Tursunpo‘latov Akmaljon Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ichki ishlar xodimlarining tibbiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.2.PhD/Fal1336
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori, professor Abilov O‘rol Murodovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar xodimlarining tibbiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
salomatlikning zamonaviy falsafiy paradigmalari (biomas’uliyat, bioetik dunyoqarash, etikaviy optimizm) bilan o‘zaoro dialektik aloqadorlikda xodimning sodiqlik, burch, mas’uliyat kabi ijtimoiy qadriyatlariga ijobiy ta’siri ochib berilgan;
jamiyatda tibbiy madaniyat darajasini belgilovchi tibbiy madaniy konfiguratsiyaning asosiy komponentlarini (axloqiy-aksiologik, epistemologik, estetik, ijtimoiy-antropologik, texnologik) rivojlantirish ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlashida tolerant-madaniy boshqaruv va legitimlikka asoslangan kasbiy salohiyatini oshirishga olib kelishi asoslangan;
ichki ishlar organlari xodimlaridagi kasbiy deontologik komponentlar (ijtimoiy mas’uliyat, javobgarlik, burch), ijtimoiy munosabatlar doirasida tibbiy madaniyat stimullari (sog‘lom turmush tarzi, gigienik tartib) ta’sirida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi omil ekanligi qiyosiy ochib berilgan;
jamiyatda ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy tartib va kommunikativlik madaniyati, tibbiy deontologik etikaning rivojlanish darajasiga bog‘liq holda inson qadr-qimmati, sha’ni, vijdoni kabi ratsional ta’sir mexanizmlari xodimlarda ijtimoiy adolat va burch tamoyillarining uyg‘unligini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar xodimining tibbiy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha ilmiy asosda ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy madaniyatini yuksaltirish ulardagi ijtimoiy-madaniy qadriyatlar(sadoqatlilik, burch, mas’uliyat)ga bog‘liq ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” 49-bandi “Aholi, ayniqsa, yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 6-dekabrdagi 10/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy ijtimoiy paradigmalar (biomas’uliyat, bioetik dunyoqarash, etikaviy optimizm) ning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlashga hamda ichki ishlar xodimi tibbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda tibbiy madaniyat darajasini belgilovchi tibbiy madaniy konfiguratsiyaning asosiy komponentlari (axloqiy-aksiologik, epistemologik, estetik, ijtimoiy-antropologik, texnologik)ni rivojlantirish, zamonaviy o‘zbek jamiyatida diniylik va dunyoviy madaniyatdagi ma’naviy muvofiqlik, madaniy an’analarning aksiologik faoliyat bilan optimal uygʻunligini ta’minlashga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil mart va oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 5-noyabrdagi 04-36-1171-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar, xalq va ichki ishlar tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xodimlaridagi kasbiy deontologik komponentlar(ijtimoiy mas’uliyat, javobgarlik, burch), ijtimoiy munosabatlar doirasida tibbiy madaniyat stimullari (sog‘lom turmush tarzi, gigienik tartib) ta’sirida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” 49-bandi “Aholi, ayniqsa, yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarni kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 6-dekabrdagi 10/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar xodimi tibbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy tartib va kommunikativlik madaniyati, tibbiy deontologik etikaning rivojlanish darajasiga bog‘liq holda, inson qadr-qimmati, sha’ni, vijdoni kabi ratsional ta’sir mexanizmlari xodimlarda ijtimoiy adolat va burch tamoyillarining uyg‘unligini ta’minlashi bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil mart va oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 5-noyabrdagi 04-36-1171-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar, xalq va ichki ishlar tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalarni bajarishga xizmat qilgan.