Babaeva Zuxra Davronbek qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati chorvachilik tarixi (1925-2021 yillar)»,  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar1214.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jumashev Asqar Mambetovich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925-2021 yillarda Xorazmda chorvachilik sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar va uning natija va oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm chorvachilik faoliyati va tarixi quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘linib, birinchi bosqichda XX asr birinchi yarmidagi kolxozlashtirish siyosati oqibatida chorvachilikda ko‘rilgan zarar va uning ijtimoiy hayotdagi oqibatlari, ikkinchi bosqichda XX asr ikkinchi yarmidagi keyingi yillarda chorvachilikning izchil yo‘lga qo‘yilishi hamda asr oxiriga borib iqtisodiyotda va chorvachilik sohasida yuzaga kelgan tanazzul sabablari, uchinchi bosqichda O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkchilik munosabatlarining shakllanishi hamda to‘rtinchi bosqichda yangi taraqqiyot yo‘lining yaratilishi jarayonlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Qishloq xo‘jaligida asrlar davomida mavjud bo‘lgan chorvachilik sohasi XX asr birinchi choragida sovet tuzumi o‘rnatgan sotsialistik mafkura asosida qayta tizimlashtirilishi, xususiy chorvachilik butkul tugatilib, kooperativ mulk shakliga o‘tkazilishi natijasida chorva mollari sonining keskin kamayishi va aholi turmush darajasining pasayishi dalillangan;
Kolxoz va sovxozlar dastlab besh yillik davlat dasturlari asosida tizimli tashkillashtirildi. Keyinchalik davlat dasturlarida paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi va chorva mollari uchun ajratilgan ozuqa maydonlari va yaylovlar kamayib ketishi natijasida chorvachilik mahsulotlari bilan aholini ta’minlashda bir qator muammolar yuzaga kelgani isbotlangan;
Mustaqillikdan keyingi yillarda davlatimiz tomonidan dastlab chorvachilik fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilangan bo‘lsa, endilikda mavjud chorva mollarining katta qismini saqlayotgan shaxsiy dehqon xo‘jaliklaridagi chorva sonini ko‘paytirish ustuvor yo‘nalishga aylanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Mavzuga oid olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida chorvachilik sohasidagi o‘zgarishlar va islohotlar davrini tizimli ravishda 4 davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi. Birinchi davr 1925-1945 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda O‘zbekiston SSR tashkil etilishi va qishloq xo‘jaligini yoppasiga jamoalashtirishning oqibatlari, ikkinchi jahon urushi yillaridagi chorvachilik ahvoli keng yoritilgan. Xorazm viloyati chorvachilik tarixi tadqiqot ishi tavsiya va xulosalari Xorazm viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining №45/2-249 sonli 05.06.2024 yil sanasida berilgan ma’lumotnomasiga asosan soha tarixini o‘rganishda hamda rivojlantirishda yaqindan yordam berishi ta’kidlandi. 
Ikkinchi davr 1945-1991 yillarni o‘z ichiga olib ushbu davrda chorvachilik sohasi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi, ammo sovet tuzumining inqirozga yuz tutishi oqibatida kooperativ shorva xo‘jaliklari tanazzulga uchrashi haqidagi ma’lumotlar yurtimiz qishloq xo‘jaligi va chorvachilik madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining nomoddiy madaniy merosni izlab topish va targ‘ib qilish ishlarida foydalanilgan. (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining № 01-31/26-07-24 son ma’lumotnomasi). 
Uchinchi davr: 1991-2016 yillarni o‘z ichiga olib, jarayonda dastlabki xususiylashtirish davri o‘tkazilib, chorva fermer xo‘jaliklari tuzilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va keyingi yillarda shaxsiy dehqon  xo‘jaliklariga ham turli imtiyozlar berilib, ularning chorvachilik mahsulotlarini etkazib berish borasidagi asosiy bo‘g‘in ekanligi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot loyihalarida foydalanilgan. (FA-IZ-G002 “Podgotovka i izdanie knigi Istoriya Karakalpakstana (1991-2015 gg)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot 10.06.2025 № 318/1 raqamli ma’lumotnoma).
To‘rtinchi davr: 2016- yildan boshlangan bo‘lib, uzoqni ko‘zlovchi strategik islohotlar asosida sohani rivojlantirishga qaratilgan yirik davlat dasturlari, yo‘l xaritalari, va ularning amaliy ahamiyatini ko‘rsatuvchi yakunlovchi bosqich hisoblanadi. XXI asr birinchi choragida sohada erishilgan yutuqlar istohotlar va ularning amaliy natijalari O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi O‘zbekiston tarixi telekanalining 2024-yil 9-avgust kuni efirga uzatilgan “Aslida qanday” ko‘rsatuvining ssenariylarida foydalanilgan (“Aslida qanday” ko‘rsatuvining va 06-28-901 sonli ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish