Meliboev Mirazam Foziljon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliz mahsulotlarini kompleks qayta ishlash orqali chiqindisiz mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T706.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Yulchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Rafuqjon Amanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliz mahsulotlaridan qovoq va tarvuz xomashyolarini kompleks qayta ishlash va ikkilamchi mahsulotlaridan ratsional foydalanib, chiqindisiz texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba poliz mahsulotlaridan qovoq va tarvuz xomashyolarini kompleks chiqindisiz qayta ishlashda konvektiv va sublimatsion quritish usullari eng maqbuli ekanligi aniqlangan;
ilk bor qovoqni konvektiv va sublimatsion usullarda quritishdan oldin 5 %li askorbin kislotasi bilan ishlov berish orqali quritilgan mahsulot namunalari tarkibidagi vitamin va uglevodlarni regidratatsiya darajasi saqlanib qolishi isbotlangan;
ilk bor tarvuzni konvektiv va sublimatsion usullarda quritishdan oldin 4 %li limon kislotasi bilan ishlov berish orqali quritilgan mahsulot namunalari kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmaganligi vizual usulda aniqlangan;
qovoq va tarvuzni birlamchi va ikkilamchi xomashyolarini sublimatsion quritishga nisbatan dastlabki ishlov berish orqali konvektiv usulda quritilgan mahsulot namunalaridagi vitamin miqdori maksimal darajada saqlanib qolishi isbotlangan;
qovoq va tarvuz xomashyolarini kompleks chiqindisiz innovatsion qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarvuz va qovoqni innovatsion usulda quritish orqali organik kukun olishning regidratatsiya darajasi yuqori bo‘lgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
poliz mahsulotlaridan olingan ikkilamchi xomashyolarni qayta ishlash orqali olingan organik kukunlar omixta emlarning ozuqaviy qiymatini 1,2 barobargacha oshirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliz mahsulotlarini kompleks qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qovoqni kompleks qayta ishlash orqali chiqindisiz mahsulotlar olish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 6 yanvardagi 06-3/01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovoq mevasini quritish jarayon davomiyligini o‘rtacha 5-6 soatgacha qisqartirish imkonini beradi;
tarvuzni kompleks qayta ishlash orqali chiqindisiz mahsulotlar olish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 6 yanvardagi 06-3/01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarvuzni va undan olingan ikkilamchi xomashyoni quritish jarayoni davomiyligini o‘rtacha 6-7 soatgacha qisqartirish imkonini imkonini beradi;
tarvuz va qovoqni innovatsion usulda quritish orqali organik kukun olish texnologiyasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 6 yanvardagi 06-3/01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarvuz va qovoqni birlamchi va ikkilamchi xomashyolarini quritish orqali tabiiy sof ingredient olish imkonini imkonini beradi.