Arushanova Manushak Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini shakllanishi va muzeylashtirish jarayoni”, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/San162.
Ilmiy rahbar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09. 07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Dilafruz Abdirashidovna, tarix fanlari doktori (DSc); Abdullaev Masharib Saydamatovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini shakllanishi va muzeylashtirish jarayonining asosiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat boshqaruviga mo‘ljallangan “Oq saroy” majmuasini mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlarni aks ettiruvchi unikal bino sifatida muzeylashtirilish tajribasi MDH davlatlari orasida yagonaligi asoslangan;
ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining yaratilish maqsad va vazifalariga ko‘ra, birinchi bo‘lim “Ishonch yorliqlarini topshirish zali”, “Uchrashuvlar zali”, “Muloqotlar zali”, “Xalqaro munosabatlar zali”, “Mukofotlar zali”, ikkinchi bo‘lim “Tarjimai hol”, “Ma’naviy yuksalish”, “Kuchli ijtimoiy siyosat”, “Bozor iqtisodiyoti”, “Birinchi Prezidentning mukofotlari zali” hamda uchinchi bo‘lim “Yodi hamisha yodda” nomli ekspozisiyalarning loyiha konsepsiyasi mavzuli va xronologik tartibda ishlab chiqilganligi dalillangan;
O‘zbekiston muzey ishi tarixida davlat boshqaruvchilari xotirasini abadiylashtirish uchun birinchi marta 1975-yilda Usmon Yusupov uy-muzeyi, 1992-yilda Sharof Rashidov memorial muzeyi, 2017-yilda Sharof Rashidov uy-muzeyini ochilishi natijasida memorial muzeylarni tashkil etishning metodikasi yaratilganligi dalillangan;
muzey fondini shakllantirishda dastlabki yillarda Islom Karimov xotirasini tasviriy san’at orqali abadiylashtirish maqsadida e’lon qilingan tanlovlardan yigʻilgan ijodiy asarlar, ikkinchi bosqichda shaxsiy va kino-fono, foto arxiv materiallari, uchinchi bosqichda ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rgazmalar, loyihalar asosida to‘plangan ashyolar tashkil etilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini shakllanishi va muzeylashtirish jarayonini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy-ma’rifiy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan “Oq saroy” majmuasining davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallangan inshootdan ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga aylantirilishi – MDH davlatlari miqyosida yagonaligi bilan ajralib turadigan muzeylashtirish tajribasi ekanligi xususidagi yangilik O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2022-yil 16-dekabrdagi 1/289-son ma’lumotnomasi). Natijada, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining shakllanishi va muzeylashtirish bosqichlari aniqlanib, bu yo‘nalishda asosiy konseptual va tashkiliy yo‘nalishlar belgilab olingan;
“Ishonch yorliqlarini topshirish zali”, “Uchrashuvlar zali”, “Muloqotlar zali”, “Xalqaro munosabatlar zali”, “Mukofotlar zali”, “Tarjimai hol”, “Ma’naviy yuksalish”, “Kuchli ijtimoiy siyosat”, “Bozor iqtisodiyoti”, “Birinchi Prezidentning mukofotlari zali”, “Yodi hamisha yodda” nomli ekspozisiyalarning loyiha konsepsiyasidan olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining “Ko‘rgazmalar zali” va “Islom Karimov muzeyi” hujjatlar fondini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2022-yil 16-dekabrdagi 1/289-son ma’lumotnomasi). Natijada majmua ko‘rgazma zali va fondi yodgorlikning yaratilish tarixi, rivojlanish jarayonlariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilgan;
O‘zbekiston muzey ishi tarixida davlat boshqaruvchilari xotirasini abadiylashtirish uchun birinchi marta 1975-yilda Usmon Yusupov uy-muzeyi, 1992-yilda Sharof Rashidov memorial muzeyi, 2017-yilda Sharof Rashidov uy-muzeyini ochilishi natijasida memorial muzeylarni tashkil etishning metodikasi takomillashganligiga oid natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’naviy tadqiqotlar instituti targ‘ibot tadbirlari ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 21-dekabrdagi 394-son dalolatnomasi). Natijada targ‘ibot tadbirlari ssenariysi majmua ekspozisiyasining takomillashuv jarayonlariga oid ma’lumotlar kengaytirilishiga xizmat qilgan;
muzey fondini shakllantirishda dastlabki yillarda Islom Karimov xotirasini tasviriy san’at orqali abadiylashtirish maqsadida e’lon qilingan tanlovlardan yigʻilgan ijodiy asarlar, ikkinchi bosqichda shaxsiy va kino-fono, foto arxiv materiallari, uchinchi bosqichda ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rgazmalar, loyihalar asosida to‘plangan ashyolar bo‘yicha olingan natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot tadbirlari loyihalarini yaratishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 21-dekabrdagi 02/570-son dalolatnomasi). Natijada targ‘ibot tadbirlari loyihalari majmua ekspozisiyasiga oid badiiy jarayonlarni qo‘shimcha manbalar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan.