Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizining 
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped420.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Yunusova Dilfuza Israilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik ijodni ko‘p o‘lchovli hodisa sifatida mazmunan tasniflash, innovatsion faoliyat jarayonidagi tadbiqiy jihatlarini prognozlash, shaxsning motivatsion ustanovkalaridagi o‘zgarish faktorlarini tahliliy o‘rganish, shaxsiy rivojlanishni asosiy pedagogik qadriyatlarga proporsional amalga oshirish hamda muammoli vaziyatlar yaratish hisobiga bilish faolligi darajasini oshirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish jarayoni kognitiv faollikni oshirish, pedagogik novatorlikni individual sifatlarda aks ettirish, o‘zini-o‘zi faollashtirish barqarorligini izchil ta’minlash bosqichlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda didaktik tuzilma mazmunini intensivlashtirish, ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorligini umummadaniy va kasbiy xususiyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari pedagogik jarayondagi real voqelikka munosabatning obektivligini tarkib toptirish hamda evristik texnologiyalarning pragmatikligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish hamda loyiha texnologiyasining shaxs rivojlanishidagi ta’sirchanlik darajasini qadriyatli munosabatlar tuzilmasiga adekvat yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini takomillashtirish modeli ijodkor shaxs sifatlarini qiyosiy aniqlashtirish, sinergetik va texnologik yondashuvlarga ko‘ra axborotni qayta ishlashga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhitni yaratish, ta’lim jarayonining funksiyalariga identiv pedagogik ta’sir omillarini adekvat aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi reproduktiv va ijodiy faoliyat nisbatini faktik aniqlashtirish, nostandart muammolarni hal qilishga yo‘naltirish, intellektual-kognitiv, faoliyatli-tanqidiy, ijodiy-amaliy mezonlarining komponentlarini o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish hamda intellektual va aqliy rivojlanish mazmuniga algoritmik kiritib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini pedagogik ijodni ko‘p o‘lchovli hodisa sifatida mazmunan tasniflash, innovatsion faoliyat jarayonidagi tadbiqiy jihatlarini prognozlash, shaxsning motivatsion ustanovkalaridagi o‘zgarish faktorlarini tahliliy o‘rganish, shaxsiy rivojlanishni asosiy pedagogik qadriyatlarga proporsional amalga oshirish hamda muammoli vaziyatlar yaratish hisobiga bilish faolligi darajasini oshirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish jarayonini kognitiv faollikni oshirish, pedagogik novatorlikni individual sifatlarda aks ettirish, o‘zini-o‘zi faollashtirish barqarorligini izchil ta’minlash bosqichlarini ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda didaktik tuzilma mazmunini intensivlashtirish, ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorligini umummadaniy va kasbiy xususiyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik mazmuni boyitilgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari pedagogik jarayondagi real voqelikka munosabatning obektivligini tarkib toptirish hamda evristik texnologiyalarning pragmatikligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish hamda loyiha texnologiyasining shaxs rivojlanishidagi ta’sirchanlik darajasini qadriyatli munosabatlar tuzilmasiga adekvat yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish pedagogik infratuzilmasi mazmuni intensivlashtirilgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini takomillashtirish modeli ijodkor shaxs sifatlarini qiyosiy aniqlashtirish, sinergetik va texnologik yondashuvlarga ko‘ra axborotni qayta ishlashga yo‘naltirilgan pedagogik mikromuhitni yaratish, ta’lim jarayonining funksiyalariga identiv pedagogik ta’sir omillarini adekvat aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini takomillashtirishning pedagogik istiqbollarini aniqlashga sharoit yaratilgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi reproduktiv va ijodiy faoliyat nisbatini faktik aniqlashtirish, nostandart muammolarni hal qilishga yo‘naltirish, intellektual-kognitiv, faoliyatli-tanqidiy, ijodiy-amaliy mezonlarining komponentlarini o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish hamda intellektual va aqliy rivojlanish mazmuniga algoritmik kiritib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7597/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar intellektual-ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini takomillashtirishning ta’sirchan mexanizmlarini amalga tatbiq etish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish