Qurayazov Zaripbay Ramatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy bug‘doy va javdar donlaridan un ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4610.
Ilmiy rahbar: Baltabaev Ulug‘bek Narbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Murodbek Toshpulatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuzasiga quruq ishlov berish orqali mahalliy bug‘doy va javdar donlari aralashmasini navli un tortishga tayyorlashda texnologiyasini takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor quruq iqlimda etishtirilgan mahalliy bug‘doy va javdar donlari aralashmasidan un tortishda, fizik-kimyoviy, texnologik va mexanik-strukturaviy xossalari asoslangan;
tegirmonlarda mavjud amaldagi quruq ishlov berish texnologik rejimi va usullarida mahalliy bug‘doy va javdar donlari turkumlarining namligi past (7-9 %) ekanligi hisobiga olish zarurligi isbotlangan;
bug‘doy va javdar donlari aralashmalarini takomillashtirilgan oqlovchi uskuna bilan ishlov berish, sinuvchanlikni 0,05-0,12 % va kul miqdorini 0,03-0,06 % kamaytirishi isbotlangan;
bug‘doy va javdar donlari aralashmasining yuzasiga quruq ishlov berishda takomillashtirilgan oqlovchi uskuna qo‘llab un chiqish unumini 0,5-0,59 % ga, rang birligi 1-2 birlikka ortishi, kuldorligi 0,03-0,06% yaxshilanishi aniqlangan;
yuzasiga quruq ishlov berish orqali mahalliy bug‘doy va javdar donlari aralashmasini navli un tortishga tayyorlash texnologiyasi takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Don yuzasiga quruq ishlov berish orqali bug‘doy va javdar donlari aralashmasini navli un tortishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy bug‘doy va javdar donlari aralashmasini navli un tortishga tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyuushmasi»ning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 5 fevraldagi 05-13/02-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, un chiqish unumdorligini 0,5-0,6 % ga oshirish, unning rangini 2, kleykovinaning IDK shartli birlik ko‘rsatkichini 4-5 birliklarga hamda uning tushishi soni 37-41 sekundga yaxshilash imkonini beradi;
mahalliy bug‘doy va javdar donlari aralashmasini navli un tortishga tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyuushmasi»ning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 5 fevraldagi 05-13/02-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, non solishtirma hajmini 0,7 g/sm3 gacha, mag‘iz g‘ovakligining 5% gacha, non hajmini 70 sm³ gacha va non sifati organoleptik bahosining 4 ballgacha oshirish imkonini beradi.