni yaratilgan;
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlashda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish