Seitniyazov Kamarbek Paraxatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat fuqarolik xizmatining huquqiy asoslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Reymova Zuxra Abatbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Muhitdinova Feruza Abdurashidovna yuridik fanlari doktori, professor; Malikova Gulchehra Rixsixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish hamda amalga oshirishning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organi tomonidan baholash natijalariga ko‘ra qo‘llangan rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tarkibiy tuzilma yoki inson resurslarini boshqarish tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “hrm.argos.uz” elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib borish zarurligi asoslantirib berilgan.
baholash natijalarini va tumanlar (shaharlar) hokimlarining o‘rinbosarlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi takliflarni hisobot davridan keyingi oyning 10- sanasigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga taqdim etish zarurligi asoslantirilgan.
tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan holda hokim tomonidan belgilash va o‘zgartirish zarurligi asoslantirilgan. 
tuman va shahar hokimlik apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo‘yilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi: 
davlat organlari tomonidan baholash natijalariga ko‘ra qo‘llangan rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tarkibiy tuzilma yoki inson resurslarini boshqarish tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “hrm.argos.uz” elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib borish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 
21-oktyabrda 3407-1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 28.09.2024-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1-2024-sonli buyrug‘ining 
6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2025-yil 13-yanvardagi NO29081362-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash natijalarini rasmiylashtirishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar baholash natijalari va tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tarkibiy tuzilmalari rahbarlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga taqdim qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 21-oktyabrda 3407-1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 28.09.2024-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1-2024-sonli buyrug‘ining 2-ilovasidagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati EMSKning maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash” sxemasining 5-bosqichini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2025-yil 13-yanvardagi NO29081362-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholash natijalari hamda ularni rag‘batlantirishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlarini hokim tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilash va o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonuni 20-moddasi birinchi qismi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 08-08/562-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmasi va shtatlarini belgilash hamda o‘zgartirish tartibiga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishga yordam beradi; 
tuman va shahar hokimlik apparatining namunaviy tuzilmasi hamda shtatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo‘yilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2024-yil 24-oktyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 399/LII-sonli Qonuni 20-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 
08-08/562-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuman va shahar hokimligi apparatining yagona tuzilmasi va shtatlarini belgilashni tartibga solishga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish