Mexmonov Rustamxon Yusuf-ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4797.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kamolov Azamat Farxodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli texnologiyalarni joriy etishning masofaviy, gibrid, hamkorlik ta’lim shakllariga qo‘yiladigan maxsus, ergonomik talablarni o‘rganish hamda mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkurni shakllantirishga geymifikatsion usullarda yondashish shartlari va vazifalarni dasturiy ta’minot imkoniyatlariga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan:
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minot mazmuni web sayt dizayni, interfeysi va resurslardan tizimli foydalanishni amalga oshirish talablariga moslashtirish hamda izchillik va ko‘rgazmalilikka asoslangan intellektual ma’lumotlar, audio-video, o‘yinli, nazorat didaktik materiallarni sun’iy intellektga ko‘ra o‘zaro integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirish modeli innovatsion-intellektual ta’lim muhitida axborotli texnologik, integrativ va tizimli yondashuvlarni muammoga yo‘naltirilgan, intellektual modellashtirish, tadqiqot usullariga yo‘naltirish shart-sharoitlariga transformatsiyalash, dasturiy ta’minotni joriy etishning mazmunli-metodologik komponentlariga ustuvorlik berish hamda o‘zaro qayta aloqani ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasi mantiqiy o‘yinlar, intellektual xarita, infografik taqdimotlarning  interaktiv ta’sirini aniqlash hamda baholash mezonlari va tayanch kompetensiyalarga vertikal va gorizontal integratsiyasini singdirish va o‘zaro muvofiqlik samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli texnologiyalarni joriy etishning masofaviy, gibrid, hamkorlik ta’lim shakllariga qo‘yiladigan maxsus, ergonomik talablarni o‘rganish hamda mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkurni shakllantirishga geymifikatsion usullarda yondashish shartlari va vazifalarni dasturiy ta’minot imkoniyatlariga moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7599/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishning dasturiy ta’minot mazmuni web sayt dizayni, interfeysi va resurslardan tizimli foydalanishni amalga oshirish talablariga moslashtirish hamda izchillik va ko‘rgazmalilikka asoslangan intellektual ma’lumotlar, audio-video, o‘yinli, nazorat didaktik materiallarni sun’iy intellektga ko‘ra o‘zaro integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7599/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirish shart-sharoitlari yaratilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirish modeli innovatsion-intellektual ta’lim muhitida axborotli texnologik, integrativ va tizimli yondashuvlarni muammoga yo‘naltirilgan, intellektual modellashtirish, tadqiqot usullariga yo‘naltirish shart-sharoitlariga transformatsiyalash, dasturiy ta’minotni joriy etishning mazmunli-metodologik komponentlariga ustuvorlik berish hamda o‘zaro qayta aloqani ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7599/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va vositalaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasi mantiqiy o‘yinlar, intellektual xarita, infografik taqdimotlarning  interaktiv ta’sirini aniqlash hamda baholash mezonlari va tayanch kompetensiyalarga vertikal va gorizontal integratsiyasini singdirish va o‘zaro muvofiqlik samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7599/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish