Ahmedov Azizxon Muhsinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorligining samarali tashkil etish asoslari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1473
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Akbar O‘tamurodov - falsafa fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor. Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yordamida davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik tizimining samaradorligini oshirish yo‘llarini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda ularni O‘zbekiston sharoitida joriy etishning ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorlik samaradorligini oshirishda - ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik aloqalarini olib borish, qonunlar ijrosi doirasidagi ishlarni jamoatchilikka tizimli hamda mufassal etkazish va fuqarolarning hayotiy pozisiyasini shakllantirishda jamoatchilik nazorati subektlari faoliyatini yanada takomillashtirish zarurati isbotlangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning samaradorligini ta’minlashda ijtimoiy ishonch, jamoaviy tashabbuslarga moyillik, ijtimoiy mas’uliyat hamda ko‘ngillilik kabi mezonlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan.
ijtimoiy davlat qurish sharoitida davlat va jamiyatning o‘zaro ijtimoiy rivojlanish muvozanatini ta’minlashda ijro hokimiyatining jamoatchilik oldida hisobdorligi, optimal va tezkor qarorlar qabul qilishda kraudsorsing maydonlaridan foydalanish zarurati ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida raqamli texnologiyalar, ochiq boshqaruv tamoyillari hamda “good governance” prinsiplari asosida innovatsion ijtimoiy sheriklik mexanizmini shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorligining samarali tashkil etishning zamonaviy uslublarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorlik samaradorligini oshirishda - ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik aloqalarini olib borish, qonunlar ijrosi doirasidagi ishlarni jamoatchilikka tizimli hamda mufassal etkazish va fuqarolarning hayotiy pozisiyasini shakllantirishda jamoatchilik nazorati subektlari faoliyatini yanada takomillashtirish zaruratiga oid ilmiy xulosalardan Nuroniy jamg‘armasi Respublika kengashi faoliyatida foydalanilgan (Nuroniy jamg‘armasi Respublika kengashining 2025-yil 25-martdagi №08-03/170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari PQ-167-son hamda PQ-92-son Prezident qarori ijrosini ta’minlashda foydalanildi;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning samaradorligini ta’minlashda ijtimoiy ishonch, jamoaviy tashabbuslarga moyillik, ijtimoiy mas’uliyat hamda ko‘ngillilik kabi mezonlarning muhim ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 26-maydagi № 05-01-21-2844-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimiz yoshlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari to’g‘risidagi bilimlarni kengayishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy davlat qurish sharoitida davlat va jamiyatning o‘zaro ijtimoiy rivojlanish muvozanatini ta’minlashda ijro hokimiyatining jamoatchilik oldida hisobdorligi, optimal va tezkor qarorlar qabul qilishda kraudsorsing maydonlaridan foydalanish zaruratiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025-yil 18-martdagi № 5-121-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2024-yilda o‘tkazilgan saylovlarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylov oldi dasturini tayyorlashda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida raqamli texnologiyalar, ochiq boshqaruv tamoyillari hamda “good governance” prinsiplari asosida innovatsion ijtimoiy sheriklik mexanizmini shakllantirishning nazariy asoslarini ochib berilganiga oid xulosalardan Nuroniy jamg‘armasi Respublika kengashi tomonidan foydalanilgan (Nuroniy jamg‘armasi Respublika kengashining 2025-yil 25-martdagi №08-03/170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari PQ-167-son hamda PQ-92-son Prezident qarori ijrosini ta’minlashda foydalanildi.