Bobobekov Baxrom Kaxxarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2021
Ilmiy rahbar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Dustmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Agrar universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi tovar-moddiy zaxiralar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida tashkil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli 4-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) qoidalarini Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti “Zaxiralar” 2-son BHXSga uyg‘unlashtirish maqsadida “Qo‘llash doirasi” tushunchasida mazkur standartning byudjet tashkilotlari tomonidan qo‘llanilmasligi hamda moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tatbiq etilmasligini ifodalash orqali takomillashtirilgan;
don mahsulotlari korxonalarida zaxiralar hisobini yuritishda me’yordan ortiq bo‘lgan xarajatlarni hisobga olishda 9431 - “Me’yordan ortiq sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari” ishchi hisobvaraqni kiritish orqali me’yordan ortiq bo‘lgan xarajatlarning tahliliy hisobini takomillashtirish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash taklifi asoslangan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 23-sonli “Qarzlar bo‘yicha sarflar” nomli standart qoidalarini amaliyotga joriy etish hamda amaldagi schyotlar rejasini (21-son BHMS) uslubiy jihatdan takomillashtirishda 1200 – “Kvalifikatsiyalanadigan materiallarni hisobga olish” nomli ishchi schyotni kiritish orqali korxona holatiga qarab ixtiyoriy kvalifikatsiyalanishi mumkin bo‘lgan TMZ bo‘yicha sarflarni ushbu aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishini (tan olinishini) hisobga olish va nazorat qilish taklifi asoslangan;
“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha “Hisob siyosati” moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti “Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar” 8-son BHXS talablari orqali buxgalteriya hisobining tanlangan uslubi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amaldagi “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli 4-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) qoidalarini Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti “Zaxiralar” 2-son BHXSga uyg‘unlashtirish maqsadida “Qo‘llash doirasi” tushunchasida mazkur standartning byudjet tashkilotlari tomonidan qo‘llanilmasligi hamda moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tatbiq etilmasligini ifodalash orqali takomillashtirish taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida tovar-moddiy zaxiralar hisobini MHXS asosida tashkil qilishda foydalanilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 20-noyabrdagi 386-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida amaldagi “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli 4-sonli buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) qoidalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS)ga uyg‘unlashtirish imkoni yaratilgan;
don mahsulotlari korxonalarida zaxiralar hisobini yuritishda me’yordan ortiq bo‘lgan xarajatlarni hisobga olishda 9431 - “Me’yordan ortiq sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari” ishchi hisobvaraqni kiritish orqali me’yordan ortiq bo‘lgan xarajatlarning tahliliy hisobini takomillashtirish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida belgilangan maqsadda foydalanishga yoki sotishga tayyorlanadigan tovar-moddiy zaxiralarni aniqlashda foydalanilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 20-noyabrdagi 386-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida korxonada me’yordan ortiq bo‘lgan xarajatlarning tahliliy hisobini takomillashtirish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash imkoni yaratilgan:
moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 23-sonli “Qarzlar bo‘yicha sarflar” nomli standart qoidalarini amaliyotga joriy etish hamda amaldagi schyotlar rejasini (21-son BHMS) uslubiy jihatdan takomillashtirishda 1200 – “Kvalifikatsiyalanadigan materiallarni hisobga olish” nomli ishchi schyotni kiritish orqali korxona holatiga qarab ixtiyoriy kvalifikatsiyalanishi mumkin bo‘lgan TMZ bo‘yicha sarflarni ushbu aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishini (tan olinishini) hisobga olish va nazorat qilish taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida belgilangan maqsadda foydalanishga yoki sotishga tayyorlanadigan tovar-moddiy zaxiralarni aniqlashda foydalanilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 20-noyabrdagi 386-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida korxona holatiga qarab ixtiyoriy kvalifikatsiyalanishi mumkin bo‘lgan TMZ bo‘yicha sarflarni ushbu aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishini (tan olinishini) hisobga olish va nazorat qilish imkoni yaratilgan;
“Jizzaxdonmahsulotlari” AJning tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha “Hisob siyosati” moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti “Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar” 8-son BHXS talablari orqali buxgalteriya hisobining tanlangan uslubi asosida takomillashtirish taklifi “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tanlangan hisob siyosatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishda foydalanilgan (“Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 20-noyabrdagi 386-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Jizzaxdonmahsulotlari” AJda tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobini tanlangan uslublari va ularni yoritib berish orqali hisob siyosatini shakllantirish imkoni yaratilgan.