Abdilhamidov Abbos Abilatiboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasining ma’naviy omillari” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal928
Ilmiy rahbar: Berdiqulov Sirojjon Nasipkulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy - ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Kaxarova Munira Maxamadjanovna, siyosiy fanlar doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining ma’naviy omillarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
huquqbuzarlikka qarshi kurashning jahon tajribasi hamda uning yoshlar tarbiyasidagi pragmatik xususiyatlari falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyasi prizmasi vositasida asoslangan;
oila omili (ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi, yoshlarning huquqiy dunyoqarashi, pedagogik-psixologik maslahatlar, oila a’zolarining huquqiy ta’lim-tarbiyaga yo‘naltiruvchi funksiyasi) yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishning fundamental asosi ekanligi, oila+uzlyuksiz ta’lim+ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalar triadasini ijtimoiy institutlar faoliyatiga qo‘llashning fenomenologik hamda germenevtik jihatlari dalillangan;
huquqni muhofaza qilish organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikka qarshi kurashining yangi yo‘nalishlari aniqlanib, huquqbuzarlik profilaktikasining axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, empatiya va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish, shaxsning ma’naviy madaniyatini takomillashtirish kabi samarali mexanizmlari mohiyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
yoshlar orasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari hamkorligida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini kuchaytirish bilan “ijtimoiy monitoring va tahlil”, “huquqiy bilimlarni kengaytirish va huquqiy xabardorlikni oshirish” kabi muayyan strategik yondashuvlarni qo‘llash o‘zaro aloqadorlikda ekanligi dialektik nuqtai nazardan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasining ma’naviy omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
huquqbuzarlikka qarshi kurashning jahon tajribasi hamda uning yoshlar tarbiyasidagi pragmatik xususiyatlari falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyasi prizmasi vositasida asoslanganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V-yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 24-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-oktyabrdagi 389-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi jahon tajribasini hamda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasining ma’naviy omillarini tadqiq etishga xizmat qilgan;
oila omili (ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi, yoshlarning huquqiy dunyoqarashi, pedagogik-psixologik maslahatlar, oila a’zolarining huquqiy ta’lim-tarbiyaga yo‘naltiruvchi funksiyasi) yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishning fundamental asosi ekanligi tahlil etilib, oila+uzlyuksiz ta’lim+ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalar triadasini ijtimoiy institutlar faoliyatiga qo‘llashning fenomenologik hamda germenevtik jihatlari bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2023-2024-yillarda “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ilmsiz taraqqiyot, ma’rifatsiz kamolot yo‘q” kabi mavzularda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi 06-07/523-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni tashkil etishga va amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
huquqni muhofaza qilish organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikka qarshi kurashining yangi yo‘nalishlari aniqlanib, huquqbuzarlik profilaktikasining samarali mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan. Dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturining “II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” sohasidagi “Ichki ishlar organlarini ularning faoliyati, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash va faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; aholi bilan tizimli manzilli muloqot o‘rnatish” yo‘nalishlarida keltirilgan vazifalariga mos keladi. (O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan 2024-yil 24-sentyabrdagi 01-27/476-son dalolatnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv - uslubiy hamda targ‘ibot ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar orasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari hamkorligida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini kuchaytirish bilan “ijtimoiy monitoring va tahlil”, “huquqiy bilimlarni kengaytirish va huquqiy xabardorlikni oshirish” kabi muayyan strategik yondashuvlarni qo‘llash o‘zaro aloqadorlikda ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 4-13-21-5280-son dalolatnomasi). Natija, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni keskin kamaytirish va oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish