Rajabboeva Feruza Rajabboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mediadiskursning semantik tipologiyasi va stilistik talqini (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4463.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tleumuratov Genjemurod, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida mediamatnlarning diskursiv tahlili orqali semantik tipologiyasi, stilistik talqini va milliy lingvomodellarining xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mediadiskur zamon, xronologik, tarixiy, psixologik, virtual evklid makon, mantiq, vaziyat, jarayon, ishtirokchilar roli bo‘yicha tiplarga ajratilgan va foydalanilayotgan ommaviy axborot vositalarini inobatga olgan holda mustaqil va tobe komponentlar semantik jihatdan isbotlangan;
ingliz va o‘zbek mediadiskursda voqealanuvchi til vositalari, diskurs belgilari va ko‘chimlari semantik-stilistik jihatdan chog‘ishtirma asosda tizimli tahlili ochib berildi;
tadqiqot ishida ingliz mediadiskursiga xos stilistik vosita “bathos” o‘zbek diskursida ham mavjudligi hamda kutilmagan vaziyatni aks ettiruvchi asosiy stilistik vosita ekanligi aniqlangan;
mediadiskursning tahlili ingliz va o‘zbek mediamatn va nutqida amal qilinadigan semantik va stilistik me’zonlar asosidagi o‘xshashlik va farqlilikni har bir tilning e’tirof etilgan (Espoused models), baholovchi (Evaluative models) va o‘zaro aloqa (Models-interaction) lingvomadaniy modellari tashkil qilishi isbotlangan va har bir modelning stilistik talqini ilmiy asosda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediadiskursning semantik tipologiyasi va stilistik talqinini o‘rganish jarayonida olingan natijalar asosida:
Mediadiskur zamon, xronologik, tarixiy, psixologik, virtual evklid makon, mantiq, vaziyat, jarayon, ishtirokchilar roli bo‘yicha tiplarga ajratilgan va foydalanilayotgan ommaviy axborot vositalarini inobatga olgan holda mustaqil va tobe komponentlar semantik qiyosi tizimli tahlili isbotlangan ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston telekanali” DMdagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston telekanali Davlat muassasasining 2024-yil, 14-oktyabrdagi № 04-36-1106-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika fan va texnologiyalar taraqqiyotining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni ro‘yobga chiqarish uchun amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni boyitilgan;
ingliz va o‘zbek mediadiskursda voqealanuvchi til vositalari, diskurs belgilari va ko‘chimlari semantik-stilistik jihatdan chog‘ishtirma asosda tizimli tahlili ochib berilgan ilmiy xulosalarga asoslangan materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil, 31-oktyabrdagi, №508/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari tiliga oid an’anaviy qarashlardagi ayrim masalalarga oydinlik kiritilgan;
tadqiqot ishida ingliz mediadiskursiga xos stilistik vosita “bathos” o‘zbek diskursida ham mavjudligi hamda kutilmagan vaziyatni aks ettiruvchi asosiy stilistik vosita ekanligi aniqlangan ilmiy xulosalarga asoslangan materiallardan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “Mediasavodxonlik va axborot madaniyatiga oid o‘zbekcha-inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati” nomli dastur yaratilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil, 20-apreldagi № DGU 42838-sonli guvohnomasi). Natijada medialingvistik tadqiqotlar uchun asos bo‘luvchi media atamalar lug‘ati yaratilib keng kitobxonlar jamoasiga taqdim qilingan;
mediadiskursning tahlili ingliz va o‘zbek mediamatn va nutqida amal qilinadigan semantik va stilistik me’zonlar asosidagi o‘xshashlik va farqlilikni har bir tilning e’tirof etilgan (Espoused models), baholovchi (Evaluative models) va o‘zaro aloqa (Models-interaction) lingvomadaniy modellari tashkil qilishi isbotlangan va har bir modelning stilistik talqini ilmiy asosda dalillangan natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora- tadbirlar dasturining X yoʻnalishida belgilangan “Yangi, zamonaviy ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” 50-bandi “Mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy- ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil, 21-noyabrdagi, №421-son ma’lumotnomasi) Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar media diskursning semantik tipologiyasini stilistik jihatdan talqin etishga xizmat qilgan.