Mamatkulova Lobar Tolibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aqli zaif o‘quvchilar nutqini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5229.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqli zaif o‘quvchilar nutqini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqining leksik-grammatik komponentlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual va differensial yondashuv va o‘z-o‘zini rivojlantirish orqali kommunikativ ravishda atrof-olamni anglash ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarining didaktik-differensial maqsadlarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish modeli umumdidaktik va maxsus tamoyillarga passiv nutqdan mustaqil nutqqacha qo‘llanishini ta’minlaydigan materiallar kompleksini, shuningdek, o‘quvchi nutqining buzilish darajasiga va aqliy imkoniyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini takomillashtirilgan hamda mualliflik innovatsion texnologiyalarini variativ moslashtirishga ko‘ra rivojlantirish metodikasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning samaradorligi nutqning psixolingvistik dinamikasini baholash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligi o‘quv jarayoni subektlarining faoliyati shaxslararo munosabatlar natijadorligi va davomiyligiga, uzoq muddatli barqarorlik hamda nutqning leksik-grammatik tomonini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aqli zaif o‘quvchilar nutqini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqining leksik-grammatik komponentlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual va differensial yondashuv va o‘z-o‘zini rivojlantirish orqali kommunikativ ravishda atrof-olamni anglash ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarining didaktik-differensial maqsadlarini hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-martdagi 11-05-1347/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqining leksik-grammatik komponentlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish modeli umumdidaktik va maxsus tamoyillarga passiv nutqdan mustaqil nutqqacha qo‘llanishini ta’minlaydigan materiallar kompleksini, shuningdek, o‘quvchi nutqining buzilish darajasiga va aqliy imkoniyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-martdagi 11-05-1347/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini takomillashtirilgan hamda mualliflik innovatsion texnologiyalarini variativ moslashtirishga ko‘ra rivojlantirish metodikasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning samaradorligi nutqning psixolingvistik dinamikasini baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-martdagi 11-05-1347/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, aqli zaif o‘quvchilar og‘zaki nutqining leksik-grammatik komponentini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish mazmuni va mexanizmini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligi o‘quv jarayoni subektlarining faoliyati shaxslararo munosabatlar natijadorligi va davomiyligiga, uzoq muddatli barqarorlik hamda nutqning leksik-grammatik tomonini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Maxsus va inklyuziv ta’limda assistiv texnologiyalar”nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-martdagi 11-05-1347/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligini aniqlash mezonlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.