Xalimov Moxir Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped191.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston milliy  pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlar doktori, professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasini  takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.        
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tasvirning fazoviy obrazini vizual-grafik materiallar, aqliy, fazoviy konfiguratsiyani ifodalash hamda buyum ortogonal proeksiyalari, tasvirlarni almashtirish, texnik uzatmalarni loyihalashga yo‘naltirilgan hissiy sifatlar va o‘zini-o‘zi boshqarish salohiyatiga uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlangan;
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirish modeli ko‘p funksionalli innovatsion faoliyat turlariga ustuvorlik berish, shaxsiy va kasbiy sifatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, bilimlarni real mehnat faoliyatida qo‘llash hamda texnologik ta’limning umumiy mohiyatidan modulli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning tashkiliy va moslashuvchan shakllarini modulli ta’limga moslashuvchanligi takomillashtirilgan;    
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirishning metodikasi idrok, vizualizatsiya, mental, mufassal munosabatlar va orientatsiya metodlarini xayolan uch o‘lchamli fazoviy tasavvurini ta’lim mazmuniga moslashuvchanligini adekvat ta’minlash, chizmali topshiriqlar, chigal mantiqiy zanjir metodlarini qo‘llash, geometrik yasashlar hamda geometrik masalalarni konstruksiyalash va texnik fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
modulli-kompetentli yondashuv asosida ta’lim jarayonida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish samaradorligi ish beruvchining talablari, xalqaro standartlarga mosligi doirasida grafikaviy-konstruktorlik mahsulotini erkin, tezkor yarata olish qobiliyatini namoyon etishda faollik ko‘rsatish hamda pedagogik jarayonni rejalashtirishni amalga oshirishning ichki bir butun va tashqi yaxlit dinamikasini imkoniyatlaridan foydalansh asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tasvirning fazoviy obrazini vizual-grafik materiallar, aqliy, fazoviy konfiguratsiyani ifodalash hamda buyum ortogonal proeksiyalari, tasvirlarni almashtirish, texnik uzatmalarni loyihalashga yo‘naltirilgan hissiy sifatlar va o‘zini-o‘zi boshqarish salohiyatiga uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashga oid takliflar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 11-05-6308/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining mantiqiy fikrlashi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirish modeli ko‘p funksionalli innovatsion faoliyat turlariga ustuvorlik berish, shaxsiy va kasbiy sifatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, bilimlarni real mehnat faoliyatida qo‘llash hamda texnologik ta’limning umumiy mohiyatidan modulli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning tashkiliy va moslashuvchan shakllarini modulli ta’limga moslashuvchanligi takomi llashtirishga oid takliflar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 11-05-6308/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirishga erishilgan; 
modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirishning metodikasi idrok, vizualizatsiya, mental, mufassal munosabatlar va orientatsiya metodlarini xayolan uch o‘lchamli fazoviy tasavvurini ta’lim mazmuniga moslashuvchanligini adekvat ta’minlash, chizmali topshiriqlar, chigal mantiqiy zanjir metodlarini qo‘llash, geometrik yasashlar hamda geometrik masalalarni konstruksiyalash va texnik fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 11-05-6308/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
modulli-kompetentli yondashuv asosida ta’lim jarayonida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish samaradorligi ish beruvchining talablari, xalqaro standartlarga mosligi doirasida grafikaviy-konstruktorlik mahsulotini erkin, tezkor yarata olish qobiliyatini namoyon etishda faollik ko‘rsatish hamda pedagogik jarayonni rejalashtirishni amalga oshirishning ichki bir butun va tashqi yaxlit dinamikasini imkoniyatlaridan foydalansh asosida takomillashtirishga oid takliflar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 2-oktyabrdagi 11-05-6308/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining mantiqiy fikrlashi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish