To‘ychiev Anvarjon Nabijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal171
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori, professor, Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonlarini yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga doir ijtimoiy (ta’lim, faollik, kompotentlik, adaptativlik kabi) faktorlarlar, inklyuziv o‘zgarishlariga samarali ta’sir etuvchi aqliy paradigma sifatida, jamiyatda inson kapitalini rivojlantiruvchi omil ekanligi mantiqiy asoslangan;
ijtimoiy mynosabatlar negizida faollik, determinant sifatida jamiyatdagi ijtimoiy o‘lchovlarni birlashtirgan kompozit indekslar (layoqat, isteʼdod, salomatlik, axborot, hayotiy strategiya) yaxlitligini ta’minlovchi pragmatik indikator ekanligi aniqlangan;
zamonaviy jamiyatning differensial rivojlanishi yoshlarning o‘z ijtimoiy maqsadlariga erishish konfiguratsiyasida vujudga keluvchi sotsial kataklizmlarni oldini oluvchi sotsializator bo‘lib, shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizm ekanligi isbotlangan;
davlatning ijtimoiy institutsional mexanizmlarining endogen (temperament, salohiyat, motivlar, ijtimoiy xarakatchanlik, ijtimoiy kayfiyat) va ekzogen (tashabbuskorlik, integratsiyalashuv, kommunikativlik, ratsional salohiyat, liderlik, kreativlik) omillarini rivojlantiruvchi dinamik ko‘rsatkichlar falsafiy-substatisonal asos ekanligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshrish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
globallashuv sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga doir ijtimoiy (ta’lim, faollik, kompotentlik, adaptativlik kabi) faktorlarlar, inklyuziv o‘zgarishlariga samarali ta’sir etuvchi aqliy paradigmalarni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining yoshlar ishlari boshqarmasi tasarrufidagi 788 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini o‘tkazishda, foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 02-16/2068-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning o‘z ijtimoiy maqsadlariga erishish konfiguratsiyasida shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy mynosabatlar negizida faollik, determinant sifatida jamiyatdagi ijtimoiy o‘lchovlarni birlashtirgan kompozit indekslar (layoqat, isteʼdod, salomatlik, axborot, hayotiy strategiya) yaxlitligini ta’minlovchi pragmatik indikatorlarga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tizimidagi iqtidorli va yosh kreativ yosh kadrlarni kashf etish, ularning innovatsion g‘oya va loyihalarini har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “innovatsiya-2024”, “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqa va tanlovi nizomini ishlab chiqishda, “Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot uchrashuvining nazariy materiallarini ishlab chiqishda, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi” farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 2/1375 – son ma’lumotnomasi) Natijada, jamiyatda ijtimoiy xotiraning sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlarini yuksaltirish yoshlar tarbiyasidagi axloqiy-meʼyor milliy madaniyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatning differensial rivojlanishi yoshlarning o‘z ijtimoiy maqsadlariga erishish konfiguratsiyasida vujudga keluvchi sotsial kataklizmlarni oldini oluvchi sotsializatorligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining yoshlar ishlari boshqarmasi tasarrufidagi 788 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini o‘tkazishda, foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 28-fevraldagi 02-16/2068-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs va jamoa o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizmlarini aniqlashga va “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini o‘tkazish va ommaviy sportni rivojlantirishda dastur va senariylarini tayyorlashga xizmat qilgan;
davlatning ijtimoiy institutsional mexanizmlarining endogen (temperament, salohiyat, motivlar, ijtimoiy xarakatchanlik, ijtimoiy kayfiyat) va ekzogen (tashabbuskorlik, integratsiyalashuv, kommunikativlik, ratsional salohiyat, liderlik, kreativlik) omillarini rivojlantiruvchi dinamik ko‘rsatkichlar falsafiy-substatisonal asos ekanligi ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining 2025-yil 25-fevraldagi 01-08/59-son dalolatnomasi). Natijada, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini o‘tkazish va ommaviy sportni rivojlantirishda dastur va senariylarini tayyorlashga xizmat qilgan.