Lapasova Feruza Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oqsil tolalari va ular asosidagi matolarni bo‘yash uchun bo‘yovchi organomineral kompozisiyalarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5215.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01. 
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqsil tolalari va ular asosidagi matolarni bo‘yash uchun bo‘yovchi organomineral kompozisiyalarning samarali tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polivalent metallar tuzlari va organo-noorganik ingredientlar asosida bo‘yovchi kompozisiyalarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan; 
bo‘yovchi kompozisiya va tola o‘rtasida kovalent va koordinatsion kimyoviy bog‘larning shakllanishi hisobiga turli fizik-kimyoviy va mexanik ta’sirlarga chidamli bo‘yoqlar kompozisiyasining oqsil tolalari bilan bo‘yash mexanizmi asoslangan;
oqsil tolalari va ular asosidagi matolarni bo‘yash uchun yuqori fizik-kimyoviy, mexanik va texnologik xususiyatlariga ega bo‘lgan yangi bo‘yovchi kompozisiyalarning optimal tarkibi va ularni rang berish xususiyatlari aniqlangan;
bo‘yash samaradorligi va barqarorligini oshirish imkonini beruvchi oqsil tolalari asosidagi to‘qimachilik materiallarini bo‘yovchi kompozisiyalar bilan bo‘yash uchun yangi texnologiya va texnologik rejimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqsil tolalari va ular asosidagi matolarni bo‘yash uchun bo‘yovchi organomineral kompozisiyalarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosidagi bo‘yovchi kompozisiyalarni olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi «KOMPANIYA UNITEKS» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2024 yil 24 dekabrdagi 04/25-1653-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsil tolali matolarni bo‘yashda qo‘llaniladigan bo‘yovchi kompozisiyalarning samarali tarkiblarini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan bo‘yovchi kompozisiyalarning samarali tarkiblari «KOMPANIYA UNITEKS» MChJ korxonasida oqsil tolalari asosidagi to‘qimachilik matolarini bo‘yashda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZTO`QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2024 yil 24 dekabrdagi 04/25-1653-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsil tolalari asosidagi to‘qimachilik matolarini bo‘yash muddatini 2,5 baravar qisqartirish va ish resurslarni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish