Abduraxmonova Dinara Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7780.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Boboyorov Shuxrat Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.    Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasini funksional mazmunini kasbga moslashish jarayonlarini ilmiy, nazariy, pedagogik omillarga bosqichma-bosqich hamda yozma nutqning lingvistik xususiyatlarini innovatsion texnologiyalar va didaktik materiallarga integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga metodik tayyorgarlik modeli shaxsga yo‘naltirilgan, individual yondashuvlarni yozma nutqiy faoliyatga uyg‘un  transformatsiyalash muhitini yaratish va tizimli amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyillarini jarayonli-mazmuniy komponentlarga, ta’limiy vositalarga bog‘liqligini ta’minlash hamda metodik tayyorgarligini qayta aloqaga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mantiqiy, kreativ va tanqidiy fikrlashga doir interfaol topshiriqlarni diagnostik loyihalash hamda individuallash tizim jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.  
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini  samaradorligi kognitiv, jarayonli, natijaviy mezonlarini o‘zaro maqsadli rivojlantirishga yordam beruvchi diagnostik nazoratlar sifatini oshirishga qaratilgan baholash darajalariga muvofiqligini uyg‘unlashtirish hamda tilning kommunikativ va kreativ sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasini funksional mazmunini kasbga moslashish jarayonlarini ilmiy, nazariy, pedagogik omillarga bosqichma-bosqich hamda yozma nutqning lingvistik xususiyatlarini innovatsion texnologiyalar va didaktik materiallarga integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili–o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7600/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlangan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarlik modeli shaxsga yo‘naltirilgan, individual yondashuvlarni yozma nutqiy faoliyatga uyg‘un  transformatsiyalash muhitini yaratish va tizimli amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyillarini jarayonli-mazmuniy komponentlarga, ta’limiy vositalarga bog‘liqligini ta’minlash hamda metodik tayyorgarligini qayta aloqaga ustuvorlik berish  asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili–o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7600/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish model mazmuni intensivlashtirilgan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mantiqiy, kreativ va tanqidiy fikrlashga doir interfaol topshiriqlarni diagnostik loyihalash hamda individuallash tizim jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7600/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi mazmuni boyitilgan. 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini  samaradorligi kognitiv, jarayonli, natijaviy mezonlarini o‘zaro maqsadli rivojlantirishga yordam beruvchi diagnostik nazoratlar sifatini oshirishga qaratilgan baholash darajalariga muvofiqligini uyg‘unlashtirish hamda tilning kommunikativ va kreativ sifatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Husnixat o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7600/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish