Abdullaev Ibadulla Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1126.
Ilmiy rahbar: Yusubov Jaloliddin Kadamovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor; Ortiqov Muzaffar Abdurahmonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg‘unligi tamoyilini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Islomiy axloq” va “yoshlar axloqi” tushunchalari qadimiy falsafiy an’analarga (bag‘rikenglik, tinchlik, axloqiylik), islomiy qadriyatlardagi adolat, halollik, ota‑onani hurmat qilish kabi axloqiy me’yorlarga asoslangan holda, yoshlar ongida axloqiy tartib-qoidalarning shakllanish tendensiyalari falsafiy, tarixiy va diniy mezonlar asosida ochib berilgan;
yoshlar axloqini takomillashtirishda islom dinining ma’naviy-axloqiy (halollik, burchga sadoqat, va’daga vafo, iymon-e’tiqod) mezonlarining dialektik asoslari umumiy, maxsus va alohidalik qonuniyatlari orqali inson ma’naviyatining kamolotga intilishi, axloqiy tamoyillarning barcha jamiyat va davrlar uchun umumiy qadriyat sifatida namoyon bo‘lishi, hamda islomiy qadriyatlarning yoshlar ongida doimiy axloqiy talab sifatida shakllanishi kabi umuminsoniy mezonlarning barqarorligi dalillangan;
islom qadriyatlarida yoshlar axloqining ma’naviy (adolat, vijdoniylik, haqiqatparvarlik) mezonlari, ulardan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida oqilona foydalanishning (haqiqat va vijdon asosida qarorlar qabul qilish, axloqiy talablariga mos ravishda faoliyat yuritish) ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
yoshlar axloqini takomillashtirishning ta’sirli vositalaridan islomiy qadriyatlarning mazmunini o‘zgartirib, g‘arazli targ‘ibotlarda qo‘llashga harakat qilayotgan norasmiy diniy uyushmalar va birlashmalar faoliyatining salbiy oqibatlari ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg‘unligi tamoyilining ijtimoiy-falsafiy tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Islomiy axloq” va “yoshlar axloqi” tushunchalari qadimiy falsafiy an’analarga (bag‘rikenglik, tinchlik, axloqiylik), islomiy qadriyatlardagi adolat, halollik, ota‑onani hurmat qilish kabi axloqiy me’yorlarga asoslangan holda, yoshlar ongida axloqiy tartib-qoidalarning shakllanish tendensiyalari falsafiy, tarixiy va diniy mezonlarga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar? Ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi? Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavsusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-avgustdagi 356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg‘unligi tamoyilini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
yoshlar axloqini takomillashtirishda islom dinining ma’naviy-axloqiy (halollik, burchga sadoqat, va’daga vafo, iymon-e’tiqod) mezonlarining dialektik asoslari umumiy, maxsus va alohidalik qonuniyatlari orqali inson ma’naviyatining kamolotga intilishi, axloqiy tamoyillarning barcha jamiyat va davrlar uchun umumiy qadriyat sifatida namoyon bo‘lishi, hamda islomiy qadriyatlarning yoshlar ongida doimiy axloqiy talab sifatida shakllanishi kabi umuminsoniy mezonlarning barqarorligiga doir amaliy taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining targ‘ibot tadbirlarida, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 20-avgustdagi 2-13-21-4379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda xizmat qilgan;
islom qadriyatlarida yoshlar axloqining ma’naviy (adolat, vijdoniylik, haqiqatparvarlik) mezonlari, ulardan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida oqilona foydalanishning (haqiqat va vijdon asosida qarorlar qabul qilish, axloqiy talablariga mos ravishda faoliyat yuritish) ilmiy asoslariga oid ilmiy asoslangan tavsiya hamda xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturdagi “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” bo‘limida keltirilgan “Tarixiy, madaniy va ilmiy merosni asrab-avaylash, uni boyitish va yanada rivojlantirish” mavzusidagi tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 21-avgustdagi 01-27/416-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar Yangi O‘zbekistonning farovonlik, qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlar axloqini takomillashtirishga doir konstruktiv g‘oyalar, metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga  xizmat qilgan;
yoshlar axloqini takomillashtirishning ta’sirli vositalaridan islomiy qadriyatlarning mazmunini o‘zgartirib, g‘arazli targ‘ibotlarda qo‘llashga harakat qilayotgan norasmiy diniy uyushmalar va birlashmalar faoliyatining salbiy oqibatlariga oid taklif hamda tavѕiualardan O‘zbekiѕton “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturini amalga oshirishda foudalanilgan (O‘zbekiѕton “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-uil 4-sentyabrdagi 02/05-50-ѕonli ma’lumotnomaѕi). Natiјada, yoshlarni milliy tiklanish va yuksalish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, bolalarning ruhiy-ma’naviy dunyosi va axloqiy saviyasini o‘stirib borishga doir konstruktiv g‘oyalar, metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.  
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish