Tashanov Abduxoliq Daynovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda buzg‘unchi g‘oyalarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurash omillari”, 09.00.07 – “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fal202
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.12.2024.F.135.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Axmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda buzg‘unchi g‘oyalar va buzg‘unchilikning vujudga kelishi, namoyon bo‘lish shakllari, ijtimoiy oqibatlarini dialektik tahlil qilish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buzg‘unchi g‘oyalarning an’anaviy paradigmalarni rad etish, mavjud tartibni yo‘q qilish, umuminsoniy tushunchalarni parchalash, kontekstual tushunchalarga almashtirish xarakteri, ong va madaniyat muhitida uzlyuksiz jarayon sifatida tezis–antitezis–sintez modelida paradigmal va dinamik sintezi amalga oshirilib, bunga qarshi falsafiy yondashuv – ma’naviyat, ma’no va mas’uliyatni tiklaydigan ijobiy alternativ paradigma asoslab berilgan;
buzg‘unchi g‘oyalarning ontologik (haqiqatni nisbiy, sub’ektiv va o‘zgaruvchan), metafizik (ontologik boshqaruv vakuumi) ekzistensial (ijtimoiy solidarlikni zaiflashtirish) postmodernistik (reallikni yolg‘on ifodalash) ijtimoiy-falsafiy tabiatiga qarshi samarali falsafiy yondashuv – ma’naviy barqarorlik, milliy qadriyatlar va insoniy optimistik antropologiyaning o‘rni asoslab berilgan;
buzg‘unchi g‘oyalarning shaxs va jamiyat ma’naviy me’yorlari deviatsiyasi va degradatsiyasi sabablari (metafizik inkor, mas’uliyasizlik, axborot manipulyasiyasi, ta’limning moddiylashuvi, qadriyatlar parchalanishi, o‘zlikni yo‘qotish) va oqibatlari (shaxsiy va jamoaviy identifikatsiyaning yo‘qotilishi, madaniy inqiroz, ma’naviy-axloqiy qoidalar zaiflashuvi) asosida tashqi tizimlar bilan birga inson ongida sabab va oqibatlar zanjirini anglash va to‘xtatish tamoyili dalillangan;
buzg‘unchi g‘oyalarning inson dialektik tabiati, konstruktiv va destruktiv xususiyatlari, ehtiyojlar va potensiallar aloqadorligida in’kos etishi, ularning jamiyatdagi eski, stagnatsiyalangan tizimlarni, tarixga munosabatni o‘zgartish, innovatsiyalarga doir niqoblangan maqsadlari (o‘tmishni o‘chirish, hozirni izdan chiqarish va kelajakni formatlash, innovatsion ma’rifatsiz yangi qullik shakliga aylanishi) futurologik jihatdan ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va noan’anaviy buzg‘unchi g‘oyalarning nazariy va empirik tahlili asosida ularga qarshi kurashning anglash (tanqidiy fikr, yolg‘on va haqiqatni ajratish) qadriyat (ma’naviy tayanch, ma’nosizlikka qarshi ma’no) axborot (ong immuniteti, axborot qudratini anglash) ma’rifat (ta’lim va tarbiya, ziyo orqali yondashuv) mas’uliyat (institusional kurash, inson ongini uyg‘otish) mexanizmi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
buzg‘unchi g‘oyalarning an’anaviy paradigmalarni rad etish, mavjud tartibni yo‘q qilish, umuminsoniy tushunchalarni parchalash, kontekstual tushunchalarga almashtirish xarakteri, ong va madaniyat muhitida uzlyuksiz jarayon sifatida tezis – antitezis – sintez modelida paradigmal va dinamik sintezi amalga oshirilib, bunga qarshi falsafiy yondashuv – ma’naviyat, ma’no va mas’uliyatni tiklaydigan ijobiy alternativ paradigmalariga doir xulosalaridan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan “Bag‘rikenglikka-barchamiz mas’ulmiz” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demkratik partiyasi Markaziy kengashining 2024 yil 4 oktyabrdagi 02/02-54-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiyaning ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, milliy-ma’naviy tiklanish, vujudga kelayotgan g‘oyaviy ziddiyatlar muammolari mavzusidagi materiallar, kitoblarni tayyorlashda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan; 
buzg‘unchi g‘oyalarning ontologik (haqiqatni nisbiy, sub’ektiv va o‘zgaruvchan), metafizik (ontologik boshqaruv vakuumi) ekzistensial (ijtimoiy solidarlikni zaiflashtirish) postmodernistik (reallikni yolg‘on ifodalash) ijtimoiy-falsafiy tabiatiga qarshi samarali falsafiy yondashuv – ma’naviy barqarorlik, milliy qadriyatlar va insoniy optimistik antropologiyaning bog‘liqligiga oid ilmiy ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 24-15-21-5306-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoyalashga oid targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
buzg‘unchi g‘oyalarning shaxs va jamiyat ma’naviy me’yorlari deviatsiyasi va degradatsiyasi sabablari (metafizik inkor, mas’uliyasizlik, axborot manipulyasiyasi, ta’limning moddiylashuvi, qadriyatlar parchalanishi, o‘zlikni yo‘qotish) va oqibatlari (shaxsiy va jamoaviy identifikatsiyaning yo‘qotilishi, madaniy inqiroz, ma’naviy-axloqiy qoidalar zaiflashuvi) asosida tashqi tizimlar bilan birga inson ongida sabab va oqibatlar zanjirini anglash va to‘xtatish tamoyillariga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvtik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqtlar institutining 2024 yil 7 oktyabrdagi 394-sonli dalolatnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirishga hamda davra suhbatlarini samarali tashkil qilish va o‘tkazishga xizmat qilgan;  
buzg‘unchi g‘oyalarning inson dialektik tabiati, konstruktiv va destruktiv xususiyatlari, ehtiyojlar va potensiallar aloqadorligida in’kos etishi, ularning jamiyatdagi eski, stagnatsiyalangan tizimlarni, tarixga munosabatni o‘zgartish, innovatsiyalarga doir niqoblangan maqsadlari (o‘tmishni o‘chirish, hozirni izdan chiqarish va kelajakni formatlash, innovatsiya ma’rifatsiz yangi qullik shakliga aylanishi) futurologik jihatlariga oid ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 14-07-1207-sonli dalolatnomasi). Natijada, Qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhbatlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va noan’anaviy buzg‘unchi g‘oyalarning nazariy va empirik tahlili asosida ularga qarshi kurashning anglash (tanqidiy fikr, yolg‘on va haqiqatni ajratish) qadriyat (ma’naviy tayanch, ma’nosizlikka qarshi ma’no) axborot (ong immuniteti, axborot qudratini anglash) ma’rifat (ta’lim va tarbiya, ziyo orqali yondashuv) mas’uliyat (institusional kurash, inson ongini uyg‘otish) mexanizmiga doir xulosalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX s’ezdida tasdiqlangan saylov oldi Dasturidagi jahonda sodir bo‘layotgan murakkab jarayonlar sharoitida bizning bosh maqsadimiz – O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mamlakat mudofaa salohiyatini yuksaltirish, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlar, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikka muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish borasidagi vazifalarini bajarishda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Markaziy Kengashining 2024 yil 19 noyabrdagi 01-27/1573-sonli dalolatnomasi). Natijada, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlar, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikka muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish borasidagi targ‘ibot tadbirlarni natijadorligiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish