Axmedxodjaeva Umida Temurovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning II yarmida O‘zbekiston rangtasvirida janrlarning tarixiy o‘zgarishlar kesimida shakllanishi”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San168.
Ilmiy rahbar: Kultasheva Nigoraxon Daniyarovna, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01. 
Rasmiy opponentlar: Hakimov Akbar Abdullaevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Imamov Aziz Avazxanovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston rangtasvirida janrlarning tarixiy o‘zgarishlar kesimida shakllanish omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr boshlarida impressionizm, o‘zbek avangardi vakillarining uslubiy tajribalari, 1934-yilda rasmiy badiiy metod sifatida sotsialistik realizm ta’sirida tarixiy-inqilobiy, maishiy kartina, mehnat qahramonlari portreti, portret-tip kabi janrlar shakllangani, 1950-1960-yillarda “iliqlik” janrlarning obrazli-tematik boyishiga hizmat qilgani, rangtasvirning antropologik paradigmasi ta’sirida peyzajning industrial (sanoat), shahar, qishloq manzarasi, lirik (romantik), epik hamda ramziy-majoziy turlari rivojlangani, portret, manzara va maishiy janrlar sintezlashuvi natijasida binar janrlar shakllariga ega bo‘lgani dalillangan; 
portret janrida personifikatsiya 1950-1960 yillarda “qahramon shaxs” obrazida namoyon bo‘lgani, milliy o‘ziga hoslik masalalari xalq san’ati unsurlari orqali ifodalangani, 1970–1980-yillarda zamondosh-ziyolilar qiyofasi aktuallashgani, 1990-yillarda ramziy-majoziy talqindagi portretlarda aniq personifikatsiya kuzatilmagani, qahramonlarning e’tibori bevosita ikkilamchi elementlarga qaratilgani, ular badiiy obrazning to‘laqonli tarkibiy qismlari ekanligi dalillangan;
1970–1980-yillarda fovizm, ekspressionizm, kubizm va abstraksionizm kabi g‘arb modernizmi oqimlarini o’zlashtirish xususiyatlari janrlar taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgani, diaxron janrlar juftliklari ya’ni ijtimoiy-maishiy, shahar manzarasi aktuallashgani, san’atning konseptual asosi kuchayishi janrlarning shaxsiy va milliy identiklikni izlash vositasiga aylangani isbotlangan;
1990-yillardan milliy o‘zlikni anglash jarayoni dolzarblashuvi natijasida rangtasvirda afsonaviy motiv va diniy janrning majoziy talqini, tarixiy shaxslar portreti va tarixiy voqelik aks etgan syujetli kartinalar rivojlangani, tarixiy kartinaning ikki turi (hujjatli xarakterga ega va ramziy-majoziy talqin) shakllangani, janrlar ierarxiyasida maishiy janr keskin transformatsiyaga uchragani, ramziylik, majoz, falsafiy va lirik-poetik talqin keng tarqalgani asoslangan hamda golland maktab an’analariga tayangan zamonaviy gipperrealistik natyurmortlar yetakchilik qilgani aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston rangtasvirida janrlarning tarixiy o‘zgarishlar kesimida shakllanishi jarayonini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
portret janrida personifikatsiya 1950-1960 yillarda “qahramon shaxs” obrazida namoyon bo‘lgani, milliy o‘ziga hoslik masalalari xalq san’ati unsurlari orqali ifodalangani, 1970–1980-yillarda zamondosh-ziyolilar qiyofasi aktuallashgani, 1990-yillarda ramziy-majoziy talqindagi portretlarda aniq personifikatsiya kuzatilmagani, qahramonlarning e’tibori bevosita ikkilamchi elementlarga qaratilgani, ular badiiy obrazning to‘laqonli tarkibiy qismlari ekanligi dalillanganligi hamda 1990-yillardan milliy o‘zlikni anglash jarayoni dolzarblashuvi natijasida rangtasvirda afsonaviy motiv va diniy janrning majoziy talqini, tarixiy shaxslar portreti va tarixiy voqelik aks etgan syujetli kartinalar rivojlangani, tarixiy kartinaning ikki turi (hujjatli xarakterga ega va ramziy-majoziy talqin) shakllangani, janrlar ierarxiyasida maishiy janr keskin transformatsiyaga uchragani, ramziylik, majoz, falsafiy va lirik-poetik talqin keng tarqalgani asoslangani bo’yicha ma’lumotlar O.Umurzakovning “Shaffof bo‘yoqlar siri” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasini konsepsiyasini yaratishga asos bo’lgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 03-09/91-1444-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX asrda yashab ijod qilgan O‘zbekiston rangtasviri rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatini ilmiy yoritish, badiiy loyihalar yaratish jarayonida asarlarni saralash, badiiy tavsiflash, press-reliz, annotatsiya matnlarini tayyorlash, ekspozisiya tuzishga xizmat qilgan;
XX asr boshlarida impressionizm, o‘zbek avangardi vakillarining uslubiy tajribalari, 1934-yilda rasmiy badiiy metod sifatida sotsialistik realizm ta’sirida tarixiy-inqilobiy, maishiy kartina, mehnat qahramonlari portreti, portret-tip kabi janrlar shakllangani, 1950-1960-yillarda “iliqlik” janrlarning obrazli-tematik boyishiga hizmat qilgani, rangtasvirning antropologik paradigmasi ta’sirida peyzajning industrial (sanoat), shahar, qishloq manzarasi, lirik (romantik), epik hamda ramziy-majoziy turlari rivojlangani, portret, manzara va maishiy janrlar sintezlashuvi natijasida binar janrlar shakllariga ega bo‘lgani dalillanganligi hamda 1970–1980-yillarda fovizm, ekspressionizm, kubizm va abstraksionizm kabi g‘arb modernizmi oqimlarini o’zlashtirish xususiyatlari janrlar taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgani, diaxron janrlar juftliklari ya’ni ijtimoiy-maishiy, shahar manzarasi aktuallashgani, san’atning konseptual asosi kuchayishi janrlarning shaxsiy va milliy identiklikni izlash vositasiga aylangani isbotlanganligi xususidagi natijalar 2023-yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida «Taqdimot» ko‘rsatuvining maxsus soni uchun ssenariy tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 27-noyabrdagi 02-31-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston rangtasvirida janrlarni shakllanishiga oid yangilangan ma’lumotlar keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish