Avezova Eleonora Paraxatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Reymova Zuhra Abatbaevna yuridik fanlar doktori, professor; Rahimov Dilmurodjon G‘ulomjon og‘li yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: davlat fuqarolik xizmatchilarining ijtimoiy himoyasining ma’muriy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmatchisini rotatsiya tartibida boshqa lavozimga o‘tkazishda uning yashash va transport xarajatlarini qoplash zarurligi asoslab berildi;  
davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni xizmat uyi va xizmat transporti bilan ta’minlash yoki uy-joy va transport xarajatlari uchun pul kompensatsiyasini belgilovchi norma bilan to‘ldirish zarurati asoslandi;  
davlat fuqarolik xizmatchisiga xizmat yillari va maxsus mehnat sharoitlari uchun har yili qo‘shimcha mehnat ta’tili berish taklifi asoslab berildi;  
davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida vafot etgan taqdirda, uning boquviga qaram bo‘lgan oila a’zolariga teng ulushda to‘lanadigan bir martalik nafaqa miqdorini o‘rtacha yillik ish haqining kamida olti baravari miqdorida belgilash taklifi ilgari surildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi: 
davlat fuqarolik xizmatchisini rotatsiya tartibida boshqa lavozimga o‘tkazishda yashash va transport xarajatlarini qoplash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi Qonunning 53-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 21-iyundagi №04/2-10/1542-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi rotatsiya asosida lavozim o‘zgartirilganda davlat fuqarolik xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirishga xizmat qildi;  
xizmat uyi, xizmat transporti bilan ta’minlash yoki ularning xarajatlarini qoplash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi Qonunning 53-moddasi ikkinchi qismida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 21-iyundagi №04/2-10/1542-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif amalga oshirilishi davlat fuqarolik xizmatchilarini xizmat uyi va transport bilan ta’minlash darajasini sezilarli darajada oshirishga imkon yaratdi;  
davlat fuqarolik xizmatchisiga xizmat yillari va mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha yillik mehnat ta’tili berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi Qonunning 54-moddasi ikkinchi qismida inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 21-iyundagi №04/2-10/1542-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun muhim ijtimoiy himoya choralaridan biri sifatida qo‘shimcha yillik mehnat ta’tili huquqini qonun darajasida mustahkamlash imkonini berdi;  
davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifalarini bajarish jarayonida vafot etgan taqdirda, uning boqimandalariga kamida o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdorida bir martalik to‘lov berish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022-yil 8-avgustdagi Qonunning 56-moddasi ikkinchi qismida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 21-iyundagi №04/2-10/1542-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat fuqarolik xizmatchilari vafot etgan taqdirda ularning oilasi uchun qo‘shimcha ijtimoiy himoya choralarini yaratishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish