Abdullaeva Ikbola Moxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekiston yoshlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1295
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich falsafa fanlari doktori, professor; Yuldasheva Farida Xujamkulovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda sunʼiy intellektning rivojlanish dinamikasini ijtimoiy-falsafiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kishilardagi muloqotga doir harakatning interaktiv va perseptiv (o‘zaro birgalikda muayyan axborotni idrok etish) funksiyalari jamiyatda axborot samaradorligining sifat ta’sirchanligini ta’minlab, yoshlarda kitobxonlik madaniyatining predkommunikativ, kommunikativ va postkommunikativ jihatlarini takomillashishi falsafiy asoslangan;
yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning dinamik xususiyatlari (ochiqlik, moslik, rivojlanish) yoshlarda yuqori ijtimoiylashuv ta’sirini belgilab berishi orqali, shaxsda mutolaa madaniyatini rivojlantirish ularda ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etish jarayoniga pozitiv ta’sir etishi jamiyatda madaniy munosabatlar birligini ta’minlovchi omil ekanligi aniqlangan;
jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish, munosabatlar transformatsiyasida dinamik va statik holatlarni vujudga keltiruvchi kitobxonlikning to‘rt komponenti (axborot almashish, badiiy zavq olish, dunyoqarashni o‘stirish, o‘zaro ta’sir) bilan shaxsda kreativ iqtidorni shakllantiruvchi gneseologik indikator ekanligi ochib berilgan;
zamonaviy jamiyatda global axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (ijodkorlik, intellektuallik), virtual kitobxonlik makonida yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga olib kelib jamiyatining institusional o‘zgarishiga ta’sir etishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston yoshlarida kitobxonlik madaniyatining ijtimoiy-falsafiy asoslarini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kishilardagi muloqotga doir harakatning interaktiv va perseptiv (o‘zaro birgalikda muayyan axborotni idrok etish) funksiyalari jamiyatda axborot samaradorligining sifat ta’sirchanligini ta’minlashiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 39-bandi “Respublika bo‘ylab “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil qilish orqali hududlardagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarga adabiy-ma’rifiy mavzulardagi adabiyotlarni beg‘araz etkazib berish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 29-apreldagi 10/245-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekiston yoshlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini yoritishga xizmat qilgan;
yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning dinamik xususiyatlari (ochiqlik, moslik, rivojlanish) yoshlarda yuqori ijtimoiylashuv ta’sirini belgilab berishi orqali, shaxsda mutolaa madaniyatini rivojlantirish ularda ijtimoiy voqelikni falsafiy va intelektual idrok etish jarayoniga pozitiv ta’sir etishiga doir xulosa va takliyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” telekanalining “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025 yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 7 maydagi 05-09-622-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda hayotning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ta’siridan kelib chiqib, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy takliflari ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish, munosabatlar transformatsiyasida dinamik va statik holatlarni vujudga keltiruvchi kitobxonlikning to‘rt komponenti (axborot almashish, badiiy zavq olish, dunyoqarashni o‘stirish, o‘zaro ta’sir) bilan shaxsda kreativ iqtidorni shakllantiruvchi gneseologik indikatorlarni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 39-bandi “Respublika bo‘ylab “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil qilish orqali hududlardagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarga adabiy-ma’rifiy mavzulardagi adabiyotlarni beg‘araz etkazib berish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 29-apreldagi 10/245-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekiston yoshlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini yoritishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatda global axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi shaxs sotsializatsiyasini ta’minlovchi ijtimoiy o‘zaro ta’sir xususiyatlari (ijodkorlik, intellektuallik), virtual kitobxonlik makonida yangi ijtimoiy voqelikni shakllanishiga olib kelishiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” telekanalining “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025 yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 7 maydagi 05-09-622-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda hayotning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ta’siridan kelib chiqib, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy takliflari ishlab chiqishga xizmat qilgan.