Arziqulov Elboy Azim o‘g‘lining 
falsafa falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda iste’mol madaniyatini shakllantirishda ma’naviy tarbiyaning o‘rni” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1093 
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Djalolitdinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.     
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar:    Norqulov Suxrob Dustmurodovich – falsafa fanlari doktori, professor, Shermanov Eldor Uralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
yoshlarda iste’mol madaniyatini shakllantirishda ma’naviy tarbiyaning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’mol madaniyati rivoji agrar, industrial va postindustrial bosqichlarga ajratilgan holda ochib berilgan hamda uning etnogenetik jihatlari, turmush tarzi bilan dialektik aloqadorligi, ijtimoiy muhit ta’siridagi transformatsiyasi ilmiy asoslangan;
iste’mol madaniyati va qadriyatlarining shakllanishi tarixiy ekanligi, ommaviy iste’mol va unga mos iste’mol madaniyati jadal rivojlanayotgan sanoatlashgan jamiyatda paydo bo‘lganligi, iste’molchilik mafkurasi va qadriyatlari asosan postindustrial jamiyatda yorqinroq namoyon bo‘la boshlaganligi ilmiy asoslangan;
ijtimoiy-axloqiy ong, etnopedagogik tendensiyalar, ma’naviy tarbiya, jamiyatdagi ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy islohotlarning yoshlar iste’mol madaniyatiga ijobiy ta’siri asoslangan hamda iste’mol madaniyatida kuzatilayotgan differensiatsiya jarayonlari ochib berilgan;  
iste’mol madaniyatining ma’naviy negizlari vorisiylik, aksiologik va akmeologik yondashuv asosida ochib berilgan hamda uning axborotlashuv  jarayonlaridagi roli, sotsiodinamik, ommaboplik, globallashuv xususiyatlari, ijodiy industriyaga ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston yoshlarida iste’mol madaniyatini shakllantirishning ma’naviy-axloqiy xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
“iste’mol madaniyati” tushunchasining falsafiy mohiyati, etnogenetik jihatlari, ma’naviy negizlari asoslangan hamda vorisiylik, aksiologik yondashuv asosida akmeologik jihatlari ochib berilgan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023 yil 19 apreldagi 02-22-589-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarni iste’mol madaniyatiga oid bilimlari boyishiga xizmat qilgan; 
iste’mol madaniyatining turmush tarzi bilan dialektik aloqadorligi,  ijtimoiy muhit ta’siridagi transformasiyasi, sotsiodinamik va funksional xususiyatlari va sotsiokreativ avlodni shakllantirishdagi o‘rniga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023-yil mart oyida OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Moliyaviy savodxon – yosh iste’molchi” nomli onlayn olimpiadada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023 yil 27 noyabrdagi 10/28-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari hamda xulosalari onlayn olimpiadani yuqori saviyada o‘tishiga imkon yaratgan;
yoshlarda iste’mol madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy-axloqiy ongning, etnopedagogik tendensiyalarning roli hamda uning milliy taraqqiyotga ta’siriga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan, agentlik tomonidan 2023 yil sentyabr-noyabr oyida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 4-13-21-3762-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari mazkur tadbirlarni yangi ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyishi hamda samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;  
iste’mol madaniyatida kuzatilayotgan differensiatsiya jarayonlari hamda ma’naviy tarbiyaning, jamiyatdagi ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy islohotlarning yoshlar iste’mol madaniyatiga ijobiy ta’siriga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida, jumladan, “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida yoshlar bilan olib borilgan targ‘ibot tadbirlarida hamda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlolning iqtidorli yoshlari: shaxsiy faollik va samarali natija” mavzusidagi tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining 2023-yil 18-dekabrdagi 01-04 /389-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mamlakatimiz yoshlarini iste’mol madaniyati borasidagi yangi bilimlar bilan tanishishlariga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish